Fan: TEXNOLOGIYA (o‘g‘il bolalar)
Tartib raqam
|
Sinf
|
Sana
|
O‘TIBDO‘
(Imzo)
|
1
|
|
|
______________
|
2
|
|
|
3
|
|
|
4
|
|
|
5
|
|
|
Mavzu: Mеtаllga ishlov berish ustaxonasining tuzilishi.
Mеtаllga ishlov berishda xavfsizliк texnikasi qoidalari. Mеtаllning turmushdа vа хаlq хo‘jаligidаgi аhаmiyati, tuzilishi, turlаri, sоhаlаri. Mеtаllаrning tаshqi ko‘rinishshi vа o‘zigа хоs bеlgilаri. Extiyojlar va ularning turlari.
Darsning maqsadi:
Ta‘limiy maqsad: Mеtаllga ishlov berish ustaxonasining tuzilishi. Mеtаllga ishlov berishda xavfsizliк texnikasi qoidalari. Mеtаllning turmushdа vа хаlq хo‘jаligidаgi аhаmiyati, tuzilishi, turlаri, sоhаlаri. Mеtаllаrning tаshqi ko‘rinishshi vа o‘zigа хоs bеlgilаri. Extiyojlar va ularning turlari haqida ma’lumotlar berish.
Tarbiyaviy maqsad: O‘quvchilarni tozalikka, mehnatsevarlikka o‘rgatish. Turmushdagi ehtiyojlar va ulardan foydalanishni tushuntirish.
Rivojlantiruvchi maqsad: O‘quvchilar tasavvurida metallarga ishlov berish ustaxonasi haqida bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish.
Kommunikativ kompetensiya:
texnologiyaga oid atamalarni xorijiy tillarda o‘rganish, so‘z boyligini oshirib borish; jamoa bilan ishlashda jamoa fikrini qo‘llab-quvvatlash, o‘z hissasini qo‘sha olish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
kundalik faoliyatda uchraydigan hujjatlar bilan ishlay olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
o‘qib-o‘rganish uchun fan to‘garaklariga qatnashish, kutubxonada mutolaa qilish orqali bilimini mustaqil ravishda oshirib borish; o‘z sog‘ligini asrash.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
o‘z oilasi, mahallasi, yurti oldidagi burchini bilish; mahallada tashkil etilgan hasharlarda, shanbaliklarda faol ishtirok etish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
yurish-turishda madaniy me’yorlarga amal qilish. turli yo‘nalishdagi san’at asarlarini tushuna olish va undan zavqlanish;
Dars turi: Bilimlarni mustahkamlovchi. Yangi bilim beruvchi.
Dars uslubi: Tushuntirish, suxbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish
Dars metodi: guruhlarda ishlash, “Aqliy hujum”, “Kim epchil-u, kim chaqqon”, “Klaster”
Darsda jihozi: metallga ishlov berish ustaxonasi, metal namunalari, rasm va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism:
Salomlashish
Davomatni aniqlash
Darsga tayyorgarlik ko‘rish
O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish.
Uyga vazifani so‘rash:
Savol – javob o‘tkazish
Topshiriqlarni tekshirish
Amaliy mashg‘ulotda tugallanmagan ishning oxiriga yetkazilganini tekshirish
Yangi mavzu bayoni:
Metallga ishlov berish ustaxonasining tuzilishi:
Mehnat ta’limi mashg‘ulitlari umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘quv ustaxonalarida tashkil etiladi. Bu yerda har bir o‘quvchi uchun alohida jihozlangan ish o‘rinlari ajratilgan.
1-rasm. Metallga ishlov berish ustaxonasining tuzilishi:
1. Kitob va qo‘llanmalar uchun shkaf. 2. Mufel pechi. 3. Sinf doskasi. 4. O‘qituvchi ish o‘rni. 5. Kursi. 6.Chilanganrlik dastgohlari. 7. Charhlash dastgohi. 8. Sandon. 9. Chilangarlik stanogi.10. Parmalash stanogi. 11. Maxsus kiyimlar uchun shkaf. 12. Asbob va materiallar uchun shkaf. 13. Chqindilar tashlash uchun idish. 14. Rakovina.
2-rasm. O‘quvchi ish o‘rni.
Metallga ishlov berish ustaxonasida ish o‘rni doim tartibli bo‘lishi, faqat o‘tiladigan dars uchun zarur asbob-uskunalar joylashtirilishi kerak. Kesuvchi,zarb beruvchi, tig‘li hamda o‘lchovchi asboblardan foydalanishda ehtiyot bo‘lib,o‘zi va yon-atrofdagi o‘rtoqlarini jarohat qilishdan saqlagan holda munosabatda bo‘lish kerak.
Metallga ishlov berishda xavfsizlik texnikasi qoidalari:
1. Mahsus kiyimdagi barcha tugmalar qadalishi, ro‘mol va bog‘ichlarning qisilib turuvchi qismi yig‘ishtirilgan bo‘lishi, kiyim yengidagi manjet qo‘l uchini siqib turishi kerak.
2. O‘quvchilarlarning sochlari uni qoplab turuvchi bosh kiyim tagida bo‘lishi kerak.
3. Faqatgina o‘qituvchi tomonidan berilgan topshiriqni, zarur tartibga rioya qilgan holda bajaring. Vazifalarni bajarishda tana holatini to‘g‘ri saqlashga e’tibor bering.
4. O‘qituvchi ruhsatisiz stanokda ishlamang, ularning siz uchun notanish bo‘lgan qurilmalariga tegmang. Faqat o‘qituvchi tomonidan ish bajarish tartibi tushuntirilgan asbob-uskunalardan foydalaning.
5. Faqat soz holatdagi asbob-uskunalardan fiydalaning, ularni belgilangan vazifasiga ko‘ra ishlating. Asbob-uskunalarni o‘z ishingizni tashkil qilish qulayligini ta’minlagan holda joylashtiring.
6. Ish joyidagi qirindi, chang va chiqitlarni faqat ilgak, shotka va boshqa yordamchi vositalar bilan tozalang.
7. Ish vaqtida chalg‘imang, o‘rtoqlaringizning vazifani bajarishiga halaqit bermang.
8. Mehnat havfsizligi qoidalari buzilganligi yoki shikastlanish holatlarida tezlik bilan o‘qituvchiga habar qiling.
Metallning turmushda va xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, xossalari va sifatlari:
Insoniyat hayoti va jamiyat taraqqiyotini metalldan tayyorlangan buyumlarsiz tasavvur etish juda qiyin. Insonlar temir, mis, kumush, qalay, oltin, simob va qo‘rg‘oshin kabi metal turlaridan juda qadimdan foydalanib kelganlar. Hozirgi vaqtda metallardan mashinalar, stanoklar, qurilish konstruksiyalari hamda turmushda ishlatiladigan ko‘plab buyumlar tayyorlanadi.Metallar asosan fizik, mexanik va texnologik xususiyatlariga ko‘ra farqlanadi. Fizik xususiyatlar: zichligi, suyuqlanuvchanligi, issiqdan kengayuvchanligi,
issiqlik o‘tkazuvchanligi, elektr o‘tkazuvchanligi.Mexanik xususiyatlar: mustahkamlik, cho‘ziluvchanlik, siqiluvchanlik,egiluvchanlik, buraluvchanlik, qovushqoqlik, bikrlik, qattiqlik.Texnologik xususiyatlar: bolg‘alanuvchanlik, kirishuvchanlik, suyuq holatda oquvchanlik, payvandlanuvchanlik, kesib ishlanuvchanlik. Odatda sanoatda metallar sof holatda emas, balki qotishma ko‘rinishida ishlatiladi. Cho‘yan, po‘lat, bronza, latun, dyuralyuminiylar eng ko‘p ishlatiladigan metall qotishmalari hisiblanadi. Sanoatda metall buyumlar prokatlash hamda quyma usulida ishlab chiqariladi. Metall va metall qotishmalarini qizdirib yoki sovuq holida prokatlash, ya’ni qarama-qarshi aylanuvchi valiklar orasidan ezib o‘tkazib olish usulida olinadi.Prokatlash usulida tunuka, burchaklik, sim kabi turli ko‘ndalang kesimga ega shakllardagi metall qotishmalar tayyorlanadi. Quyma usulida murakkab shakldagi buyumlar va detallar olinadi. O‘quv ustaxonasida sizlar asosan tunuka va similar xossalari bilan tanishasiz va ish ko‘rasiz. Metalldan buyum tayyorlovchi ustalar chilangar dab yuritiladi. Ular metall va uning qotishmalari xususiyatlarini bilishi, asbob-ukunalar hamda stanoklarni ishlatish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak. Metallga qo‘lda va mexanik usulda ishlov berish chilangarlik ustaxonasida amalga ishiriladi.
Metallarning tashqi ko‘rinishi va o‘ziga xos belgilari:
Sizlar metallarning har xil xossalarga ega ekanligini bilasiz. Ularning ayrimlari yumshoq va qayishqoq, ayrimlari esa qattiq, bukiluvchan yoki mo‘rt bo‘ladi. Qandaydir buyumlarni yasashda ularga mos ashyolarni tanlash uchun metallarning xossalarini bilish zarur. Metallar rangiga qarab farqlanadi. Masalan, po‘lat — kulrang, rux - ko‘kimtir oq, mis- qizg‘ish bo‘ladi. Hamma metallar ma’lum darajada yaltiroq bo‘ladi. Metallar issiqlik va elektr tokini o‘zidan yaxshi o‘tkazadi. Metallarning ana shu xossasini fizika darslarida batafsil bilib olasiz. Har qanday metall muayyan erish haroratiga ega bo‘ladi, mana shu haroratda qattiq jism holatiga aylanadi. Masalan, po‘latning erish harorati qalayning erish haroratidan ancha yuqoridir. Metallning qattiqligi uning boshqa narsalar, ya’ni qattiqroq jismlar ta’siriga qarshilik qobiliyati bilan belgilanadi. Agar po‘lat plastinka ustiga qo‘yilgan kernerga bolg‘a bilan urilsa, plastinkada kichkinagana chuqurcha hosil bo‘ladi. Bordi-yu, bu ish mis plasginka bilan qilinsa, chuqurcha kattaroq bo‘ladi. BundanI pulat misga nisbatan qattiqligini anglash mumkin. Agar metall tashqi kuch ta’sirida o‘z shaklini o‘zgartirsa-yu sinmasa, uni plastik metall deyiladi. Metallning mana shu xossasidan uni tekislashda, bukishda, yoyishda va shtampovkalashda keng foydalaniladi. Metallning kuch ta’siridan keyin yana o‘z holatiga qaytishi uning egiluvchanligini bildiradi. Po‘latdan va misdan tayyorlangan prujinalarni bir paytda tortib va qo‘yib yuborib ko‘ring. Bunda po‘lat prujina yana o‘z holatiga kelishini, mis prujina esa cho‘zilganicha qolishini ko‘rasiz. Demak, po‘lat misga nisbatan bukiluvchan ekan. Qayishqoqlik — metallning ortib boradigan kuchlarga qarshilik ko‘rsatish qobiliyatidir. Masalan, cho‘yan plitaga bolga bilan urilsa, u sinadi. Cho‘yan mo‘rt metalldir.
Yangi mavzuni mustahkamlash:
Mustahkamlash uchun savollar:
1. Metallga ishlov berish ustaxonasining tuzilishini tushuntirib bering.
2. Metallga ishlov berishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tushuntiring.
3. Metallning turmushda va xalq xo‘jaligidagi ahamiyatini aytib bering.
4. Metallning qanday xususiyatlarini bilib oldingiz?
5. 2-3 ta qotishmalar nomini ayting.
6. Simlar qanday tayyorlanadi?
7. Prujinasimon simlar nima uchun ishlatiladi?
II dars: Amaliy-mustaqil ishlar:
Xavfsizlik texnikasi qoidalari bilan va o‘quv ustaxonalarining tuzilishi bilan tanishish.
Metallarning turlari, xossalari, sifatlari, shakllari, o‘lchamlari, qo‘llanilishi va ishlatilishi texnologiyalarini o‘rganish.
Jihozlar: Xavfsizlik texnikasi qoidalari plakati. O‘quv ustaxonalarining jihozlanishi va tuzilishga oid materiallar. Metall tunuka va sim namunalari. O‘lchamlari bir xil yupqa listli metallar va simlarning komplekti, tomga yopiladigan listli tunuka, ruxlangan (rux qoplangan) tunuka, oq (qalay qoplangan) tunuka, zanglamaydigan (xrom, nikel,aralashmagan) tunuka, listli mis, listli alyuminiy, dyuralyuminiy, latun, po‘lat sim, mis sim, alyuminiy sim.
Ish bajarish tartibi:
1. Mehnat xavfsizligi qoidalari haqidagi plakatni o‘rganish.
2. Asboblarni ishlatish va saqlash qonun qiidalarini o‘rganing.
3. Birinchi tibbiy yordam berish yo‘llarini o‘zlashtiring.
4. O‘quv ustaxonalarida maxsus kiyimlar ro‘yxatini tuzib chiqing.
5. Metall va qotishmalar namunalari tashqi ko‘rinishi bilan tanishib chiqing.
6. Har bir namunaning rangini aniqlang.
7. Mazkur namunaning qora yoki rangli metall turiga mansubligini aniqlang.
8. Har bir namunadagi metall yoki qotishma nomini aniqlang.
9. Simning tashqi ko‘rinishiga qarab qanday metalldan tayyorlanganini aniqlang.
10. Po‘lat, mis va alyuminiy simlar nimalarga ishlatilishini ayting.
Darsni yakunlash va o‘quvchilarni baholash. Metallga ishlov berish ustaxonasini tartibga keltirish.
Uyga vazifani e’lon qilish: mavzu bo‘yicha berilgan barcha ma’lumotlarni o‘qib-o‘rganib kelish.
Hamkorlik va takliflar yuzasidan biz bilan bog’laning
Bizning rasmiy sayt:
|
maktabim.uz
|
Hamkor sayt:
|
azamat.moy.su
|
Telegram manzilimiz:
|
@maktabimuz
|
Admin bilan aloqa:
|
@ziyokor
|
|