• Kichik guruhlarda ishlash qoidasi bilan tanishadilar Xar bir guruh o’z topshiriq varaqlari bo’yicha faoliyatini boshlaydi
  • Ma’lumotni daftarga qayd etadilar. 3-bosqich. Yakuniy bosqich
  • Oqituvchi: _____________
  • Uy vazifalarini taqdim etadilar. Savollarga javob beradilar




    Download 7,46 Mb.
    bet6/93
    Sana12.02.2024
    Hajmi7,46 Mb.
    #154993
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93
    Bog'liq
    Axborot texnalogiyalari

    Uy vazifalarini taqdim etadilar. Savollarga javob beradilar.
    Mavzu nomi va rejasini yozib oladilar.
    Diqqat qiladilar.
    Savollarga javob beradilar.
    Yozib oladilar.
    Diqqat qiladilar
    Savollarga javob beradilar
    Topshiriqni bajaradilar
    Kichik guruhlarga bo’linadilar
    Kichik guruhlarda ishlash qoidasi bilan tanishadilar
    Xar bir guruh o’z topshiriq varaqlari bo’yicha faoliyatini boshlaydi
    Har bir guruh sardorlari chiqib o’z ishlarini taqdim qilishlarini aytadi.
    Berilgan qo’shimcha savollarga javob beradilar,
    Guruh ish natijalarini o’zaro baxolaydilar,
    Ma’lumotni daftarga qayd etadilar.

    3-bosqich.
    Yakuniy bosqich
    (10 daq.)

    Mashg‘ulot yakuni

    1. Faol ishtirok etgan o‘quvchilarni javoblarini izohlab baholaydi va rag‘batlantiradi

    Uyga vazifa berilishi:



    1. Kelgusi mashg’ulotga vazifa va uni bajarish yuzasidan yo’riqnoma beradi

    Baholari bilan tanishadilar


    Topshiriqni yozib oladilar





    O'qituvchi: _____________

    N.Xursanova













    (imzo)




    AXBOROT HAQIDA TUSHUNCHA
    Axoborot deb inson sezgi organlari orqali qabul qiladigan barcha ma’lumotlarga aytiladi. Axborot lotincha informatio so‘zidan olingan bo‘lib, tushuntirish, biror narsani bayon qilish yoki biror narsa yoki hodisa haqidagi ma’lumot ma’nosini anglatadi.
    Inson sezish a’zolari, texnikada turli asboblar va hokazolar yordamida qayd etiladigan tashqi dunyo dalillari ma’lumotlar deb ataladi. Ma’lumotlar aniq vazifalarni hal etishda zarur va foydali deb topilsa axborotga aylanadi.
    Axborot deganda atrof-muhitdan (tabiatdan yoki jamiyatdan), sezgi a’zolarimiz (ko‘z, quloq, burun, og‘iz, teri) orqali qabul qilib, anglab oladigan har qanday ma’lumotni tushunamiz (1- rasm).
    Axborot turli-tuman ko‘rinishda bo‘lib, ularni quyidagi turlarga ajratish mumkin:
    Matnli axborot;
    Grafikli axborot;
    Tovushli axborot;
    Videolavhali axborot;
    Belgili axborot;
    Raqamli axborot.
    Axborotning sifat ko’rsatkichlari:
    1) axborotning rеprеzеntativligi ;
    2) axborotning mazmundorligi;
    3) axborotning yеtarliligi;
    4) axborotning aktualligi ;
    5) axborotning o‘z vaqtidaligi;
    6) axborotning aniqligi;
    7) axborotning ishonarliligi;
    8) axborotning barqarorligi .
    Informatika atamasi 1960 yillarda fransuz olimlari tomonidan kiritilgan.
    Informatika atamasi lotincha Informatic so`zidan kelib chiqqan bo`lib, tushuntirish, xabar qilish, bayon etish ma’nosini anglatadi. Ingliz tilida bu atamaga Computer science (kompyuter haqidagi fan) sinonimi mos keladi.
    Informatika kompyuter texnikasining rivojlanishi tufayli yuzaga keldi, unga asoslanadi, usiz mavjud bo`la olmaydi va o`z navbatida uning rivojiga, yangilanishiga o`z hissasini qo`shadi.
    Informatika – axborot texnologiyalari vositalari yordamida axborotni taqdim etish, qabul qilish, saqlash, unga ishlov berish, uzatish usullarini, ya’ni axboriy jarayonlarni va axborot texnologiyalari vositalarining faoliyat ko`rsatish tamoyillarini, ularni boshqarish usullarini sistemali ravishda o`rganuvchi fandir.
    Informatikada analog (uzluk-siz) va raqamli (diskret) axborotlar ishlatiladi. Inson sezgi a’zolari analog (uzluksiz) axborot bilan ish ko‘rishga moslashgan bo‘lsa, hisoblash texnikasi esa raqamli (diskret) axborot bilan ishlaydi.



    Axborot texnologiyalari (inglizcha: Information Technology(IT)) — bu kompyuter tizimlari, dasturiy taʼminot, dasturlash tillari, maʼlumotlar, maʼlumotlarni qayta ishlash va saqlashni oʻz ichiga olgan tegishli sohalar toʻplami. Axborot texnologiyalari (AT) axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)ning bir qismini tashkil qiladi. AT tizimi — odatda, axborot tizimi, aloqa tizimi yoki aniqrogʻi, kompyuter tizimi, jumladan, barcha apparat, dasturiy taʼminot va periferik jihozlar — cheklangan AT foydalanuvchilari guruhi va AT loyihasi tomonidan boshqariladigan tizim va odatda AT tizimini ishga tushirish va joriy etishni nazarda tutadi.
    Garchi odamlar eng qadimgi yozuv tizimlari yaratilganidan beri maʼlumotlarni saqlash, olish, manipulyatsiya qilish va muloqot qilish bilan shugʻullangan boʻlsalar-da, zamonaviy maʼnoda axborot texnologiyasi atamasi birinchi marta 1958-yilda Garvard Business Review jurnalida chop etilgan maqolada paydo boʻlgan; mualliflar Garold J. Leavitt va Tomas L. Uisler “yangi texnologiyaning hali bitta aniq nomi yoʻq. Biz uni axborot texnologiyalari (AT) deb ataymiz”, deb sharhladilar. Ularning taʼrifi uchta toifadan iborat: ishlov berish texnikasi, qaror qabul qilishda statistik va matematik usullarni qoʻllash va kompyuter dasturlari orqali yuqori darajadagi fikrlashni simulyatsiya qilish.
    AT atamasi odatda, kompyuterlar va kompyuter tarmoqlarining sinonimi sifatida ishlatiladi, lekin u televizor va telefon kabi boshqa axborot tarqatish texnologiyalarini ham qamrab oladi. Iqtisodiyot doirasidagi bir qancha mahsulot yoki xizmatlar axborot texnologiyalari, jumladan, kompyuter texnikasi, dasturiy taʼminot, elektronika, yarimoʻtkazgichlar, internet, telekommunikatsiya uskunalari va elektron tijorat bilan bogʻliq.
    Amaldagi saqlash va qayta ishlash texnologiyalariga asoslanib, AT rivojlanishining toʻrtta fazasini ajratish mumkin: mexanikgacha (miloddan avvalgi 3000-yildan miloddan avvalgi 1450-yilgacha), mexanik (milodiy 1450-yildan milodiy 1840-yilgacha), elektromexanik (milodiy 1840-yildan milodiy 1940-yilgacha) va elektron (1940-yildan hozirgi kungacha).
    Axborot texnologiyalari, shuningdek, informatikaning bir tarmogʻi boʻlib, uni protsedura, tuzilma va har xil turdagi maʼlumotlarni qayta ishlashni umumiy oʻrganish sifatida aniqlash mumkin. Ushbu soha butun dunyo boʻylab rivojlanishda davom etar ekan, uning umumiy ustuvorligi va ahamiyati ham oshib bordi, bu davrda biz K-12 taʼlimida kompyuter fanlari bilan bogʻliq kurslarni joriy qilishni boshlaymiz.



    Download 7,46 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93




    Download 7,46 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Uy vazifalarini taqdim etadilar. Savollarga javob beradilar

    Download 7,46 Mb.