• Kurs ishining maqsadi
  • Kurs ishining obyekti: Kurs ishining predmeti: Kurs ishining amaliy ahamiyati: Kurs ishining hajmi
  • I BOB. IDEAL GAZ QONUNLARI. Gazlar haqida umumiy ma’lumot
  • Fan va innovatsiya vazirligi andijon davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti kimyo ta




    Download 22,3 Kb.
    bet2/4
    Sana13.01.2024
    Hajmi22,3 Kb.
    #136810
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Fan va innovatsiya vazirligi andijon davlat universiteti tabiiy -fayllar.org
    2-Ma’ruza mavzu. Asosiy gaz qonunlari. Asosiy termodinamik jaray-fayllar.org
    Mavzuning dolzarbligi: Gazdagi molekulalaming betartib harakatiga mexanik qonunlarni tatbiq etib, bosim bilan hajmni gaz molekulalari harakatining o'rtacha kvadrat tezligi bilan bogiaydigan asosiy tenglama olingan. Bu tenglamadan foydalanib, ideal gazlarga oid barcha teng - lamalarni keltirib chiqarish, molekulaning kinetik energiyasini. gaz molekulalarining o'rtacha harakatlanish tezligini va boshqa kattaliklarni hisoblab topish mumkin.
    Kurs ishining maqsadi: Ideal gazlar va ularga tadbiq etiladigan qonunlarni nazatiy va amaliy ahamiyatini o’rganish va tegishli xulosalar chiqarish.
    Kurs ishining vazifasi: Gaz qonunlarini o;rganish. Gaz qonunlarining ideal gazlarga qo’llanishi hamda ularning birlashishidan kelib chiqadigan xulosalarni tahlil qilish.
    Kurs ishining obyekti:
    Kurs ishining predmeti:
    Kurs ishining amaliy ahamiyati:
    Kurs ishining hajmi: Kurs ishi an’anaga ko’ra kirish, I bob asosiy qism, II bob tajriba qismi va olingan natijalar tahlili, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati qismidan , Times New Roman bosma taboqda, 14 o’lcham va 1.5 intervalda yozilgan kurs ishining hajmi sahifadan, hamda ta foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan tashkil topgan.


    I BOB. IDEAL GAZ QONUNLARI.

    Gazlar haqida umumiy ma’lumot. Tabiatdagi barcha moddalar sharoitga qarab turli holatda - qattiq, suyuq, gaz va plazma holatida bo’ladi. Bu holatlar modaning agregat holati, uni tashkil etuvchi zarrachalar orasidagi masofaga va bu zarrachalar orasidagi o‘zaro ta’sir kuchining katta-kichikligiga qarab aniqlaniladi.
    Moddaning agregat holatiga tashqi sharoit - bosim va harorat katta ta’sir ko‘rsatadi. Bosim va harorat o ‘zgarganda moddalarni tashkil etuvchi zarrachalar orasidagi masofa o‘zgarib, natijada modda asta-sekin bir agregat holatdan ikkinchi agregat holatiga o‘tishi mumkin. Masalan, temir 1535°C da suyuq holatga o‘tadi. Qaynash haroratidan yuqori haroratga qadar qizdirilganda esa bug'ga aylanadi, ya’ni gaz holatiga o‘tadi. Gaz holatidagi havoni kompressorlarda yuqori bosimda, past haroratgacha sovutish yo’li bilan suyuq holatga oikazish mumkin. Kimyo sanoatida ana shu yo‘l bilan havodan azot va kislorod ajratib olinadi.
    Suv normal atmosfera bosimida 0°C ga qadar qattiq holatda (muz), 0°C bilan 100°C orasida suyuq holatda va 100°C dan yuqori haroratda gaz holatida bo’ladi.
    Ba’zi moddalar tashqi sharoit qancha o‘zgartirilganda ham holatini o‘zgartirmaydi. Masalan, kalsiy karbonat, asosan, qattiq holatda bo’lib, suyuq holatga ham, gaz holatiga ham o’tkazib bo’lmaydi. Chunki u qizdirilganda suyuqlanmasdan va bug’lanmasdan to‘g‘ridan to‘g‘ri kalsiy oksid bilan uglerod (IV) oksidga (CO2) ajraladi.
    Moddalaming agregat holati o‘zgarganda xossalari ham qisman o‘zgaradi. Shuning uchun moddaning qanday sharoitda qaysi agregat holatda boiishini bilish katta ahamiyatga ega. Moddaning agregat holati zarrachalarining harakatlanish xarak teri bilan farq qiladi. Zarrachalarning eng tartibsiz harakati plazma holatidagi moddalarda bo’ladi. Plazma juda yuqori haroratlarda hosil bo’ladi. Bunda modda molekula yoki atomlarning ionlari va elektronlar aralashmasiga aylanadi. Plazmaning o'ziga xos xususiyati shundan iboratki, u umuman elektroneytraldir (musbat zaryadlari soni manfiy zaryadlar soniga teng). Plazmani ko‘pincha zaryadlaming ichki taqsimlanishi jihatidan bir jinsli neytral deb bo’lmaydi. Shuning uchun unda zaryadlaming tebranma harakati vujudga kelib natijada plazma elektromagnit tebranishlar manbayiga aylanadi. Yuqori haroratga ega ko‘p kosmik jismlarda modda plazma holatida bo’ladi, plazma termoyadro jarayonlarini o‘rganish paytida laboratoriya qurilmalarida ham hosil qilinadi.

    Download 22,3 Kb.
    1   2   3   4




    Download 22,3 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fan va innovatsiya vazirligi andijon davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti kimyo ta

    Download 22,3 Kb.