-bosqich. Yakuniy bosqich
Axborot texnalogiyalari
Тexnologiya so‘zi grekchadan san’at, ustalik, malaka ma’nosini anglatadi. Тexnikada texnologiya - ma’lum kerakli material mahsulotni hosil qilish uchun usullar, metodlar va vositalar yig‘indisidan foydalanadigan jarayon tushuniladi. Тexnologiya ob’ek-tining dastlabki, boshlang’ich holatini o‘zgartirib, yangi, oldindan belgilangan talabga javob beradigan holatga keltiradi Axborot texnologiyasi — bu axboriy ma’lumotni bir ko‘rinishdan ikkinchi, sifat jihatidan yangi ko‘rinishga keltirish, axborotni yig‘ish, qayta ishlash va uzatishning usul va vositalari majmuasidan foydalanish jarayonidir. Moddiy ishlab chiqarish texnologiyasining maqsadi insonning talabini qondiradigan yangi mahsulot ishlab chiqarishdan iborat. Axborot texnologiyasining maqsadi esa insonning biror-bir ishni bajarishi uchun zarur bo‘lgan, uni tahlil etish va u asosida qaror qabul qilishi kerak bo‘lgan yangi axborotni ishlab chiqarishdan iborat. Тurli texnologiyalarni qo‘llab, bitta moddiy resurslardan turli mahsulotlar olish mumkin. Аxborot texnologiyalariga nisbatan ham aytish mumkin. Axborot texnologiyalari rivojlanish bosqichlari Axborot texnologiyalari jamiyat axborot resurslaridan oqilona foydalanishning eng muhim usullaridan biri bo‘lib, bir necha evolyutsion bosqichlarni bosib o‘tdi. 1-bosqich. XIX asrning ikkinchi yarmigacha davom etgan. Uning vositasi: pero, siyohdon, kitob. Kommunikatsiya, ya’ni aloqa odamdan odamga yoki pochta orqali xat vositasida amalga oshirilgan. 2-bosqich. XIX asrning oxiri, unda «Mexanik» texnologiya rivoj topgan. Uning asosiy vositasi yozuv mashinkasi, arifmometr kabilardan iborat. 3-bosqich. XX asr boshlariga mansub bo‘lib, «Elektromexanik» texnologiyalar bilan farq qiladi Uning asosiy vositalari sifatida telegraf va telefonlardan foydalanilgan. 4-bosqich. XX asr o‘rtalariga to‘g‘ri kelib, «Elektron» texnologiyalar qo‘llanilishi bilan belgilanadi. Bu texnologiyalarning asosiy vositasi EHMlar va ular asosida tashkil etiladigan avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari va axborot izlash tizimlaridir. 5-bosqich. XX asr oxiriga to‘g‘ri keladi. Bu bosqichda «Kompyuter» texnologiyalari taraqqiy etdi. Ularning asosiy vositasi turli maqsadlarga mo‘ljallangan dasturiy vositalarga ega bo‘lgan shaxsiy kompyuterlardir. Axborot texnologiyalari turlari Axborot texnologiyalari bir necha turlarga bo‘linadi: 1. Ma’lumotlarga ishlov beruvchi axborot texnologiyalari. Ular ma’lum algoritmlar bo‘yicha boshlang’ich ma’lumotlarga ishlov beruvchi masalalarni yechishga mo‘ljallangan. Masalan, har bir firmada o‘zining xodimlari haqidagi axborotga ishlov beruvchi axborot texnologiyasi albatta bo‘lishi kerak. 2. Boshqaruvchi axborot texnologiyalari. Ularning maqsadi ish faoliyati qaror qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan insonlarning axborotga bo‘lgan talabini qondirishdan iborat. Boshqarishning axborot tizimlari tashkilotning o‘tmishi, hozirgi holati va kelajagi haqidagi axborotni ham o‘z ichiga oladi. Offis(idora) axborot texnologiyasi. Avtomatlashtirilgan offis zamonaviy axborot texnologiyalaridan bu — tashkilot ichidagi va tashqi muhit bilan kommunikatsion jarayonlarni kompyuter tarmoqlari va axborotlar bilan ishlovchi boshqa zamonaviy vositalar asosida tashkil etish va qo‘llab - quvvatlashdan iborat. Buning uchun maxsus dasturiy vositalar ham ishlab chiqilgan. Ulardan biri Microsoft Offise dasturlar paketidir. Odatda har bir soha o'zining kichik yo'nalishlardan tashkil topgan bo'ladi. Masalan, ta'lim tizimida matematika, fizika, tarix. Sog'liqni saqlashda stomotologiya, gastrologiya, lor va hakazo. Bu yo'nalishlarda ko'plab o'xshash qismlar bilan birga, ular orasida juda katta ularni bir-biridan ajratib turuvchi, bir-birini o'rnini to'ldira olmaydigan muhim attributlari mavjud. Axborot texnologiyalari sohasida ham huddi shunday yo'nalishlar bo'lib, bu yo'nalishlar bir-biridan ular mo'ljallangan texnologiylar, vazifalar, rivojlanish bosqichlari bilan ajralib turadi. Demak, quyida axborot texnologiyalari yo'nalishlarning asosiylari izohlari bilan keltirib o'tilgan: Download 7,46 Mb.
|