• KOMPYUTER VIRUSLARIDAN SAQLANIS H Jizzax 2006 yil
  • Jizzax tuman iqtisodiyot kolleji




    Download 242,5 Kb.
    bet1/2
    Sana31.05.2024
    Hajmi242,5 Kb.
    #258179
      1   2
    Bog'liq
    услубий кулланма


    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


    O’RTA MAXSUS KASB-HUNAR TALIMI MARKAZI


    JIZZAX VILOYATI HOKIMLIGI O’RTA MAXSUS TA’LIMI BOSHQARMASI


    JIZZAX TUMAN IQTISODIYOT KOLLEJI


    “Axborot texnologiyalari” fanidan


    O’QUV USLUBIY QULLANMA
    Mavzu: KOMPYUTER VIRUSLARIDAN SAQLANISH






    Jizzax 2006 yil


    Ushbu uslubiy qo’llanma Jizzax tuman Iqtisodiyot kolleji Umumta’lim fanlar kafedrasining 2006 yil “___” mart oyidagi yig’lishida ko’rib chiqildi va tasdiqlandi
    Muallif: Xo’jabekov Jasur-Jizzax tuman Iqtisodiyot
    kolleji “Axborot texnologiyalari”fani o’qituvchisi

    Taqrizchi: Umarov Dilshod Jizzax Transport va aloqa kasb-hunar kolleji “Axborot texnologiyalari” fani o’qituvchisi


    TAQRIZ

    O’zbekiston Respublikasi «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni, «Kadrlar tayyorlashning Milliy dasturi» va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta’lim sohasidagi qarorlari asosida Respublikamizning akademik litsey va kollejlarida hozirgi zamon talablariga javob beradigan o’quvchilar va kasb- xunar ta’limi mutaxasislari tayyorlashga imkon yaratiladi. Bu qarorlarda o’quvchilarning milliy, zamonaviy iqtisodiy tafakkurini o’z faoliyatiga tadbiq eta olishi, electron mashinalaridan foydalanish usullarini bilish, fanlarni to’liq o’zlashtirishi, kasbining fidoyisi bo’lishi ta’kidlab o’tilgan.


    Ushbu qo’llanmada hozirgi kunda dolzarb mavzulardan biri kompyuter texnikasida va uning dasturiy ta’minotida salbiy xolatlarni yuzaga keltiruvchi viruslar haqida gap boradi. Hozirgi kunda yigirma mingdan ortiq kompyuter viruslari mavjud bo’lib, ular kompyuterda ma’lumotlarni ishonchli saqlanishiga havf soladi va kompyuter ishlashi jarayonida turli muammolar kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Shu bois kompyuter viruslari, ularning turlari, etkazadigan zararlari hamda ulardan himoyalanish uchun ko’riladigan choralar bilan tanish bo’lishi muhim. Ushbu bobda shunday ma’lumotlar bilan tanishiladi.
    Mazkur qo’llanma kasb-xunar kollejida ta’lim oladigan talabalar uchun mo’ljallab yozilgan.Unda nazariy bo’limlarni amalda qo’llash uchun va to’la o’zlashtirish uchun etarli ma’lumotlar o’z aksini topgan Ushbu usuldagi qo’llanma kasb- xunar kollejlarida foydalanish uchun tafsiya etiladi.
    Jizzax Transport va aloqa kasb-
    hunar kolleji “Axborot texnologiyalari”
    fani o’qituvchisi: Umarov Dilshod

    KOMPYUTER VIRUSLARIDAN SAQLANISH


    REJA:


    1. Kompyuter viruslari va ularni davolash

    2. Kompyuter viruslari uchun anti virus dasturlari

    3. Kompyuter viruslaridan saqlanishning ehtiyotkorlik tadbirlari



    Tayanch iboralari: kompyuter virusi, revezor dastur, resident dastur, DrWeb dasturi, filrt dastur, AIDSTEST


    Hozirgi kunda 20000 dan ortiq kompyuter viruslari mavjud bo'lib, ular kompyuterda ma'lumotlarning ishonchli saqlanishiga xavf soladi va kompyuter ishlashi jarayonida turli muammolar kelib chiqishiga sabab bo'ladi. Shu bois kompyuter viruslari, ularning turlari, yetkazadigan zararlari hamda ulardan himoyalanish uchun ko 'riladigan choralar bilan tanish bo 'lish muhim.
    Kompyuter viruslari va ularni davolash
    Kompyuter virusi o'lchami bo'yicha katta bo'lmagan maxsus yozilgan dasturdan iborat bo'lib, u o'zini boshqa dasturlarga «yozib qo'yishi», shuningdek, kompyuterda turli noxush amallarni bajara olishi mumkin. Bunday dastur ishlashni boshlaganda dastlab boshqaruvni virus oladi. Virus boshqa dasturlarni topadi va unga «yuqadi», shuningdek, qandaydir zararli amallarni (masalan, diskdagi fayl yoki fayllarning joylashish jadvalini buzadi, tezkor xotirani «ifloslaydi» va h.k.) bajaradi. Virus o'ziga tegishli amallarni bajarib bo'lgandan so'ng boshqaruvni o'zi joylashgan dasturga uzatadi. Virus joylashgan dastur odatdagidek ishini davom ettiradi. Tashqaridan dasturning «kasallanganligi» bilinmaydi.
    Ko'p turdagi viruslar shunday tuzilganki, kasallangan dasturni ishga tushirganda virus kompyuter xotirasida doimiy qoladi va vaqt-vaqti bilan dasturlarni kasallaydi va kompyuterda zararli amallarni bajaradi.
    Virusning barcha amallari yetarlicha tez va hech qanday ma'lumot e'lon qilmasdan bajariladi. Shuning uchun foydalanuvchi kompyuterda qanday jarayonlar amalga oshayotganligini bilishi qiyin.
    Kompyuterdagi dasturlarning kamchilik qismi kasallangan bo'lsa, virus borligi umuman bilinmaydi. Lekin aniq vaqt o'tgandan so'ng kompyuterda qiziq holatlar paydo bo'la boshlaydi. Masalan, ba'zi dasturlar ishlamay qoladi yoki noto'g'ri ishlaydi, ekranga begona ma'lumotlar yoki belgilar chiqariladi, kompyuterning ishlash tezligi sezilarli darajada pasayadi, ba'zi fayllar buzilib qoladi va hokazo.
    Bu paytgacha kompyuterdagi anchagina dasturlar, ba'zi boshqa turdagi fayllar ishdan chiqadi. Bundan tashqari, virus disk yoki lokal tarmoq orqali boshqa kompyuterlarga o'tishi ham mumkin.
    Shuning uchun virusdan himoyalanmasa yoki yuqishining oldi olinmasa, juda katta noxushliklarga olib kelishi mumkin. Masalan, 1989- yil amerikalik student Morris yozgan virus bilan bir necha ming kompyuter, jumladan AQSH mudofaa vazirligining kompyuterlari kasallangan va ishdan chiqqan. Oqibatda virus muallifi 3 oy ozodlikdan mahrum qilinib, unga 270 ming dollar jarima solingan.
    Virus dasturi ko'rinmaydigan bo'lishi uchun u juda kichik bo'lishi kerak. Shuning uchun ham ularning ko'pchiligi assembler tilida yoziladi.
    Viruslarning paydo bo'lishiga dastlabki mualliflarning «shumligi» va o'zlari tushunmagan holda kimnidir «tuzlashni» maqsad qilib qo'yishlari sabab bo'lgan. Oqibatning bu darajada yomonlashuvi ularning xayoliga kelmagan bo'lsa kerak.
    Hozirgi kunda 20000 dan ortiq kompyuter viruslari kompyuter tizimlari va ma'lumotlari ishi uchun asosiy xavfni tashkil etadi. Bunda, asosan, zarar ko'radiganlar litsey, institut, universitetlar va boshqa tashkilotlardir. Bunday muassasa kompyuterlarida ma'lumotlardan foydalanish ochiq va chegarasiz bo'lganligi uchun viruslarning qurboni bo'linadi va katta moddiy talafot ko'riladi. Shu bois kompyuter ishini nazoratga olish muhimdir.
    Kompyuter ishini nazoratga olish deganda nima tushuniladi? Unga quyidagilar kiradi:
    litsenziyasiz dasturiy ta'minotdan foydalanmaslik;
    tashqaridan kiritiladigan viruslarning oldini olish;
    tizimga sanksiyasiz kiruvchi xakerlarga imkon bermaslik.
    Axborot va dasturlar xavfsizligini ta'minlash uchun quyidagilar
    zarur bo'ladi: birinchidan, litsenziyalangan dasturiy ta'minotni ishlatish; ikkinchidan, tashqi tarmoqlarga ulanishda filtr cheklovchilar o'rnatish (viruslardan himoyalanish va sanksiyasiz foydalanishni cheklash).
    Albatta, bunday himoya vositalari uzluksiz rivojlanib takomillashib bormoqda.
    Kompyuter viruslarini quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
    *diskning yuklanish sektorlarini buzadigan yuklanish viruslari;
    *bajariladigan fayllar — com, exe, sys, bat fayllarini buzuvchi fayl viruslari;
    *diskning yuklanish sektori va bajariladigan fayllarni buzadigan yuklanish fayli viruslari;
    *stels (stelth) — ko'rinmas viruslar;
    *Microsoft Word muharriri yordamida hosil qilingan ma'lumotli fayllarni yozuvchi — makrobuyruq viruslari.
    Bundan tashqari boshqa turdagi viruslar ham mavjud. Viruslardan himoyalanishda axborotni himoya qilishning umumiy vositalaridan foydalanish kifoya qilmaydi. Buning uchun maxsus dasturlardan foydalanish zarur bo'ladi. Bu dasturlarni bir necha turga ajratish mumkin: detektorlar, vaksinalar (immunizatorlar), doktorlar, revizorlar (fayl va disklarning tizimli sohalaridagi o'zgarishlarni nazorat qiluvchi dastur­lar), doktor revizorlar va filtrlar (virusdan himoyalanish uchun mo'ljallangan rezident dasturlar). Ularning xususiyatlarini ko'rib chiqamiz.

    Download 242,5 Kb.
      1   2




    Download 242,5 Kb.