Fanidan mustaqil ish kompyuterda modellashtirish va uning turlari




Download 55,93 Kb.
bet2/3
Sana13.05.2024
Hajmi55,93 Kb.
#229748
1   2   3
Bog'liq
xolisa 223-fizika

Yеchish. Аvtоmоbil tеzligini SI sistеmаsigа o’tkаzаmiz: v=72 km/sоаt =20 m/s. Mа’lumki, tekis harakatda bоsib o’tilgаn yo’l s=vt fоrmulа оrqаli аniqlаnаdi. Masalani yechish uchun quyidagi dаsturdan foydalanamiz:
Private Sub Command1_Click ()
REM 1mаsаlа
v=20
‘ “a, b, h” larga qiymatlar beriladi yoki matn oynalari (textBox) ochiladi
for t=a to b step h
S=V*T
print “t=”; t, “s=”; S

next t


end
Ma`lumotlar omborini loyihalash va yaratishdan oldin shu ma`lumotlar omboriga joylashtiriladigan axborotlarning umumiy tuzilishi haqida tasavvurga ega bo`lish lozim. Ma`lumotlar omboridan kerakli savollarga javob olish va ma`lumotlarga turli o`zgartirishlar kiritish uchun ham uning umumii tuzilishini bilish maqsadga muvofiq. Chunki ma`lumotlar omborida qanday ma`lumotlar borligini bilsangizgina, ularga mos savollarni qo`ya olasiz. Bir axborotni turli xil vositalar orqali va turli shakllarda ifodalash mumkin.
Axborotlarni ifodalovchi vositalar majmuini ma`lumotlar modeli deb ataladi.
Albatta, turli odamlar tashqi dunyoni turlicha talqin qiladilar va ular haqida turlicha bilimga ega bo`ladi. Shuning uchun ham haqiqiy dunyo va undagi hodisalarni anglashda turlicha modellardan foydalaniladi. Modellashtirish yoki modellashning rasmiy muammolarini o`rganadigan va tadqiq etadigan yaxlit nazariya mavjud (bunday nazariyalar oliy o`quv yurtlarida o`rganiladi).
Hozirgi kunda kompyuterda modellashtirish texnologiyasi mavjud bo`lib, uning maqsadi atrofimizni o`rab turgan tabiat, unda ro`y beradigan hodisa, voqealarni va jamiyatdagi o`zgarishlarni anglash, tushunib yetish jarayonini zamonaviy usullar vositasida tezlashtirishdir. Kompyuterda modellashtirish texnologiyasini o`zlashtirish kompyuter tizimlarini (vositachi qurilma sifatida) yaxshi bilishni va unda modellash texnologiyalarini ishlata olishni talab qiladi.
Kompyuterda dasturlash tillaridan foydalanish matematik modellashtirish usulida jiddiy burilish yasadi. XX asr oxirlarida yaratilgan yuqori quvvatli Pentium protsessorli kompyuterlarda o`rganilayotgan jarayonlar modellarining turli xil ko`rinishlarini (grafik, diagramma, annimatsiya, multiplikatsiya va h..k.) kompyuter ekranida hosil qilish mumkin. Ekrandagi modelni (masalan, rasm eskizini) turli xil darajada (tekislik, fazo bo`yicha) harakatga keltirish imkoniyatlari mavjud.
Ekranda hosil qilingan modelni kompyuter xotirasida fayl ko`rinishida saqlash va undan bir necha marta foydalanish mumkin.
Umuman olganda, kompyuterli modellashtirishning metodologiyasida quyidagi yo`nalishlarni ajratish mumkin:
1. Geometrik yo`nalishdagi tajribalarni tashkillashtirish koordinatalar tekisligida amalga oshiriladi. Kompyuter geometrik ob`ektlarning xossalarini o`rganish va matematik farazlarni tekshirishda modellarni ko`rish va ularni tadqiq etish vositasi sifatida ishlatiladi.
2. Ikkinchi yo`nalish turli xil harakatlarni modellashtirish bilan bog`liq. Kompyuter modellari orqali turli xil harakatli masalalarni yechish mumkin. Bu ro`y beradigan jarayonlarning mohiyatini chuqurroq va kengroq his qilishga, olingan natijalarni haqiqiy baholash va kompyuterda modellashtirish imkoniyatlari haqidagi tasavvurlarning kengayishiga olib keladi.
3. Uchinchi yo`nalish - kompyuter ekranida funksiya grafiklarini modellashtirish - kasbiy kompyuter tizimlarida keng qo`llaniladi. Masalan, Logo dasturi funksiya grafiklari, tenglama va tenglamalar tizimini yechish va ularning natijalarini olish imkoniyatlarini beradi. Eng muhimi shundaki, kompyuterda modellashtirish texnologiyasidan foydalanish haqiqiy voqelikni anglashda, bilish jarayonini amalga oshirishda yangi bosqich rolini o`ynaydi.
Ma`lumotlar modellari shakli qanday bo`lishidan qat`iy nazar quyidagi talablarni bajarishi kerak:
1. Soddalik. Ma`lumotlar modeli kam sondagi bog`lanishli tuzilish turlariga ega bo`lishi lozim.
2. Yaqqollik. Ma`lumotlar modeli vizual (ko`zga ko`rinadigan, tasvirlanadigan) bo`lishi kerak.
3. Qismlarga bo`linishi. Ma`lumotlar modeli ma`lumotlar omborida oddiy o`rin almashtirish imkoniyatiga ega bo`lishi lozim.
4. O`rin almashtirish. Ma`lumotlar modeli o`ziga o`xshash modellar bilan almashtirilish imkoniyatiga ega bo`lishi kerak.
5. Erkinlik. Ma`lumotlar modeli aniq bo`lakchalarnigina o`z ichiga olmasligi lozim.
Yuqorida ko`rsatilgan talablar ham yaratiladigan modellarning idealligini ta`minlay olmaydi. Chunki modellashtirishda haqiqiy ob`ektning ba`zi bir muhim xususiyatlarigina ishtirok etadi xolos.
Kompyuter modellari sistemaning tabiatini o‘ziga xos turli xil kombinatsion matematik modellarga asoslangan yaqinlashuvlar yordamida tasvirlab beradi.
O‘tgan asrda kompyuterda modellashtirish zamonaviy fanning deyarli barcha sohalarida rivojlanishning ajralmas qismiga aylandi. Kompyuter simulyatsiyalari fizika, astronomiya, klimatologiya, kimyo, biologiya, materialshunoslik, iqtisodiyot, ijtimoiy fanlar va muhandislik sohasida sistemalarni modellashtirish uchun zarur vosita bo‘lib qoldi.
Sistemalar va ularning tabiatini zamonaviy texnologiyalar yordamida erishib bo‘lmaydigan nanoo‘lchamdagi aniqlik bilan tushunish uchun kompyuter simulyatsiyasidan foydalanish mumkin. Agar bizda ba'zi sistemalarning eksperimental kuzatish asosida qanday harakat qilishini tahlil qilib beradigan ma'lumotlar mavjud bo‘lsa, biz ushbu hodisalar qanday sodir bo‘lgani yoki aslida nima sababdan yuz bergani haqidagi savollarga javob berishimiz mumkin.
Quyida modellashtirishning bir qator afzalliklarini keltiramiz:

Download 55,93 Kb.
1   2   3




Download 55,93 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Fanidan mustaqil ish kompyuterda modellashtirish va uning turlari

Download 55,93 Kb.