|
Fan va innovatsiyalar
|
bet | 24/93 | Sana | 12.02.2024 | Hajmi | 7,46 Mb. | | #154993 |
Bog'liq Axborot texnalogiyalariFrontend - ilova, dastur yoki veb saytda yo verstka yo javascript dasturlash tili yoki dasturlsah tilisiz ma'lum bir vazifani bajaruvchi va asosan oddiy foydalanuvchi bilan bevosita har xil turdagi ishlarni bajarishda vositachi, muloqotda bo'luvchi yo'nalish. Bu yo'nalishda asosan internetda har xil xizmatlar yaratilinadi. Bu soha vakillari asosan mijoz "tomonda(brauzerda)" ishlashadi. Ular odatda HTML, CSS, JavaScript, JQuery, Angular.js, React,js dan foydalanishadi.
Bekend(backend) - yoki veb-texnologiylar. Bu yo'nalishning asosiy vazifasi foydalanuvchilardan bilvosita ma'lumolarni qabul qilish, qayta ishlash, saqlash va talabga qarab yana qayta yuborishdan iborat, ya'ni bu yo'nalish vakillari ham internetda har xil xizmatlar yaratishadi. Ular PHP, Python, Java, JavaScript(Node.js), C#, MySQL, PostgreSQL yordamida, loyihalarning server tomonida ishlashadi, kod yozishadi. Ularning ishlari oddiy foydalanuvchilarga ko'rinmaydi.
Ilovalar - yoki mobil dasturlar yaratish. Bu yo'nalish mutaxassislari smartfon, planshet kabi qurilmalar uchun mobil ilovalar yaratishadi. Bunda hozirda asosan 3 ta asosiy operatsion tizim uchun ilova yaratiladi. Bular: Android, IOS va Windows Phone. Bu yo'nalish vakillar o'z ilovalarini ko'p hollarda Java, Object-C, Swift, C# va ba'zi hollarda JavaScript(Cordova, React Native) yordamida dunyoga keltirishadi.
Dizayn - nomidan ham ma'lum bo'lgan bu yo'nalish saytlar, mobil ilovalar, logotiplar, interfeyslar, har xil internet xizmat uchun dizaynlar yaratishdan iborat. Bu yo'nalish mutaxassislarini dizaynerlar deb atashadi.
Tizimlash - axborot texnologiyalardagi eng muhim yo'nalish(mutaxassislik)lardan biri. Bu yo'nalishda ishlaydigan mutaxassislar serverlar, ma'lumotlar omborlari, har xil turdagi tarmoqlar, xavfsizlik tizimlarini yaratish, boshqarish, ularni qo'llab-quvvatlash bilan shug'ullanadilar.
Testlash - bu yo'nalishning vazifasi biror bir mahsulot yoki xizmatni mijozga yetkazishdan oldin uni tekshirishdan iborat. Bu yo'nalish vakillari dasturlar, mobil ilovalar, saytlarni tekshirish - testlash bilan mashg'ul bo'lishadi. Ular ba'zi hollarda loyihalarni faydalanuvchilarning yuqori, ko'p sonli so'rovlariga bardoshliligini ham aniqlashadi, tekshirishadi.
|
| |