|
?O‘quvchining iste’dod va qobiliyatining rivojlanishi nimaga bog‘liq?
|
bet | 39/52 | Sana | 18.09.2024 | Hajmi | 290 Kb. | | #271592 |
Bog'liq Boshlang\'ich ta\'lim test?O‘quvchining iste’dod va qobiliyatining rivojlanishi nimaga bog‘liq?
+faoliyatga, muloqotga, ta’lim-tarbiyaning pedagogik jihatdan o‘zaro muvofiqligiga
-tarbiyaviy tug‘ma nishonlarga va yil davomida muvaffaqiyatli o‘qishga
-o‘zlashtirgan bilimlarning miqdori va uning to‘plagan hajmiga
-o‘qitish, tarbiyalash metodlariga va bilimlarni tez o‘zlashtirishga
?Maktab ta’limining mazmuni qaysi me’yoriy hujjatlarda aks etadi?
+o‘quv rejasi, darsliklar, o‘quv dasturlar va dtsda
-o‘quv dasturlari, metodik ko‘rsatmalar va dtsda
-pedagogik kengash qarorlari, metodik yo‘riqnomalar va dtsda
-buyruqlar, darsliklar va dtsda
?Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari faoliyatida nimalar asosiy o‘rin tutadi?
+o‘yin, o‘qish
-mehnat, o‘yin
-o‘qish, mehnat
-muomala, mehnat
?Ta’lim metodlarining asosiy turlari qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
+og‘zaki bayon qilish, ko‘rgazmali va amaliy metodlar
-o‘qishga qiziqishni rag‘batlantiruvchi, o‘z-o‘zini nazorat metodlari
-bilish faoliyatini kuzatish, nazorat va o‘quv faoliyatini tuzatish metodlari
-nazariy bayon qilish, mehnatga va muayyan kasbga qiziqishni rag‘batlantirish
?Ta’limning amaliy metodlariga nimalar kirishini ko‘rsating?
+mashq qilish, laboratoriya va amaliy ishlar
-illyustratsiya, namoyish qilib ko‘rsatilishi
-hikoya, tushuntirish, suhbat, ma’ruza
-test, algoritmlash, qisman izlanish, induksiya
?Kasb-hunar kolleji qanday muassasa?
+o‘quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, mahorat va malakasini chuqur rivojlantirishni, tanlagan kasblar bo‘yicha bir yoki bir necha ixtisos olishni ta’minlaydigan uch yillik o‘rta maxsus kasb-hunar o‘quv yurti
-o‘quvchilarning intellektual qobiliyatlarini jadal o‘stirishni, ularning chuqur, tabaqalashtirilgan va kasb-hunar yo‘naltirilgan bilim olishlarini ta’minlaydigan uch yillik o‘rta maxsus o‘quv yurti
-o‘quvchilarning yakka tartibdagi ehtiyojlarini qondirish, ularning bo‘sh vaqti va dam olishini tashkil etish uchun turli yo‘nalishlarda ta’limni tashkil etishga yo‘naltirilgan ko‘p yillik faoliyatni olib boradigan o‘quv yurti
-ta’lim yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha puxta bilim beradigan, o‘qish muddati kamida uch yil bo‘lgan o‘rta maxsus o‘quv yurti
|
| |