• KOINOTNING TUZILISHI VA EVOLYUTSIYASI
  • Fan dasturi




    Download 0,54 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet16/16
    Sana26.12.2023
    Hajmi0,54 Mb.
    #128472
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
    Bog'liq
    9. Fizika va Astronomiya

    YULDUZLAR 
    Yillik parallaks, yulduzlargacha masofalarni aniqlash. Yulduzlarning 
    o‘lchamlari va fizik parametrlarini aniqlash. Yulduzlarning rangi va temperaturasi. 
    Yulduzlarning parallaktik siljishi. Yulduz interferometrlari. Yulduzlarning 
    radiuslarini o‘lchash. Rang ko‘rsatgichi. Yulduzlarning tempereturasini aniqlash. 
    Yulduzlarning absolyut kattaligi va uning yorqinligi bilan bog‘liqligi. Absolyut 
    yulduz kattaligi, uning ko‘rinma yulduz kattaligi bilan bog‘liqligi. Yulduzlarning 
    yorqinligi. Yulduzlarning spektri, spektral sinflari. Spektral– yorqinlik 
    diagrammasi. Yulduz spektrlarining bir-biridan farqi. Spektral sinf va temperatura 
    orasidagi bog‘lanishi. Gertsshprung-Ressel diagrammasi. 
    Fizik qo‘shaloq yulduzlar va ularning turlari. Vizual qo‘shaloq yulduzlarning 
    turlari: tutiluvchi va spektral qo‘shaloqlar. Yulduzlarning massalarini Keplerning 
    umumlashgan uchinchi qonunidan hisoblash. Massa- yorqinlik orasidagi bog‘lanish. 


    19 
    Fizik o‘zgaruvchi yulduzlar: sefeidlar, yangi va o‘ta yangilar. Sefeidlarning 
    davrlari va yorqinliklari orasidagi bog‘lanish. Eruptiv o‘zgaruvchan yulduzlar. 
    Yangi va o‘ta yangi yulduzlar. Ularning qoldiqlari. 
    Yulduzlarning evolyutsiyasi. Oq mittilar, neytron yulduzlar va “qora o‘ralar”. 
    Yulduzlar evolutsiyasining asosiy bosqichlari. Oq mittilar, neytron yulduzlar va 
    “qora o‘ralar”. 
    KOINOTNING TUZILISHI VA EVOLYUTSIYASI 
    Galaktikamizning tuzilishi, tarkibi va aylanishi. Yulduzlarning sharsimon va 
    sochma to‘dalari. Somon Yo‘li. Galaktikamizning tarkibiy qismi. Galaktikamizda 
    Quyoshning o‘rni. Hulkar – sochma yulduz to‘dasi. Sharsimon yulduz to‘dalari. 
    Diffuz va chang tumanliklar. Chang tumanliklar: “Ko‘mir qopi” va “Ot boshi” 
    tumanliklari. Gazsimon tumanliklar. Orion tumanligi. Tumanliklarning spektrlari. 
    Tashqi galaktikalar. Galaktikalarning sinflari va spektrlari. Noto‘ri, elliptik va 
    spiral galaktikalar. Andromeda tumanligi – tashqi galaktika. Galaktikalarning Habbl 
    sinflashtirishlari. Galaktikalarning spektri. Galaktikalargacha masofalarni aniqlash. 
    Radiogalaktikalar va kvazarlar. Radionurlanish manbalari. Kvazarlar – Koinotning 
    eng quvvatli va eng uzoq obyektlari. 
    Koinotning kengayishi. Habbl qonuni. Koinot rivojlanishi. Relikt nurlanish. 
    Habbl doimiysi. “Qizilga siljish”. 
    Galaktikalarning Koinotda taqsimlanishi. Mahalliy galaktik to‘dalar. 
    O‘ta galaktika va metagalaktika. 
    KOSMONAVTIKA ELEMENTLARI 
    (chuqurlashtirilgan 34 soat) 
    Kosmonavtika predmeti va uning boshqa fanlar bilan aloqasi. K.E. Siolkovskiy 
    – kosmonavtikaning ilmiy asoschisi. Kosmonavtika rivojiga qo‘shgan taniqli 
    olimlar. Kosmonavtikaning tabiiy fanlar va matematika bilan bog‘liqligi. 
    Kosmonavtika inson xizmatida. 
    Raketa harakati qonunlari. Raketaning tortishish kuchi. Raketa uchirishning 
    bosqichlari. Raketaning xarakteristik kattaliklari. Xarateristik tezlik va Siolkovskiy 
    soni. 
    Raketaning strukturasi va konstruktiv xarakteristikasi. Raketa qismlari. 
    Raketaning kostruktiv xarakteristikasi. Siolkovskiyning tezlikni hisoblash 
    formulasi. Nisbiy boshlang‘ich massa va foydali yuklama koeffitsiyenti. 
    Tortishishning markaziy maydonida harakatlanayotgan jismning orbitalari. 
    Tortishishning markaziy maydoni. Energiya integrali. To‘g‘ri chiziqli harakat. 
    Keplercha harakat trayektoriyalari. Elliptik, parabolik va giperbolik trayektoriyalar 
    bo‘ylab harakat. Giperbolik trayektoriyalar. 
    Ta’sir sferasi va KA trayektoriyalarini taxminiy hisoblash. Yerning ta’sir 
    sferasi. KA trayektoriyalarini taxminiy aniqlashda chetlanishlarni hisobga olish. 
    Geosentrik va geliosentrik trayektoriyalar. 
    Yer sun’iy yo‘ldoshlarining orbita elementlari. Yer atmosferasida yo‘ldosh 
    orbitasining evolyutsiyasi. Orbita tekisligi. Tugunlar chizig‘i. Ekvatorial va qutbiy 


    20 
    yo‘ldoshlar. Sun’iy yo`ldoshlar (SY) orbitasi elementlari. SY harakatiga Yer 
    atmosferasining qarshiligi. 
    Orbital manyovrlar. SY orbita tekisligini burish. Sun’iy yo‘ldosh orbitasini 
    o‘zgartirish: orbita tekisligini mahalliy burish, SY orbitasini “cheksizlik orqali” 
    burish. SY ni orbitadan tushirish. 
    Kosmik apparatlarni Oyga uchirish. KA ni Yerga tushirish trayektoriyalari. Uni 
    Yerga tushirishning uchastkalari. Aerodinamik sifat. Oyga borish va qaytish 
    trayektoriyalari. Oyga uchishda oraliq orbitalardan foydaPlalnainshe.talarning
    uchish trayektoriyalari. KAning Yer ta’sir sferasi ichidagi harakati. Ichki va tashqi 
    planetalarga uchish trayektoriyalari. Yerning ta’sir sferasi ichida KA harakatlari. 
    Gomon orbitalari bo‘ylab uchishlar. Quyosh ta’sirida urishlar. O‘tish orbitasi. 
    Tashqi va ichki planetalarga gomon orbitalari bo‘yicha uchish. 
    Kosmik apparatning mo‘ljallangan planeta ta’sir sferasi ichidagi harakati. KA 
    ning planetalar ta’sir sferasiga kirishi va uni mo‘ljallangan planetaga yo‘naltirish. 
    Nishoniy masofa. 
    Osmonning sutkalik ko‘rinma aylanishini kuzatish.Yulduzlar 
    harakatining 
    gorizontga nisbatan holatlari. 
    Kuzgi, qishki, bahorgi va yozgi osmonning yulduz turkumlari ravshan 
    yulduzlarini surilma xarita yordamida topish. 
    Joyning geografik kenglamasini qutb yulduzining balandligiga ko‘ra taxminan 
    aniqlash. Dunyo tomonlarini belgilsh. 
    Yulduzlar ravshanliklarining farqiga ko‘ra, ularning ko‘rinma yulduz 
    kattaliklarini taxminiy belgilash, ularning rang ko‘rsatgichlarini baholash. 
    Oy fazalarini kuzatish va Quyoshga nisbatan vaziyatlarini taxminiy belgilash. 
    Teleskop yordamida kuzatishlar: 
    Quyosh sirti obyektlarini (dog‘lar, mash’allar) va Quyoshning aylanishini 
    kuzatish. Quyosh dog‘lari va mash’allari sonini hisoblash. Quyosh aktivligini 
    belgilash. 
    Oyning relefini o‘rganish. Oy kraterlari va tog‘lari. 
    Venera fazalari. Mars, Yupiter va uning yo‘ldoshlari. Saturn va uning halqasini 
    kuzatish. 
    Qo‘shaloq yulduzlar, yulduz to‘dalari, Somon yo‘li, tumanliklar va tashqi 
    Galaktikalar. 
    ASTRONOMIK KUZATISHLAR (AMALIY MASHG‘ULOTLAR)1 
    Birinchi (kechgi) kuzatish. Olam qutbini, yani Qutb yulduzini topish va uni 
    gorizontdan balandligini aniqlash. Yulduzlar osmoni va uning sutkalik ko‘rinma 
    aylanishi bilan tanishish. Yorug‘ yulduzlarga ega yulduz turkumlarini (Katta Ayiq, 
    Kichik Ayiq, Kassiopeya, Ajdaho, Orion va boshq.) topish. 
    Ikkinchi (kechgi) kuzatish. Qutb yulduziga ko‘ra osmon ekvatorining o‘rnini 
    taxminiy belgilash va unga ko‘ra yulduzlar, kuzatish paytida osmonda ko‘rinadigan 
    planetalar va Oyning ko‘rinma harakatlarini aniqlash. Kuzatish o‘tkaziladigan 
    faslning vaqtiga ko‘ra, ekliptika aylanasining o‘rnini taxminiy belgilash. 
    Uchinchi (kunduzgi) kuzatish (teleskop obyektivi oldiga qo‘yilgan diafragma 
    va okulyar ortiga qo‘yilgan qora filtr orqali). Fotosferada ko‘rish mumkin bo‘lgan 


    21 
    faol obyektlarni (mash’allar va Quyosh dog‘lari) kuzatish. Oq ekranga tushirilgan 
    Quyosh tasvirida mash’allar va dog‘larni chizilgan konturlari orqali ularning chiziqli 
    o‘lchamlarini taxminiy belgilash. (Shuningdek, internetdan olingan bu obyektlar aks 
    qilgan Quyoshning fotografik rasmlaridan foydalangan holda bajarish) 
    To‘rtinchi (kechgi) kuzatish. Planetalarning harakatlarini (oldingi kechgi 
    kuzatish materiallari bilan solishtirgan holda) o‘rganish. Diffuz (Orion) va chang 
    (Otboshi, Kumirqopi) tumanliklar, tashqi galaktikalarni– Andromeda, M-51 va 
    boshq.) kuzatish. Ayni paytda kuzatiladigan planetalarni, ularning yirik 
    yo‘ldoshlarini (asosan Yupiter va Saturnning) kuzatish va fizik tabiatlari haqida 
    kosmik apparatlar yordamida qo‘lga kiritilgan yangi ma’lumotlar bilan tanishtirish. 
    1(Birinchi va ikkinchi kuzatishlarni oktabr, yanvar yoki fevral oylarida tashkil etish; 
    uchinchi va to‘rtinchi kuzatishlarni esa mart-may oylarida tashkil etish maqsadga 
    muvofiq) 

    Download 0,54 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




    Download 0,54 Mb.
    Pdf ko'rish