• Tuzuvchi
  • Mobil ilovalar yaratish
  • Mobil ilovalarni yaratish
  • Fan va innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti




    Download 6.4 Mb.
    bet1/62
    Sana28.01.2023
    Hajmi6.4 Mb.
    #39982
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
    Bog'liq
    O\'quv qo\'llanam22222
    мифология , Документ Microsoft Word, ПФ-6247 НАЗОРАТ РЕЖА, baholash, Navoiy davlat pedagogika instituti, COMPUTER1 UZ, 1, buyuk ipak yolining qayta tiklanishi va uning iqtisodiy ahamiyatini, 22112016 Fedorov TRACECA, Тесты по аналитической химии, Akusherlik va ginekologiya savollar, Umumiy mikrobiologiya YaN - 1 variant, OBYEKTIVKA MAMUNA, Пирмаматов Шахбоз


    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM,
    FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
    NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
    60112400-Professional ta’lim: 60610200-Axborot tizmlari va texnologiyalari


    Olim SUVONOV


    MOBIL ILOVALAR YARATSIH
    (o‘quv qo‘llanma)
    Navoiy – 2023
    © Mobil ilovalar yaratish: o‘quv qo‘llanma

    Tuzuvchi:


    Suvonov Olim Omonovich
    Navoiy davlat pedagogika instituti “Informatika” kafedrasi dotsenti, texnika fanlari nomzodi.


    Annotatsiya
    Ushbu o‘quv qo‘llanma 60112400-Professional ta’lim: 60610200-Axborot tizimlari va texnologiylari bakalavr ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun mo‘ljallangan. Mazkur qo‘llanmada Mobil ilovlar yaratsih fanidan ma’ruza matnlari, amaliy mashg’ulotlar uchun ko’rsatmalar hamda izohli lug’at o‘rin olgan.
    Navoiy davlat pedagogika Kengashning 2022-yil 29-avgustdagi №1-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Mobil ilovalar yaratish” fanining o‘quv dasturida keltirilgan mavzular asosida yozilgan.


    Mas’ul muharrir
    ------------- - --------------------------------------------------------------


    Taqrizchilar:
    ------------- - --------------------------------------------------------------
    ------------- - --------------------------------------------------------------

    KIRISH


    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi “Raqamli o‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6079-sonli Farmonida raqamli industriyani, raqamli ta’limni va raqamli infratuzilmani rivojlanti­rish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.
    Mamlakatimiz miqyosida iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va davlat boshqaruvi tizimining jadal raqamli rivojlanishini ta’minlash, shu jumladan, elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmlarini yanada takomillashtirish maqsadida ishlab chiqilgan ushbu Strategiyada “Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim berish va malaka oshirishning ustuvor yo‘nalishlari”ga alohida urg‘u berildi va “Strategiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar”dan biri sifatida IT-yo‘nalishi bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari sonini oshirish masalasi ilgari surildi.
    Ushbu Farmonga binoan mamlakatimizda IT-texnologiyalar bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar axborot tizimlari sohasidagi mutaxassis­larning va undan foydalanuvchilarning malakasiga nisbatan jiddiy talab­larni qo‘yishi tabiiy hol. Ya’ni axborot tizimlari bilan o‘zaro aloqada bo‘lish nuqtayi nazaridan foydalanuvchiga qo‘yiladigan bunday asosiy talablardan biri axborot texnologiyalaridan oqilona foydalangan holda o‘z kasbiy faoliyatidagi ilmiy va amaliy muammolari uchun samarali yechim topishdan iboratdir.Zamonaviy ta’lim tizimining asosini sifatli va yuqori texnologiyali muhit tashkil etadi. Uning yaratilishi va rivojlanishi texnik jihatdan murakkab, ammo bunday muhit ta’lim tizimini takomillashtirishga, ta’lim jarayoniga axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga xizmat qiladi. Ta’lim jarayonida multimedia texnologiyalaridan foydalanish mashg‘ulotlarni interfaol rejimda olib borishga imkon beradi.
    Mobil texnologiyalari hozirgi kunda eng zamonaviy ilmiy va pedagogik usullardan hisoblanadi.
    Bunday vositalarning birlashishi ma’lumot qabul qilishning yangi sifatli darajasini ta’minlaydi: inson passiv ravishda mahliyo bo‘libgina o‘tirmasdan, balki faol ishtirok etadi ham. Mobil vositalari bilan ishlovchi dasturlar ko‘pmodallidir, ya’ni ular bir necha sezgi organlariga bir vaqtda ta’sir qilgani uchun auditoriyaning qiziqishi va e’tiborini tortadi.
    Mobil texnologiyalaridan foydalanib, foydalanuvchi o‘zi dizayn bilan shug‘ullana olish imkoni bor va o‘zi yaratgan ijodiy mahsulotlarini aloqa kanallari orqali uzatishi mumkin.
    Zamonaviy ta’lim tizimining asosini sifatli va yuqori texnologiyali muhit tashkil etadi. Uning yaratilishi va rivojlanishi texnik jihatdan murakkab, ammo bunday muhit ta’lim tizimini takomillashtirishga, ta’lim jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga xizmat qiladi.
    Ta’lim jarayonida mobil texnologiyalaridan foydalanish mashg‘ulotlarni interfaol rejimda olib borishga imkon beradi.
    Mobil texnologiyalarini inson faoliyatining ko‘p sohalaridagi tadbiqiga ko‘plab misollar keltirish mumkin, lekin shuni bilish kerakki bu texnologiya kompyuterni intellektual imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirdi, bu esa insonning ijodiy potensialini kuchaytirishga turtki bo‘ladi. Jumladan, xodimlarni ish joyida o‘qitishda mobil mahsulotlarining samarasi katta ekanligi ko‘plab firmalar tomonidan tan olinmoqda.
    Mazkur o‘quv qo‘llanma Navoiy davlat pedagogika instituti Kengashining 28.08.2022 yil 1-son yig‘ilish bayonnomasi bilan tasdiqlangan “Mobil ilovalarni yaratish” fanining o‘quv dasturidagi mavzular asosida tayyorlangan.


    Download 6.4 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




    Download 6.4 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fan va innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti

    Download 6.4 Mb.