|
Fanni o`qitishning maqsadi va vazifalari
|
bet | 1/7 | Sana | 07.09.2024 | Hajmi | 0,69 Mb. | | #270552 |
Bog'liq 3-kurs
Kirish
Ushbu dastur yo`nalish bitiruvchilari uchun asosiy ish beruvchi tashkilot bo`lgan Namangan viloyat halq ta`limi boshqarmasining taklifi bilan 5350600 – Kutuxona-axborot faoliyati (faoliyat turlari bo’yicha) mutaxassisligi bo`yicha taxsil olayotgan bakalavrlarning kutubxona dasturiy va texnik ta’minoti fanidan olgan bilimlarini chuqurlashtirishga qaratilgan bo`lib, “Avtomatlashtirilgan integral axborot qidiriv tizimlari” deb ataladi. Unda asosiy e`tibor, zamonaviy dasturiy ta`minot ishlab chiqishning zamonaviy qidiruv metod va metodologiyalariga qaratiladi va ma’lumotlarni qidiruv amaliyotida keng qo`llaniladi ular yordamida optimal ma’lumotlarni qidirib topish haqida tushuncha beriladi va ulardan foydalanish o`rgatiladi.
Kompyuterlarning dasturiy va texnik ta`minotining doimiy ravishda yangilanib, takomillashib borishi hamda bu fanda qilinayotgan yangiliklarni hisobga olgan holda, har yili dasturga qo`shimcha va o`zgartirishlar kiritilishi ko`zda tutiladi.
Fanni o`qitishning maqsadi va vazifalari
Fanni o`qitishdan maqsad – talabalarda zamonaviy avtomatlashtirilgan integral axborot qidiriv tizimlarining zamonaviy metod va metodologiyalariga qaratiladi va masalalar uchun dastur ishlab chiqish amaliyotida keng qo`llaniladigan qidiruv dasturlari arxitekturasi va strategiyasi, zamonaviy va samarali algoritmlarni tahlil qilish, ular haqida zarur bilim, ko`nikma va malakasini shakllantirishdan iborat.
Fan bo`yicha talabalarning bilimiga, ko`nikma va malakasiga qo`yiladigan talablar
« Avtomatlashtirilgan integral axborot qidiriv tizimlari » o`quv fanini o`zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr :
Ta’limda axborot texnalogiyalari va kutubxona dasturiy va texnik ta’minot fanining tutgan o`rni va uning rivojlanish tarixiy etaplari, axborot va ular ustida amallar xaqida bilishi kerak;
axborotlar ustida amallar bajarish, kompyuterdan foydalanish, formulalarni mukammal normal shaklga keltirish, ko`nikmalariga ega bo`lishi kerak;
axborotlarni to’plash yo`llari va ular uchun ma’lumotlarni qurish, to`liqlikni aniqlash, nazariyaning ziddiyatsizligini ko`rsatish sohasida malakasiga ega bo`lishi kerak;
talabalar o`zlari egallangan bilimlardan huquqiy tajribada foydalana olish;
o`z kasbiy majburiyatlariga ijodiy yondashuv va mustaqil tafakkur ko`nikmalariga;
axborotlashtirish sharoitida dastur ishlab chiqish amaliyoti bo`yicha olingan xulosalarni mehnat samarasi uchun yo`naltira bilish;
zamonaviy dasturlash texnologiyalari, metod va metodologiyalari bo`yicha zarur ko`nikmalariga ega bo`lishi kerak.
|
| |