Elektr o’lchash birliklari, etalonlar va elektr miqdorlarining




Download 241.07 Kb.
bet2/4
Sana27.04.2022
Hajmi241.07 Kb.
#20376
1   2   3   4
Bog'liq
Fanidan mustaqil ish mavzu Elektr o’lchashlar va elektr o’lchas
Kasb psixologiyasining predmeti, vazifalari va amaliy sohalari. , O\'lmas DXSH New Презентация Microsoft Office PowerPoint 2, Jarayon va topshiriqlarni rejalashtirish va dispetcherlash (diss
Elektr o’lchash birliklari, etalonlar va elektr miqdorlarining
o’lchamlari
Fizika va texnikada uchraydigan miqdorlarni o’lchash uchun turli birliklar
sistemasi mavjud. Fizikada ko’pincha absolyut birliklar sistemasi ishlatiladi; elektr va magnit miqdorlarini o’lchashda absolyut elektrosatik birliklar (santimetr, gramm, sekund SGS 0 va absolyut elektromagnit SGS  0) sistemalari ishlatiladi.
Elektrotexnikada esa xalqoro birliklar sistemasi (SI) ishlatiladi.
Absolyut elektromagnit sistemaga qaraganda internosional birliklar sistemasi
ancha qulay. Masalan, Shaxar tarmog’idagi 220 volt kuchlanish absolyut
elektromagnit sistemasida yezilsa 22000000000 sonini ishlatgan bo’lardik .
3-jadvalda turli elektr va magnit miqdorlarining SI va SGS sistemalaridagi
birliklarining nomi va belgilanishi ko’rsatilgan. Jadvalda SGS birligining qancha
SI birligining teng bo’lishi koeffisentlar ravishida ko’rsatilgan. Bundagi S0 
2,998  31010 sm / sek-yorug’likning bo’shliqdagi tezligi. Biron birlikni ishlatishda shu birlikni ifodalaydigan moda, jism va tuzilishlar asos qilib olinadi va ular etalon deb ataladi. Tajribada hamma birliklardan etaloni bo’lishi shart emas. Masalan, uzunlik va vaqt birliklari etaloniga asoslanib boshqa juda ko’p birliklarni chiqarish mumkin.
Shunga o’xshash butun elektr va magnit miqdorlarni o’lchash uchun Om va
volt etolonlari kifoya. Ammo, Om va volt etolonlarini vaqt, uzunlik va massa
birliklaridan etolonlari bilan taqqoslab bo’lmaydi. Shuning uchun yana induktivlik
etoloni va amper tarozisi ishlatiladi.
Kundalik elektr o’lchashlarda elektr miqdorining o’lchamlari ishlatiladi.
Buning o’lchamlari tarozi toshlari (qadoq toshlar) singari turli miqdorlarni
taqqoslash uchun ishlatiladi. Turli elekt va magnit miqdorlarni o’lchaydigan
asboblardan ishni kontrol qilish va tekshirish ishlarida shunday o’lchamlarga
asoslaniladi. Elektr yurituvchi kuchning o’lchami tarzida normal elementlar,
qarshilik o’lchash uchun namuna qarshilik g’altaklari, noreaktiv karshilik
g’altaklari va qarshiliklar magazinlari ishlatiladi. Havo kondensatorlari, slyudali
kondensatorlar, sig’im magazini sig’im o’lchamlari sifatida ishlatiladi. Induktivlik
o’lchash g’altaklari induktivlik o’lchami sifatida ishlatiladi.
Elektr o’lchash asboblari. Umumiy ma’lumotlar va elektr o’lchashlar. Elektr
o’lchash haqida tushunchalar, namuna asboblari. Absolyut xatoliklar to’g’risida
umumiy ma’lumotlar. Elektr o’lchov asboblari va ularning shartli belgilari,
asboblarning ishlash printsipi, o’lchash vaqtidagi vaziyatlari, guruhlari, o’lchanishi
lozim bo’lgan kattalik turlari, o’lchanadigan tok, kuchlanish va qarshiliklar
kattaliklari bo’yicha klassifikatsiyalanish to’g’risidagi ma’lumotlar.
Magnitoelektrik, elektromagnit, elektrodinamik, ferrodinamik va induktsion tizimli
asboblari. Elektrodinamik vattmetr, uning ulanish sxemasi. Detektorli va
termoelektrik asboblar. Bir yarim davrli va ikki yarim davrli detektorli asboblarning sxematik tuzilishlari. Magnitelektrik Ommetr. Logometr va
Fazometr.
O’zgaruvchan tok elektr mashinalari. Asinxron elektr dvigatellar. Dvigatel,
generator mashinaning qaytuvchanligi, elektr mashina o’tkazgichlar haqidagi
ma’lumotlar. Elektr mashinaning ishlash printsipini tushuntirish sxemasi. Asinxron
dvigatelning aylantiruvchi momenti. Sirpanish. Asinxron dvigatelda quvvat isrofi.
Asinxron dvigatelning mexanik va ish xarakteristikalari. Quvvat koeffitsientini
foydali quvvat bilan bog’lanish egri chizig’i, F.I.K foydali quvvat bilan
bog’lanishi.
O’zgarmas tok elektr mashinalari, ularning tuzilishi va ishlash printsipi.
Stator, yakor va kollektor, cho’tka va chutka tutqichlari tuzilishi va ishlash
printsipi. O’zgarmas tok generatorining elektromagnit momenti. Yakor reaktsiyasi.
Tok kommutatsiyasi. Induktsiyalangan EYuK, elektromagnit moment,
elektromagnit quvvat ifodalari. Yakor reaktsiyasi va uni bartaraf qilishga oid
sxemalar. O’zgarmas tok dvigatellari va ularning tavsiflari.
Elektr energiyasini uzatish. Maktab, litsey va kasb-hunar kollejlari o’quv
kabinetlarini elektr energiya bilan ta’minlash yo’llari. Elektr energiya uzatish va
taqsimlash sxemalari. Energiyaning radial va magistral taqsimlanishi,
transformator magistral blokining sxemasi, maktab transformator podstantsiyasi.
Maktab o’quv xonalari va ustaxonalari elektr jihozlari va dastgohlari. Umumiy
elektr xavfsizlik qoidalari, elektrdan shikastlanishni oldini olish va shikastlangan
kishiga birinchi yordam ko’rsatish.

Download 241.07 Kb.
1   2   3   4




Download 241.07 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektr o’lchash birliklari, etalonlar va elektr miqdorlarining

Download 241.07 Kb.