• AMALIY ASTRONOMIYA ASOSLARI
  • Fan dasturi




    Download 0,54 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet14/16
    Sana26.12.2023
    Hajmi0,54 Mb.
    #128472
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
    Bog'liq
    9. Fizika va Astronomiya

    ASTRONOMIYA 
    O‘quvchilar o‘quv faoliyati natijalariga qo‘yiladigan talablar: 
    Osmon sferasining modeli, yulduzlarning surilma xaritasi, yulduzlar va 
    Quyoshning turli kenglamalarda sutkalik ko‘rinma aylanishi aks ettirilganini 
    chizma-plakatlarda, Oyning harakati, fazalari va davrlari (modelda yoxud 
    chizmada), yulduz va Quyosh vaqtlarini olchay olishi, vaqt tizimiga doir mahalliy, 
    dunyo, poyas vaqtlaridan foydalanadi hamda ularning biridan ikkinchisiga 
    o‘taolishi, kalendarlarni tushunadi; 
    Yulduzlarning surilma xaritasidan, teleskopdan amaliyotda foydalanadi; 
    Quyosh va planetalar, Quyosh fotosferasi, xromosferasi va toji haqida 
    ko‘nikmalarga ega bo‘ladi; 
    planetalar, ularning halqalari va yo‘ldoshlarining kelib chiqishi i haqidagi 
    ma’lumotlarni biladi; 
    Kosmik apparatlar tomonidan olingan planetalarning relefi, turli spektral 
    sinflarga kiruvchi yulduzlarning rangi, temperaturasi va yorqinliklari to‘g‘risida 
    spektrlari aniq ma’lumotlarga ega bo‘ladi; 
    astronomik kalendarlar va lug‘atlardan kundalik turmushda foydalanadi. 


    16 
    Kirish (1 soat) 
    Astronomiya – osmon jismlari haqidagi fan. Astronomiya nimani o‘rganadi? 
    Uning rivojlanish tarixi va boshqa fanlar bilan aloqasi. 
    Koinotning tuzilishi, astronomik hodisa va jarayonlar, olam tuzilishining 
    geosentrik va geliosentrik nazariyalari. Astronomiya sohasiga uning rivojiga katta 
    hissa qo‘shgan buyuk olimlar Eratosfen, Aristotel, Ptolemey, Kopernik, Nyuton va 
    boshqalar. Sharq olimlaridan Al-Xorazmiy, Al-Farg‘oniy, Beruniy, Umar Hayyom, 
    Nasriddin Tusiy, Qozizoda Rumiy, Jamshid Koshiy, Ulug‘bek va boshqa Sharq 
    olimlarining astronomiya rivojiga qo‘shgan buyuk hissalari. 
    Astronomiyaning umumta’lim fanlar orasida tutgan o‘rni, xalq xo‘jaligidagi 
    ahamiyati. 
    AMALIY ASTRONOMIYA ASOSLARI 
    Yoritgichlarning sutkalik ko‘rinma harakatlari. Yulduz turkumlari. Quyosh, Oy 
    va planetalarning ko‘rinma harakatlari. Yulduz turkumlarining nomlari: Katta Ayiq, 
    Andromeda, Tarozi. Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishiga dalillar. 
    Fuko mayatnigi.Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishini kuzatishlar yordamida 
    isbotlash. Yer aylanish tekisligining o‘zgarmasligi. Osmon sferasi, uning asosiy 
    nuqta, aylana va chiziqlari. 
    Dunyo tomonlari, osmon meridian va osmon ekvatori. Olam o‘qi va qutblari. 
    Quyoshning yillik ko‘rinma harakati. Ekliptika. 
    Bahorgi va kuzgi tengkunliklar, yozgi va qishki quyosh turishi nuqtalari. 
    Zodiak yulduz turkumlari. 
    Osmon koordinatalari. Geografik koordinatalr. Ekvatorial koordinatalar 
    sistemasi: yoritgichlarning to‘g‘ri chqishi, og‘ishi va soat burchagi. 
    Yulduzlarning xaritalari. Yoritgichlarning surilma xaritasi bilan ishlash. 
    Yulduzlarning ko‘rinma yulduz kattaliklari. 
    Yulduzlarning osmondagi o‘rnini xaritalarda tasvirlash. Yoritgichlarning 
    ko‘rinma yulduz kattaliklarini Pogson formulasi yordamida aniqlash. 
    Olam Qutbining balandligi va joyining geografik kenglamasi orasidagi 
    bog‘lanish. Olam qutbining gorizontdan balandligi aniqlash va uning geografik 
    joyining kenglamasiga tengligini isbotlash. Turli geografik kenglamalarda osmon 
    sferasining sutkalik ko‘rinma aylanishlari. Yoritgichlarning kulminatsiyalari va 
    kulminatsiya balandliklari. Astronomik kuzatishlar asosida joyning geografik 
    kenglamasini taxminiy aniqlash. 
    Kuzatuvchi Yer ekvatori, qutblari va o‘rta kengliklarda bo‘lganda osmon 
    sferasining sutkalik ko‘rinma aylanishi. Yoritgichlarning botmaslik va chiqmaslik 
    shartlari. Yoritgichlarning yuqori va quyi kulminatsiyalari. Joyning geografik 
    kenglamasini kuzatishlardan aniqlashning ikki usuli: qutb yulduzining gorizontdan 
    balndligini o‘lchash; Quyoshning tush paytidagi balandligi va og‘ishi orqali topish. 
    Vaqtni o‘lchashning asoslari. Yulduz sutkasi. Quyosh sutkasi va vaqti. 
    Ikki punkt orasidagi vaqtlar farqi. Mahalliy vaqt. Dunyo va poyas vaqtlari. 
    Kalendarlar. Kalendarlarning turlari: Quyosh, Oy va oy-quyosh kalendarlari. 
    Tropik yil. Kalendar tuzishdagi muammolar. 


    17 
    Oyning harakati, fazalari va davrlari. Oyning ko‘rinma va haqiqiy harakatlari, 
    Oy fazalari. Oyning siderik va sinodik davrlari. Musulmonlarning Oy va Quyosh 
    hijriy taqvim kalendarlari. Quyosh va Oy tutilish. Musulmonlarning hijriy- qamariy 
    va hijriy-shamsiy taqvimlari. Umar Hayyom kalendari. Quyosh va Oy tutilishi 
    hodisasi. Tutilish shartlari. 
    II BOB. QUYOSH SISTEMASINING TUZILISHI VA OSMON 
    JISMLARINING HARAKATI 
    (5 soat ) 
    Quyosh sistemasining tuzilishi. Quyosh sistemasining tuzilishi to‘g‘risidagi 
    tasavvurlarning rivojlanishi. Olam tuzilishi haqida Kopernikning geliosentrik 
    ta’limoti. Olam tuzilish haqida Beruniy tasavvuri. 
    Quyosh sistemasining masshtabi va a’zolari. Planetalarning konfiguratsiyalari 
    va ko‘rinish shartlari. Planetalarning Quyosh atrofida aylanish davrlari. 
    Quyosh va uning a’zolari: planetalar va ularning yo‘ldoshlari, asteroidlar, 
    kometalar, meteor jismlar. Bu osmon jismlarining Quyoshdan uzoqligi. Ichki va 
    tashqi planetalarning ko‘rinish shartlari. Elongatsiya va kvadratura. Planetalarning 
    siderik va sinodik davrlari. 
    Sutkalik va sutkalik-gorizontal parallaks. Quyosh sistemasi jismlargacha 
    bo‘lgan masofalarni aniqlash. Quyosh sistemasi jismlarning radiuslarini aniqlash. 
    Quyosh sistemasidagi jismlargacha bo‘lgan masofalarni aniqlashning 
    trigonometrik va radiolokatsion usullari. Osmon jismlarigacha bo‘lgan masofalarni 
    bilgan holda ularning o‘lchamlarini aniqlash. 
    Astronomiyada uzunlik o‘lchovi birliklari. 
    Astronomik birlik, yorug‘lik yili va parsek, kilo va megapersek. Kepler 
    qonunlari. Osmon jismlarining massalarini hisoblash. 
    Keplerning birinchi va ikkinchi qonunlari. Keplarning uchinchi qonuni va 
    uning Nyuton tomonidan umumlashtirilishi. 
    Ikki jism masalasi. Kosmik tezliklar. Birinchi va ikkinchi kosmik tezliklar. 
    Markaziy jism atrofida harakatlanayotgan jismlarning orbitalari shakllarining 
    boshlang‘ich tezlikka bog‘liqligi. 

    Download 0,54 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




    Download 0,54 Mb.
    Pdf ko'rish