|
Fan va innovatsiyalar
|
bet | 2/93 | Sana | 12.02.2024 | Hajmi | 7,46 Mb. | | #154993 |
Bog'liq Axborot texnalogiyalari(F.I.Sh.) (imzo)
MUNDARIJA
1.O‘quv fani (moduli)ning maqsad va vazifalari, o‘zlashtirish natijasi;
2.O‘quv fani (moduli)ning mashg‘ulot turlari bo‘yicha mavzular rejasi va mazmuni;
3.O‘quv fani(moduli)ning moddiy-texnik ta’minoti;
4.Fan (modul)ning o‘zlashtirish darajasini nazorati va baholash;
5.Tavsiya etilgan adabiyotlar va saytlar ro‘yxati.
FANNING MAQSADI VA VAZIFALARI
Fanning maqsadi:Axborot texnalogiyalari yo‘nalishida fanning maqsadi o‘quvchilarda mutaxassislikka oid turli xil vazifalarni bajara olish qobiliyatini o‘stirish va shakllantirishga qaratilgan
Fanning vazifasi:Axborot texnalogiyalari asoslari fani o‘quvchilarni keng miqiyosda bilimga ega bo‘lishda mustaqil fikrlay olishga o‘rgatadi, iqtisodiy masalalarni hal etishda zamonaviy AKT ning roli, ishlash ko'nikmasini shakllantirish va internet tarmog'i bilan ishlash ko'nikmasini shakllantiradi
FANNING KVALIFIKATSION XARAKTERISTIKASI
O‘quvchilar fanni o‘qib tugatgandan so‘ng quyidagi bilimlarga egabo‘lishlari zarur:
Office dasturlari va ularning imkoniyatlari;
Kasbiy foaliyatda amaliy dasturlar va ulardan foydalanish asoslari;
Axborot xavfsizligi;
Fanni o‘qish jarayonida quyidagi ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari zarur:
Office dasturlari va ularning imkoniyatlaridan foydalanish
Kasbiy foaliyatda amaliy dasturlar va ulardan foydalanish;
Axborot xavfsizligi tushunchasi va uni tashkil etish
FANNI O‘QITISHDA ZAMONAVIY AXBOROT VA PEDAGOGIK
TEXNOLOGIYALARI BO‘YICHA TAVSIYALAR
Pedagogik texnologiya turlarini tanlash shakllantirilishi ko‘zda tutilgan bilim, ish harakati usullari, shaxsiy fazilatlar, mashg‘ulotlarning tashkiliy shakli, qo‘llanilayotgan metodlar, vositalar va shu kabi ko‘plab omillarga bog‘liq. Kasbga doir turli ko‘rgazma, ko‘rik – tanlovlarda o‘quvchilarning ishtirokini muntazaam ravishda tashkillashtirib borish, bu o‘quvchilarda ijodkorlik hamda badiiy saviyani o‘stirishda qo‘l keladi.
Zamonaviy ta’lim texnologiyalari o‘quvchilarni egallayotgan bilim, ish – harakat usullari va shaxsiy fazilatlarini izlab topishga mustaqil o‘rganishg, o‘z fikrlarini bayon etishga imkon beradi. Bu jarayonda o‘qituvchi – o‘quvchining shaxsining shakllanishi, rivojlanishiga sharoit yaratib, boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik funksiyalarini bajaradi.
Dars davomida klaster (tarmoq), boshqaruv; talaba, o‘qituvchi shaxsi treningi; aqliy hujum, FSMU, kichik guruhlarda ishlash, ko‘rgazmali davra suhbati, bahs – munozara, muamolli vaziyat va boshqa metodlaridan keng foydalaniladi.Ta’lim jarayonida ilg‘or pedagogik uslub va texnologiyalari axborot telekommunikatsiya texnologiyalari, elektron ta’lim resurslari va multimedia taqdimotlaridan foydalanish tavsiya etiladi.
|
| |