Fanning o`quv rejadagi boshqa fanlar bilan o`zaro bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma – ketligi
Avtomatlashtirilgan integral axborot qidiriv tizimlari fani « Ta’limda axborot texnalogiyalari » fanini to`ldirish va chuqur o`zlashtirishga ko`mak beruvchi fan hisoblanadi.
Dasturni amalga oshirish o`quv rejasida rejalashtirilgan umumkasbiy fanlar ( informatikaning nazariy asoslari, kutubxona dasturiy va texnik ta’minot) fanlaridan etarli bilim va ko`nikmalarga ega bo`lishlik talab etiladi.
Fanning ishlab chiqarishdagi o`rni
Avtomatlashtirilgan integral axborot qidiriv tizimlari fani fani talabalarda dasturlash tillari xamda tipik masalalalar uchun dastur ishlab chiqish bo`yicha ko`nikma va malakalarni shakllantirish uchun xizmat qiladi. Ammo, bu fanning namunaviy dasturi dasturlash metodlari ochib berishni nazarda tutmaydi. SHuning uchun Namangan viloyat halq ta`limi boshqarmasi va boshqa ish beruvchi tashkilotlarning talabiga tanlov fani sifatida “avtomatlashtirilgan integral axborot qidiriv tizimlari” fani kiritish maqsadga muvofiq deb hisoblandi. Bu muammoni hal qilish turli tuman mazmundagi qidiruv masalalar uchun dastur ishlab chiqishda amaliy ko`mak beradi.
Fan doirasida amaliy masalalar uchun dastur ishlab chiqishning samarali eng keng tarqalgan hamda zamonaiy metod va metodologiyalari qamrab olingan.
Fanni o`qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
Talabalar « Avtomatlashtirilgan integral axborot qidiriv tizimlari » fanini o`zlashtirishlari uchun o`qitishning ilg’or va zamonaviy usullardan foydalanish, yangi informatsion – pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o`zlashtirishda darslik, o`quv va uslubiy qo`llanmalar, ma`ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar hamda komp’yuter texnologiyalari (Google, Yaxdex) qidiruv tizimlaridan foydalaniladi. Ma`ruza va seminar darslarda mos ravishdagi munozara, blits-so`rov va kichik guruhlarda ishlash kabi ilg’or pedagogik texnologiyalaridan foydalaniladi.
|