KVANT MEXANIKASINI O‘QITISHDAGI QIYINCHILIKLAR




Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana06.11.2023
Hajmi0.88 Mb.
#94777
1   2   3   4
Bog'liq
2.19-20. 05. 2023 (QarMII kongferesiya) removed removed (1)
Илмий тўгарак йиллик иш режаси, ИТИ билан шугул. иқт. тал. ҳақида маълумот.2015 AT, 122222, 4-amaliy Akustik aloqa kameralari va ularning konstruksiyalari. Reverb ka, 12 талик рўйхат , amaliy, 2eee2, Стартап АРИЗА OXIRGI last, 20-ish. О‘tkаzgichning qаrshiligini о‘zgаrmаs tok kо‘prigi yordаmidа аniqlаsh., Axborot xavfsiziligi, himoyalash usullari, 3-маъруза, Algoritm va algoritlash tushunchalari, Amaliy mashg‘ulot Bulutli texnologiyalar. Google asbob uskun (1), algoritm va uning turlari, аралаштиргич амалий
KVANT MEXANIKASINI O‘QITISHDAGI QIYINCHILIKLAR 
Korjavov Mustafa Javliyevich
1
, Mamarasulov Diyorbek Abdumalik O‘g‘li

1
Katta o‘qituvchi, QarshiMII. e-mail: 
mkorj1965@gmail.com 
2
Talaba, QarshiMII, 1-kurs, Elektr energetika (elektr ta'minoti) yo’nalishi 


Fan va texnikada innovatsion texnologiyalar: fizik yechimlar, metrologik o‘lchashlar hamda elektronika va asbobsozlik 
muammolari” mavzusidagi respublika miqyosidagi ilmiy – amaliy anjumani
324 
Mikroolamda sodir bo‘layotgan hodisalarni o‘rganuvchi fan-kvant mexanikasi 
bugungi kunda har xil bilimlar sohasining asosini tashkil qilgan fizikaviy nazariyalar 
ichida eng umumiysi va yagonasi hisoblanadi. Kvant mexanikasining moslik
to‘ldiruvchanlik, noaniqlik va Pauli prinsiplari, to‘lqin funksiya, moddalar uchun de-
Broyl to‘lqinlari kabi asosiy tushuncha va tasavvurlari olamning fizik manzarasini 
tushunishda zamonaviy tabiiy bilimlarning asosi bo‘lib qoldi. Shuning uchun “Kvant 
mexanikasi” o‘quv kursi oliy o‘quv yurtlarida fizika fanini o‘qitish tizimida juda 
muhim hisoblanadi. Pedagogika oliy o‘quv yurtlarida an’anaga ko‘ra “Kvant 
mexanikasi” o‘quv kursi umumiy fizika, oliy matematika kurslari o‘tilgandan keyin 
o‘qitiladi va bo‘lajak fizika o‘qituvchisini tayyorlovchi mutaxassislik fanlarining 
yakuni hisoblanadi. Kvant mexanikasi fanining asosiy vazifasi bo‘lajak fizika 
o‘qituvchisiga olamning zamonaviy fizik manzarasini, mikrozarralarning harakati va 
qonuniyatlarining asosiy prinsiplarini hamda aniq kvantomexanik masalalarni 
yechishda olingan bilimlarni qo‘llay bilishni o‘rgatishdan, mikroolamdagi kvant 
hodisalarning fizik tabiati va sirlari haqidagi bilimlarni mustahkamlashdan iborat. 
Tahlillarning ko‘rsatishicha, yagona ta’lim standarti va o‘quv dasturlar 
bo‘lishiga qaramasdan kvant mexanikasining oliy o‘quv yurtlarida o‘qitilishida bir-
biridan farq qiluvchi har xil yaqinlashish va uslublar mavjuddir. Buning bosh sababi 
sifatida oliy o‘quv yurtlaridagi fizika kafedralarining moddiy-texnika bazasining har 
xil darajada ekanligini va professor-o‘qituvchilar tarkibining mosligi va tayyorgarligi 
kabilarni keltirish mumkin. Ma’lumki, Akademik litseylarning yuqori kurslarida 
kvant mexanikasining to‘lqin-zarra dualizmi, Geyzenbergning noaniqlik 
munosabatlari, statsionar holatlar, Plank gipotezasi, fotoeffekt, Bor postulotlari va 
shu kabi ayrim masala va tushunchalari o‘rganiladi. Bu esa bo‘lajak fizika fani 
o‘qituvchilarini tayyorlashda kvant mexanikasi kursining o‘ta muhimligini ko‘rsatadi.
Shunday qilib, bu fanni o‘qitayotgan oliy o‘quv yurti professor-
o‘qituvchilarining oldilariga kvant mexanikasini o‘qitish va uning masalalarini 
yechish metodikasi bilan qo‘rollangan, ilmiy dunyoqarashi shakllangan, ilmiy-
nazariy tafakkurga ega bo‘lgan, zamonaviy fizik olam manzarasini bir butunicha 
tasavvur qila oladigan bo‘lajak fizika o‘qituvchilarini tayyorlash vazifasi qo‘yiladi. 
Lekin, o‘quv kursining muhimligiga qaramasdan oliy o‘kuv yurti talabalariga kvant 
mexanikasi fanini o‘qitish metodikasi bilan bog‘liq masalalar baxs va munozaralarga 
sabab bo‘lmoqda. Bu birinchidan, fizikaning klassik mexanika, optika, 
elektrodinamika kabi boshqa bo‘limlarida talabalar tasavvuriga sig‘dira oladigan va 
hech bo‘lmaganda “hayoliy tajribalar” o‘tkaza oladigan real moddiy borliqlarning 
xossalarini va harakatlarini o‘rganadilar. Kvant mexanikasida esa mikroolamda 
kechayotgan hodisalarning makroolamda anologiyalarining yo‘qligi sababli 
professor-o‘qituvchilar 
ham 
o‘tilayotgan 
o‘quv 
materialini 
ko‘rgazmali 
tushuntirishda asosiy qiyinchiliklarga uchraydilar. Ikkinchidan, kvantomexanik 
hodisalarning fizik modellari murakkab matematik xisoblash apparati bilan 
tavsiflanadi. 
Natijada 
talabalar 
kvant 
mexanikasi 
masalalarini 
yechishda 
qiynalganliklari uchun fanni to‘liq o‘zlashtira olmaydilar. Maktab va oliy o‘quv 
yurtlarida fizikani o‘qitish bo‘yicha har xil o‘quv-metodik qo‘llanma va tavsiyalarni 
tahlil qilish shuni kursatadiki, ularning avtorlari asosan o‘quv metodlarini 
rivojlantirish va masalalarni yechish yo‘llarini takomillashtirishga e’tibor berishadi-


Fan va texnikada innovatsion texnologiyalar: fizik yechimlar, metrologik o‘lchashlar hamda elektronika va asbobsozlik 
muammolari” mavzusidagi respublika miqyosidagi ilmiy – amaliy anjumani
325 
yu, masalalarni mavzularning aktualligi bo‘yicha tanlashga e’tibor bermaydilar.
Ko‘pgina adabiyotlarda talabalarning bilimini va qobiliyatini, masalalarning qiyinlik 
darajalarini hisobga olib tanlash bo‘yicha tavsiyalar berilgan bo‘lsada, masalalarni
tanlashning ilmiy asoslangan yagona motodologiyasi yo‘q. Shuning uchun fizika fani, 
xususan kvant mexanikasi bo‘yicha masalalarni tanlash va yechish yangicha 
yondoshish talab etadi. Bugungi kunda kvant mexanikasi masalalarini yechishda 
matematik apparatning murakkabligi, nazariy materiallarni ko‘rgazmali tusuvvur 
qilib bo‘lmasligi va mikroolamdagi hodisalarning mavhumligini xisobga olib
o‘qitishning yangi texnologiyalari, xususan axborot kompyuter texnologiyalar (AKT) 
talab etiladi. Hozirda amaliy programmalar vositalari bozorida ko‘p miqdorda 
integral programma maxsulotlari paydo bo‘ldiki, ulardan fizikani, xususan kvant 
mexanikasi masalalarini yechishda foydalanish mumkin. Ular ichida sonli xisoblash 
sistemalari, belgili xisoblash sistemalari muhim o‘rin egallaydi.
Bugungi kunda har xil fanlardan, xususan hodisalarni matematik 
modellashtirish rivojlanayotgan fizika fanini o‘qitishda test olishdan tortib, jarayon 
va hodisalarni modellashtirishgacha kompyuter texnologiyalari keng qo‘llanilmoqda.
Fizika fanini o‘qitishda AKTlardan foydalanishning aktualligi shundan iboratki, XXI 
asr - AKTlar asri,- deb tan olingan davrda rivojlangan jamiyatda o‘quvchi va 
talabalarlarning kompyuter savodxonligini oshiribgina qolmasdan, har xil kompyuter 
programmalarini qo‘llab o‘qitish jarayonida ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirishdir. 
Bugungi kunda kompyuter texnologiyalari ko‘pgina bolalar hayotining ajralmas 
qismiga aylangan. Ular kompyuterdagi ma’lumotlarni oddiy o‘quv kitoblardagiga 
nisbatan katta qiziqish bilan qabul qiladilar. Albatta, kompyuter texnologiyalari tabiiy 
tajribalarni, laboratoriya ishlarini, o‘qituvchining o‘zini to‘lig‘icha almashtira 
olmasada, ularni me’yorda va o‘z o‘rnida ishlatish ijtimoiy so‘rov natijalariga ko‘ra 
o‘quvchilarning o‘quv materialini o‘zlashtirishida yuqori natijalar beradi. Bugungi 
yosh avlod uchun kompyuter va u bilan bog‘liq bo‘lgan narsalar kundan-kunga tabiiy 
hayotiy zaruratga aylanmoqda. Shuning uchun o‘qitish jarayonida o‘quvchiga 
kompyuterdan foydalangan o‘qituvchi o‘ta yaqin va zamonaviy tuyuladi. Bu esa 
o‘zaro shaxsiy munosabatlarning tez o‘rnatilishiga va demak, o‘qitishning 
samaradorligiga ta’sir qiladi. O‘quvchilar uchun yangi imkoniyatlar ochiladi va 
o‘rganilayotgan fanga qiziqishi ortadi.
Fizika darslarida AKTdan foydalanib dars o‘tishning bir necha afzalliklarini 
keltirish mumkin: yangi mavzularni o‘tishda tekst, formula, rasmlarni ko‘rsatishi; 
animatsion tajribalarni ko‘rsatishi; masalalarni yechish uslubini ko‘rsatishi; 
kompyuterda laboratoriya ishlarini o‘tkazishi; o‘quvchilarning bilimini aniqlashi; 
o‘quvchilarning tadqiqotchilik faoliyatini tashkil etishi; talabalarning individual 
ishlashi uchun tarqatma materiallarni, nazorat va mustaqil ishlarni tayyorlashi 
mumkin. 
Foydalanilgan adabiyotlar. 
1. Стародубсев В.А., Чернов И.П. Разработка и практическое исползование 
мултимедийных средств на лекциях//Физическое образование в вузах – 
2002. – Том 8.– № 1. с. 86-91. 


Fan va texnikada innovatsion texnologiyalar: fizik yechimlar, metrologik o‘lchashlar hamda elektronika va asbobsozlik 
muammolari” mavzusidagi respublika miqyosidagi ilmiy – amaliy anjumani
326 
2. Гомулина Н.Н. Обучающие интерактивные компютерные курсы и 
имитатционные программы по физике //Физика в школе. М.: № 8 / 2000. – 
С. 69 – 74. 
3. Tursunov Q.SH., Korjavov M.J.,Olamning fizik manzarasi–umumlashtirish 
metodi sifatida. Mug‘allim ham uzliksiz bilimlendirio‘. №3 2021jыl. Ilmiy-
metodikalыk jurnal.
4. Korjavov M.J., Fizika darslarida tarixiylik tamoyillaridan foydalanishning 
ahamiyati. Eurasian journal of social sciences, philosophy and culture. 
Innovative Akademy Research Support Center. 
www.in-academy.uz

https://doi.org/10.5281/zenodo.5774556
, 10.12.2021yil. 
5. Korjavov 
M.J., 
Fizika-matematika 
mutaxassisliklari 
talabalarida 
modellashtirish kompetensiyasini shakllantirish. O‘z.R.Oliy va o‘rta maxsus 
ta’lim vazirligi. Namangan DU Axborotnomasi, 2022 yil 1-son, ISSN: 2181-
0427: ISSN:2181-1458. 603–608 betlar. 

Download 0.88 Mb.
1   2   3   4




Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



KVANT MEXANIKASINI O‘QITISHDAGI QIYINCHILIKLAR

Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish