|
Fan va innovatsiyalar
|
bet | 25/93 | Sana | 12.02.2024 | Hajmi | 7,46 Mb. | | #154993 |
Bog'liq Axborot texnalogiyalariTelekommunikatsiya - internet, televideniya, radio va telefon, ya'ni umuman telekommunikatsiya sohasi. Bu yo'nalishga mobil aloqa sohasini misol qilib ko'rsatish mumkin.
Dasturlar - oddiy kompyuter uchun dastur, dasturiy ta'minot yaratish. Bu soha vakillari dasturiy ta'minot yaratish bilan shug'ullanadilar, har xil o'yinlar yaratishlari ham mumkin. Ularning loyihalari to'g'ridan-to'g'ri internet bilan ishlamasligi mumkin.
Menedjment - ya'ni bashqaruv. Bu yo'nalish har bir loyihani to'g'ri rejalashtirilishi, uni amalga oshirilishi bilan bevosita bog'liq bo'lib, har qanday loyihaning "o'xshashi" yoki "o'xshamasligi" aynan shu yo'nalish vakillariga to'g'ridan-to'g'ri bog'liq. Ular har xil yo'nalish rahbarlari: kompaniya boshqaruvchilari, loyihani boshqaruvchilar, mahsulotni boshqaruvchilar, ular odamlarni boshqarishlari mumkin, ular loyihalarni boshqarishlari mumkin, ular biznes jarayonlarni boshqarishlari mumkin. Ular asosan loyiha uchun qisman yoki butunlay javobgar bo'lishadi. Ular muhim qarorlar qabul qilishadi, qo'l ostilaridagi boshqa yo'nalish mutaxassislarni boshqarishadi, ularga to'g'ri yo'nalish berishadi.
Marketing - piar, reklama, marketing, qidiruv tizimlarida loyihalarni tarqatish, rivojlantirish bilan shug'ullanishadi. Mahsulot yoki xizmatni bozorda tanitish, rivojlantirish, kerak bo'lsa, ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko'rsatuvchilar bilan oddiy foydalanuvchilar yoki mijozlar o'rtasidagi vositachi hamdirlar.
Savdo - mahsulot yoki xizmatlarni sotish bilan shug'ullanish. Har bir xizmat, loyiha, biznes jarayonning asosiy bo'g'ini bo'lib, bu yo'nalishda faoliyat olib boruvchilarni asosiy vazifalari mahsulot yoki xizmat uchun mijozlar topish, uni mijozlarga sotish hisoblanadi.
Analitika - bu analitikaning har xil turlarIi: tizim analitikasi, ma'lumot analitikasi, biznes-analitika va boshqalar. Bu yo'nalish vakillar kompaniya mahsulot yoki xizmatlarini doimiy ravishda tekshirib borish, kompaniya faoliyat olib boradigan bozorni, kompaniya raqobatchilarini kuzatib borish, kerakli vaqt kompaniyaning mas'ul xodimlariga mahsulot yoki ximat yuzasidan kerakli analitik ma'lumotlarni yetkazishlar kerak bo'ladi. O'z navbatida bu ma'lumotlar mahsulot yoki kompaniya ko'rsatadigan xizmatni rivojlantirish, uni taqdiri, kompaniyaning keyingi istiqboldagi rejalarini tuzish uchun asosiy manba bo'lib xizmat qiladi.
Kontent - kontent bilan shug'ullanuvchi mutaxassislar. Masalan: ko'chiruvchilar, mualliflar, jurnalistlar, tarjimonlar, kontent boshqaruvchilar va boshqalar.
|
| |