Elektr o’lchov asboblarini yerga ulash




Download 241.07 Kb.
bet3/4
Sana27.04.2022
Hajmi241.07 Kb.
#20376
1   2   3   4
Bog'liq
Fanidan mustaqil ish mavzu Elektr o’lchashlar va elektr o’lchas
Kasb psixologiyasining predmeti, vazifalari va amaliy sohalari. , O\'lmas DXSH New Презентация Microsoft Office PowerPoint 2, Jarayon va topshiriqlarni rejalashtirish va dispetcherlash (diss
Elektr o’lchov asboblarini yerga ulash.
Elektr asboblarining tok o’tib turmaydigan yoki normal raviщda kuchlanish
ta’sirida bo’lmaydigan metall qismlari yerga ulanadi.
Elektr asboblarini yerga ulashdan maqsad shuki, tok o’tib turgan asbobning
biror qismiga kishining qo’li tegib qolsa ham yerga nisbatan elektr kuchlanish hosil
bo’lmaydi, shuning uchun tokli asbobga tegib ketish hech qanday xavf
tug’dirmaydi. Bunday holda elektr asbobining tok o’tib turadigan qismi yerga
tutashgan bo’ladi.
- elektr dvigatellari, transformatorlar, turli kattalikdagi ta’lim muassasalari
to’g’rilagichlari, kuchaytirgichlar va boshqa elektr asboblarning metall
g’iloflari;
- elektr asboblarining metall o’tkazgichlari;
- ta’lim muassasalari taqsimot shchitlari;
- kabellarning metall qoplamalari;
- zaryadsizlantirish va himoya asboblari;
- ta’lim muassasalari fizika kabinetidagi elektr asboblar va h. k.
Kuchlanishi 220-380 V bo’lgan elektr asboblarining nolinchi simi
tarmoqni elektr energiya bilan ta’minlovchi yo’nalish bo’ylab ko’p marta yerga
ulangan generator yoki transformatorning yerga ulangan simiga ulanadi. Bunda
elektr asboblarining yerga ulanishi kerak bo’lgan qismlari nolinchi simga ulangan
bo’ladi. Liniya simlarining birortasi uzilib, armaturaning yoki elektr dvigatelining
yerga ulangan metall qismiga tegib qolsa, generator yoki transformatordan
shikastlanish joyigacha bo’lgan zanjirda juda katta tok vujudga keladi. Bu tok
qisqa tutashish tokidan iborat.
Qisqa tutashish toki shu zanjirdagi saqlagichni tezda kuydiradi, natijada
iste’molchida tok bo’lmaydi. Elektr asboblarini yerga ulashda tabiiy yerga
ulashdan, masalan, bino va inshootning yerga yaxshi tegib turgan metall
konstuktsiyalari, yerga ko’milgan suv quvurlari va shu kabilardan foydalaniladi.
Yerga sun’iy ulashda quyidagilardan foydalanish mumkin:
1) yerga tikkasiga qo’yilgan kamida 2 ta po’lat quvur yoki o’zakdan Bunda
ularning diametri 30-40 mm, devorining qalinligi 3,5-4,0 mm va uzunligi 3-3,5 m
bo’lishi kerak;
2) qalinligi 4 mm va eni 12 mm dan kam bo’lmagan po’lat tasmalardan.
Quvurlar yerga bir-biridan 2,5-3 m masofada yonma-yon qo’yib qoqiladi.
Qoqilgan quvurlarning yuqorigi uchlari yer betidan 0,6-0,8 m chuqurlikda bo’lishi
shart. Po’lat tasmalar yerning muzlamaydigan yoki ko’rinmaydigan qatlamiga ko’miladi. Yerga ulaydigan simlar elektr asboblarining metall qismlariga boltlab
yoki payvandlab ulanadi.

Download 241.07 Kb.
1   2   3   4




Download 241.07 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektr o’lchov asboblarini yerga ulash

Download 241.07 Kb.