Reja: Maydonni tanlash




Download 2,98 Mb.
Sana22.01.2024
Hajmi2,98 Mb.
#142744
Bog'liq
meyoriy prizidentatsiya


Qurilish montaj ishlari olib borish uchun yuqorida turuvchi
organlarda ruxsat olish tartibi va mazmuni.
Reja:
1.Maydonni tanlash.
2.Geodeziya ishlari.
3.APZ va injenerlik kommunikatsiyalar
1. Maydonni tanlash Qurilish uchun maydoncha (trassa) quyidagilarga muvofiq holda ushbu maqsadlar uchun bajarilgan ko‘p qamrovli muhandislik izlanuvlari ma’umotlari asosida tanlanadi: Shaharsozlik kodeksi, yer, suv, o‘rmon va boshka qonunchiliklarga; Hududiy rejalashtirish loyihalari, shahar, qo‘rgon, qishlok aholi joylari bosh rejalari va sanoat sohalarini joylashtirish va rivojlantirish chizmalariga, tegishli kommunikatsiyalar va temir yo‘l va avtomobil yo‘llari tarmoqlarini, neft, gaz o‘tkazish quvurlari, energiya tizimlari, va aloqa tarmoqlarini rivojlantirish chizmalariga; Nodir obyektlar qurilishi uchun maydoncha (trassa) tanlashni ham muhandislik izlanuvlari ma’lumotlari asosida qurilish hududining geologik-tarkibiy va tektonik xususiyatlarini inobatga olgan tarzda amalga oshirish zarur. Bino, korxona va inshoot qurilishi uchun maydoncha (trassa), yer paykalining zaruriy o‘lchamlari, yon-atrofdagi tabiiy muhitni muhofazalash va o‘nib-o‘sishini ta’minlashga, yong‘indan va portlashdan saqlanishga qaratilgan mo‘ljaldagi tadbirlar tegishli me’yoriy hujjatlar talablariga javob berishi lozim.
Qurilish uchun maydoncha (trassa) tanlash, barcha zarur ma’lumotlarni tayyorlash, bu yo‘sindagi qaror uchun zarur bo‘lgan barcha ma’qullatishlarning to‘laligi, bunda ko‘zlangan qarorlar uchun javobgarlik loyiha buyurtmachisining zimmasidadir. Buyurtmachi, loyihachi tashkilot - bosh loyihachi, zarur hollarda esa, ixtisoslashgan loyiha va izlanuv tashkilotlari ishtirokida quyidagilarni amalga oshiradi: Manfaatdor tashkilotlardan loyixalashtirilayotgan obyektning ta’minot manbalari, muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalariga ulashning avvalgi shartlarini, ekologik shartlar va talablarni olishni; muhandislik tekshiruvlarini, zarurat hollarda esa, muhandislik izlanuvlarini o‘tkazishni; Texnik-iqtisodiy asoslangan (TIA) ma’lumotlariga asoslangan xolda maydonlar (trassalar) tanlanganda hisobga olinmagan qo‘shimcha materallar va asoslangan hisoblar ishlab chiqishni; obyekt joylashuvi variantlarini texnik-iqtisodiy solishtirish va eng munosibini tanlashni. Ekologik shartlar va talablarni olish uchun dastlabki ma’lumotlar «Atrof muhitga o‘tkaziladigan ta’sir to‘g‘risidagi bayonot» loyihasida rasmiylashtiriladi. Buyurtmachi bilan manfaatdor tashkilotlar, davlat nazorati idoralari o‘rtalarida kelishmovchiliklar yuz berganda, yoki ular amaldagi qonunchilikhollariga zid ravishdagi qo‘shimcha talablar qo‘yganlarida, munozara boyichaqaror belgilangan tartibda qabul qilinadi.
Loyiha buyurtmachisi bosh loyihachi ishtirokida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha olingan xulosalar asosida mo‘ljaldagi yechimlarni muvofiq idora va tashkilotlarga ma’qullatadi:
-obyektda yong‘indan saqlanish xizmatini tashkil qilish bo‘yicha choratadbirlar;
-qurilish uchun maydonchaning (trassaning) joylashuvi va o‘lchamlari;
mahalliy mehnat va moddiy zahiralardan, shu jumladan asosiy mahalliy qurilish materiallari bilan konstruksiyalardan foydalanish imkoniyatlarini;
-ishlab chiqarish va xo‘jalik kooperatsiyasi bo‘yicha;
-yangi maydoncha orti muhandislik tarmoqlari kommunikatsiyalari shohobchalarini yotkizish bo‘yicha;
-obyektlarni mavjud muhandislik tarmoqlari, elektr ta’minoti, aloqa, gaz ta’minoti, issiqlik ta’minoti, suv ta’minoti manbalariga va oqova suv tashlanadigan joylarga ulanish joylari bo‘yicha;
-atrof muxit muhofazasiga doir tadbirlar bo‘yicha;
-zarur hollarda quyidagilar bo‘yicha ham kelishib olinadi;
-tarixiy va madaniy yodgorliklarning saqlanishini ta’minlovchi tadbirlar bo‘yicha:
-loyihalashtirilayotgan obyekt temir yo‘llarini umumiy temir yul tarmoqlariga ulanadigan joylari va shartlari, loyihalashtirilayotgan obyektga daryo inshootlarida xizmat ko‘rsatish shartlari bo‘yicha;
-qurilish maydonchasini sohilga tutashuvi bo‘yicha;
-gidrotexnik inshootlar qurilishi mo‘ljallangan hududda suv sathi ko‘tarilishi va bosishi natijasida yuzaga keladigan sharoitlar bo‘yicha;
-qurilish maydonchasi maxsus inshootlar hududida joylashgan taqdirda, havo obyektlarini uchishi xavfsizligini ta’minlovchi shartlar bo‘yicha;
-qurilish maydonchasi maxsus inshootlar, aloka yo‘nalishi, elektr uzatish tarmoqlari (EUT) va hokazolar hududlarida joylashtirilganida bino va inshootlarning chekli balandligi bo‘yicha;
-foydali qazilmalar olinadigan maydonlarda qurilishni amalga noshirish shartlari va boshqa alohida shartlar bo‘yicha.
2. Geodeziya ishlari Mazkur me’yorlar va qoidalar yangi qurilishni loyihalashtirishda, shuningdek, amaldagi korxonalarni, bino va inshootlarni kengaytirish, rekonstruksiya qilish va texnik qayta jihozlashdagi muhandislik izlanishlariga tarqatiladi hamda loyihalashtirish bosqichlariga muvofiq muhandislik izlanishlarini ishlash va tashkil etishga bo‘lgan asosiy talablarni belgilab beradi. Umumiy qoidalar. 1.1 Qurilish uchun muhandislik izlanishlarini O‘zbekiston Respublikasi qonunida belgilab berilgan tartibda hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasida tasdiqlangan yoki kelishilgan davlat standartlari va me’yoriy hujjatlarga binoan bajarish kerak bo‘ladi. 1.2 Muhandislik izlanishlari tuman, uchastkaning, loyihalashtirilayotgan qurilish trassalarining tabiiy sharoitlarini mahalliy qurilish materiallari va suv taminoti manbalarini hamda obyektlarini loyihalashtirish va qurishda iqtisodiy maqsadga muvofiq, hamda texnikaviy asoslangan qarorlarni tabiiy muhitidan foydalanish va muhofaza qilishni nazarda tutgan holda ishlab chiqish, shuningdek, tabiiy muhitning korxonalar, bino va inshootlarning qurilishi va foydalanish ta’siri ostida o‘zgarishi ehtimoli haqida yetarli ma’lumot olish uchun har tomonlama chuqur o‘rganishi zarur.
Qurilish hududlarida va obyektlarni kengaytirish, rekonstruksiya qilish va texnikaviy qayta jihozlash obyektlarida qurilish davrida hamda korxonalar, bino va inshootlarni foydalanishga topshirish davridagi tabiiy sharoitlarning o‘zgarishi belgilangan bo‘lishi kerak (hududlarni va izlanishlar vaqtigacha ko‘zga tashlangan tabiiy sharoitlarni qiyoslash asosida). 1.3 Muhandislik izlanishlarini loyihalashtirish, tabiiy sharoitlar va izlanish qilish uchun loyihalashtirilayotgan obyektlar tabiati uchun belgilangan tartibiga muvofiq bajarish zarur. Loyiha oldi hujjatlari uchun texnik-iqtisodiy asoslangan (TIA) va yangi qurilish, amaldagi mavjud korxonalarni, bino va inshootlarni kengaytirish, rekonstruksiya qilish, texnik-iqtisodiy qabul qilish, shaharlar, aholi yashash punktlari va qishlok joylarining bosh rejalari: shaharlarning sanoat zonalarini (tumanlar) rejalashtirish loyihalari, ipidan-ignasigacha rejalash loyihalari, sanoat tarmoqlarining bosh rejalari), korxonalar, bino va inshootlarning loyihalari (xomaki loyihalari). 1.4 Barcha loyiha qarorlarini ishlab chiqish uchun ularning maydaligidan detalligidan qatiy nazar, ularning muhandislik izlanishlarida O‘zgeokadastr, O‘zbekiston Respublikasi davlat geologiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublika Boshgidrometi materiallari, shuningdek, o‘tgan yillarda ularning qaysi idoraga bo‘ysinishidan qatiy nazar, izlanish va loyiha-tekshiruv tashkilotlari tomonidan amalga oshirilgan muhandislik izlanishlarida albatta foydalangan holda bajarilishi zarur.
1.5 Қурилиш учун муҳандислик изланишларини белгиланган тартибда шундай хуқуқ берилган изланиш қилиш, лойиҳа-изланиш ташкилотлари томонидан амалга оширилиши керак. 1.6 Муҳандислик изланишларига қуйидагилар кирмайди: қурилишда геодезик ишлар (қурилиш учун геодезик бўлиш негизини яратиш, геодезик жиҳатдан бажариладиган суратга олишлар ва бошқалар); бино ва иншоотларнинг заминлари деформацияларини кузатиш; бинолар фасадлари ва интерьерларини ер усти фотограммегрик суратга олиш; қурилиш жараёнида геологик ишлар ва изланишлар (муҳандислик-геологик ҳужжатлар, грунт иншоотларини кўтариш ва заминни тайёрлаш ва бошқаларнинг сифатини геотехникавий назорат қилиш; қурилиш жараёнида қозиқларни синаш; махсус гидрогеологик изланишлар (нам ўтказиш жараёнларини ўрганиш, дренаж синаш майдонларини синаш ва бошқалар); сувдан фойдаланиш қудуқларини пармалаш, қурилиш майдонларини (трассаларни) танлашда ва ер майдонларини ажратишда келишиш ва бошқалар. Бу ишларни изланиш ташкилотлари, лойиҳа-изланиш ҳамда лойиҳа ташкилотлари, уларнинг бўлимлари томонидан буюртмачи билан алоҳида шартнома асосида (битим) бажарилади.
1.7 Muhandislik izlanishlarning tarkibi va hajmi tabiiy sharoitlarga, loyihalashtirish bosqichi hamda loyihalashtirilayotgan obyekt hossalariga, muhandislik izlanishlari bo‘yicha respublika me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiq belgilanishi zarur. Qurilishning ayrim turlari (gidrotexnikaviy, energetik, meliorativ va boshkalar) uchun izlanishlar tarkibi va hajmi muassasaviy qurilish me’yorlariga muvofiq aniqlanadi. 1.7 O‘lchov birligi va aniqligini metrologik ta’minlash davlat standartlari talablariga muvofiq amalga oshirilishi zarur. 1.8 Muhandislik izlanishlarida mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha tegishli me’yoriy hujjatlar va standartlari me’yorlari, qoidalari va talablariga albatta rioya qilish zarur. 1.9 Muhandislik izlanishlarini amalga oshirish tashkilotlari va ularga mas’ul shaxslar zimmasiga muhandislik izlanishlari materiallarining to‘laligi va ishonchliligi uchun qonun tomonidan o‘rnatilgan javobgarlik yuklanadi. 1.10 Obyektda muhandislik izlanishlarini bajarish uchun texnikaviy topshiriq, izlanishlar dasturi, smeta-shartnoma hujjatlari, izlanish ishlarini o‘tkazishga ruxsatnoma tuzilgan va suratiylashtirilgan bo‘lishi, zaruriyat tug‘ilganda esa, ishlarni qayd qilish ham zarur. 1.11 Texnikaviy topshiriq zaruriy hollarda izlanish tashkilotlarini jalb etgan holda obyektda izlanish ishlarining butun majmuasini ishlab chiqish buyurtmachi tomonidan tuzilishi zarur. Izlanish tashkilotlarining texnikaviy topshirig‘ini, qoida bo‘yicha, loyiha tashkiloti - manfaatdor subpudratchi tashkilotlar bilan kelishilgan bosh loyihalovchi berishi kerak.
Loyhalashtirishga topshiriqning tarkibi m) viloyat va shahar hokimiyati idoralarining yangi korxona qurishga, faoliyat ko‘rsatib turgan korxonani kengaytirishga (davlat va viloyat ahamiyatiga molik obyektlar uchun) roziliklar to‘g‘risidagi hujjat; n) ilgari o‘tkazilgan muhandislik izlanuv ishlari bo‘yicha ma’lumotlar; o) alohida tayyorlanadigan uskuna bo‘yicha dastlabki ma’lumotlar, shu jumladan yirik texnologik uskunaning texnik loyiha materiallari hamda xorijiy uskunalar bo‘yicha ma’lumotlar; p) buziladigan bino va inshootni buzish yoki o‘rnini qoplash xususiyati haqida mahalliy hokimiyat idoralarining baholash aktlari va qarorlari, inventarizatsiya materiallari; r) suv havzalari, atmosfera havosi va tuproq holatlari to‘g‘risidagi davlat nazorati idoralaridan olingan ma’umotlar; s) qurilish hududida mavjud bino inshoot, yer osti va yer usti tarmoqlari va kommunikatsiyalarining o‘lchamli chizmalari; t) korxona maxsulotlari chizmalari va texnik tavsifi; u) texnologik jarayonlar va uskunalar barpo qilish bilan bog‘lik bajarilgan ilmiy-izlanuv sinov-tajriba ishlari to‘g‘risidagi hisobot; f) maxsulot tayyorlovchi korxonadan qurilish maydonchasigacha og‘ir vaznli va gabaritsiz uskunalarni tashib yetkazish sxemalarini ishlab chikish bo‘yicha topshiriq. x) qurilishni tashkillashtirish loyihasini tuzish uchun dastlabki ma’lumotlar;
s) tasdiqlangan «Atrof muxitga o‘tkaziladigan ta’sir to‘g‘risidagi bayyonot” loyihasi, ya’ni (MUTB loyihasi) Faoliyat ko‘rsatib turgan korxona, bino, inshootni kengaytirish,yangilash va texnik qayta jihozlash zarur bo‘lganda buyurtmachi loyiha tashkilotiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: a) amaldagi ishlab chiqarishlarni, bino va inshoot konstrutsiyalarini tekshirish natijalari bo‘yicha xulosalar va ma’lumotlar; b) amaldagi sexlar, qismlarning texnologik tarxlari, uskunalar turnomalari va holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar; v) muvaqqat bino va inshootlar, ko‘taruvchi-tashuvchi mashina va mexanizmlarni joylashtirish, qurilish materiallarini taxtlab qo‘yish va xokazolar bo‘yicha shart-sharoitlar. Fuqarolik-turar joy obyektlari qurilishi loyihasining tarkibi va mazmuni, Umumiy tushuntirish matni Umumiy tushuntirish matni tarkibiga kuyidagilar kiradi: - loyihani ishlab chiqishga asos; - loyiqalashtirish uchun dastlabki ma’lumotlar; - tanlangan qurilish maydonchasi asosnomasi haqida ma’lumotlar; - obyektning kiskacha tavsifi; - obyektning loyihaviy quvvati haqida ma’lumotlar (sig‘imi, o‘tkazuvchanlik imkoniyati); - ishlovchilarning malakali tarkibining sonli va ixtisosli jihatdan hisobi natijalari, ish joylari soni haqida ma’lumotlar (turar joy binolaridan tashkari); - yonilg‘i, suv, elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoj haqida ma’lumotlar; - qurilishning va shaharsozlik majmualarining navbatliligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar; - texnik foydalanishga doir (turar joy va jamoat binolari uchun, hamda II turdagi cho‘kuvchan tuproqli va qo‘shimcha ishlov beriladigan yerlada bunyod qilinadigan jamoat binolari uchun) chora-tadbirlar; - foydalanilgan ixtirolar haqida ma’lumotlar.
Arxitektura-qurilish yechimlari Qurilish yechimlari tarkibiga quyidagilar kiradi: - bosh reja va obodonlashtirish bo‘yicha yechimlar va asosiy ko‘rsatkichlar; - loyihalashtirilayotgan obyekt bo‘yicha arxitektura-qurilish yechimlarini asoslanishi, qisqacha tafsiloti va ularni shaxarsozlik talablarini hisobga olgan holda o‘z vazifalariga muvofiqligi; - bino va inshootlarni bezash bo‘yicha yechimlar; - xonalarniig zamonaviy talablarga javob beradigan darajadagi ishlash, yashash va dam olish uchun qulayliklarining ta’minlanishiga doir ma’lumotlar; -hajmiy-rejalik va konstruktiv yechimlarning buyurtmachi qo‘ygan talablar va texnik shart-sharoitlarga muvofiqligi; -obyektni portlash va yongindan saqlash chora tadbirlari; - qurilish konstruksiyalarini yemirilishdan saqlash; -ishlovchilar salomatligini himoyalash va nogiron hamda aholining xarakati cheklangan guruhlari xayot faoliyatlarini ta’minlashga oid tadbirlar.
Download 2,98 Mb.




Download 2,98 Mb.