Faoliyat xavfsizligini ta’minlashda psixologik omillarning ahamiyati.
Reja:
1.Hayot faoliyati xavfsizligi asoslarining asosiy tushuncha va ta’riflari
2.Tavakkal nazariyasining asosiy qoidalari
3.Xavfsizlikning tizimli tahlili
4.Xulosa
5.Foydalanilgan adabiyotlar
Mehnat xavfsizligi psixologiyasi – psixologik ilmlarning bir sohasidir. U ijtimoiy-tarixiy va aniq ishlab chiqarish sharoitiga, mehnat qurollariga, mehnatga o’qitish usullariga va ishlovchilarning shaxsiy psixologik sifatlariga bog’liq holda har xil turdagi mehnat faoliyatining psixologik afzalliklarini o’rganadi. Shuning uchun mehnat psixologiyasini o’rganishning ob’ekti na faqat mehnat faoliyati va mehnat xavfsizligi bo’lmasdan, balki mehnatkashlarning shaxsiy afzalliklari, qisman - uning kasbiy qobiliyatlari mehnat faoliyatida amalga oshiriladigan aniq ishlab chiqarish muhiti, mehnatdagi shaxslararo munosabatlar, predmetlar, qurollar, mehnat oziqalari va ishlab chiqarishga o’qitishning usullari hisoblanadi.
Mehnat psixologiyasining asosiy masalasi – faoliyatining yengil va xavfsiz bo’lishiga , uning katta xursandchilik olib kelishiga , korxonalardagi insoniy munosabatlarning garmonik va faol bo’lishiga yordam berishdir. Mehnat xavfsizligi psixologiyasi inson faoliyati xavfsizligini ta’minlash bo’yicha tadbirlar tizimida muhim zvenoni tashkil qiladi. Zamonaviy ishlab chiqarishlarda buzilish va jarohatlanish muammolarini faqat injenerlik usullari bilan yechish mumkin emas. Тajriba shuni ko’rsatadiki, tez-tez buzilish va jarohatlanishlar asosida injenerlik – konstruktorlik nuqsonlari yotmaydi, balki tashkiliy–psixologik sabablar: xavfsizlik masalalari bo’yicha kasbiy tayyorgarlikning past darajasi, yetarli tarbiyalanmaganlik, xavfsizlikni kuzatishga mutaxassisni yetarli darajada qo’ymaslik, jarohatlanishga xavfi baland shaxslarni xavfli ishlar turiga qo’yish , odamlarning ishga faollik faoliyatini pasaytiruvchi charchagan va turli psixologik holatlarida kelishi.
Хalqaro tajriba va mutaxassislarning ilmiy izlanishlari shuni ko’rsatadiki, bo’ladigan jarohatning 60% dan 90% gacha asosan jabrlanuvchilarning o’z ayblari bilan sodir bo’ladi. Bu borada Sokratning quyidagi gapini eslaymiz: « Men tirik bo’lmagan tabiat bilan shug’ullanishni tugataman deb qaror qildim va nima uchun shunday bo’ladi, odam nima yaxshiligini biladi, biroq yomon ishni qilishini» tushunishga harakat qilaman
Хavfsizlik psixologiyasi deganda inson faoliyati xavfsizligini ta’minlash uchun psixologik bilimlarni qo’llash tushuniladi.
Хavfsizlik psixologiyasi-psixologik jarayonlar va xususiyatlarni o’rganadi va mehnat faoliyati jarayonida kuzatiladigan psixologik holatlarning har xil shakllarini to’liq tahlil qiladi.
Psixologik faoliyat strukturasida inson 3 ta asosiy guruhni tashkil qiluvchi ( komponent)larni ajratadi: psixologik jarayonlar, xususiyatlar va holatlar.
Psixologik jarayonlar psixologik faoliyatning asosini tashkil qiladi. Bularsiz bilimning vujudga kelishi va hayot tajribasini orttirish mumkin emas. Psixologik jarayonlarning bilishli, emotsional va irodali turlari mavjud (sezish, zehnlash, eslash va hakazo).
Psixologik xususiyatlar (shaxs sifati). Shaxs xususiyati – bu uning muhim afzalliklari (xarakter, temperament, yo’nalishi). Shaxsning sifatlari ichida intellektuallik, emotsionallik, iroda, ahlok va mehnat ajralib turadi. Yana bularga barqarorlik va doimiylik xususiyatlari kiradi.
Psixologik holatlar turli–tumanlik va vaqtinchalik xarakteri bilan ajraladi, u aniq davrda psixologik faoliyatning afzalliklarini aniqlaydi va butun psixologik jarayonlar davomida ijobiy yoki salbiy bayon qilinishi mumkin. Mehnat psixologiyasi vazifalari xavfsizlik psixologiyasi muammolaridan kelib chiqqan holda, ishlab chiqarish jarohatining oldini olishni tashkil qilishda alohida ahamiyatga ega bo’lgan, ishlab chiqarishning psixologik holatlari va boshqa maxsus holatlarini aniqlashdan iborat.
Inson faoliyati (ish qobiliyati)ning samaradorligi psixik kuchlanishning darajasiga asoslanadi.
Psixik kuchlanish ma’lum chegaragacha mehnat natijalariga ijobiy ta’sir qiladi. Faollashishning kritik darajagacha ko’tarilishi mehnat natijalarining pasayishiga, ba’zan ishchanlikning to’liq yo’qolishiga olib keladi. Psixik kuchlanishning me’yoridan oshgan shakli chegaradan chiqish deyiladi
Insonning normal yuklanishi maksimal yuksalishga nisbatan 40-60 % dan oshmasligi kerak, ya’ni yuklanish chegaradan oshganda ish qobiliyatining pasayishi kuzatiladi.
Psixik kuchlanishning chegaradan chiqqan shakllari psixik faoliyatning har xil tarkibiy qismlarga ajralishiga, (dezintegratsiyalanishiga) birinchi navbatda insonga xos yakka psixik ish qobiliyati darajasining pasayishiga olib keladi. Psixik kuchlanishning juda aniq ifodalangan shakllarida harakat koordinatsiyasi va chaqqonligi yo’qoladi, balki harakatning samarasiz shakllari va boshqa salbiy holatlar paydo bo’ladi.
Ishchilarning hatti–harakatini to’g’ri tashkil qilishda, ishlab chiqarishda yaxshi psixologik sharoitlarni yaratishda mehnat psixofiziologiyasi ish xavfsizligi tajribasi, hamda alohida mehnat xavfsizligi psixologiyasi katta ahamiyatga egadir. Bu muammolar haligacha bizning milliy adabiyotlarimizda yoritilmagan. Shuning uchun bu masalalarga to’liq to’xtalib o’tamiz.
Ishlovchilarning baxtsiz hodisalar xavfi ostida qolishini kuchaytiruvchi omillar ikkita katta guruhga bo’linishi mumkin: ishchilarning xavf ostida qolishini barqaror kuchaytiruvchi omillar va ishlovchilarning xavf ostida qolishini vaqtincha kuchaytiruvchi omillar.
Birinchi guruh omillarga quyidagilar kiradi:
Insonning asab sistemasida yoki boshqa a’zolaridagi doimiy funksional o’zgarishlar, kasallik sifatidagi yoki shunga yaqin bo’lgan holat. Bularning ichida bir qator qattiq patologik o’zgarishlar ajralib turadi, vaxolangki bular ish qobiliyatining to’la yo’qolishiga olib kelmasada, hulq – atvorga ta’sir qiladi va xavf ostida qolishni kuchaytiradi.
Ishchining baxtsiz hodisa xavfi ostida qolishi.
Nerv sistemasi oliy bo’limlarining harakatlanuvchi markazlari bilan sensori o’rtasidagi aloqalarning buzilishi. Bunday o’zgarishlar oqibatida inson sezish organlari bilan qabul qiladigan tashqi ta’sirni aniq va tez faxmlashga loyiq emas, ya’ni ko’pchilik baxtsiz hodisalar sodir bo’lishida funksional buzilishlar bosh rol o’ynaydi
Harakat koordinatalarining kelishishida sodir bo’ladigan nuqsonlar. U yoki bu harakatni bajaruvchi muskullar odam bosh miya po’stlog’ining har xil harakatlanuvchi markazlaridan boshqariladi. Ko’pchilik odamlarda bu markazlarning faoliyati yetarsiz darajada kelishilmasdan kechadi, natijada murakkab kombinatsiyalashgan harakatlardan tashkil topgan usullar va operatsiyalarni bajarishda insonda ayrim uzilishlarni kuzatish mumkin, ya’ni vaqt-vaqti bilan ishchi o’zini yo’qotadi va u ayrim harakatlarni esdan chiqaradi. Bunday holatlarda harakatning kelishilmaganligi kishining diqqat e’tiboridagi va emotsional uyalish holatidagi nuqsonlari bilan qo’shilib ketadi. Koordinatsiyaga ega bo’lmagan harakatdagi odamlarni baxtsiz hodisa xavfi bo’lgan ishlarda iloji boricha ishlatish maqsadga muvofiq emas, ayrim hollarda ularni boshqa ishga o’tkazish lozim
Arzimas tashqi qo’zg’atuvchiga nisbatan o’tkir emotsional reaksiya. Yengiltaklik, oqibatlarni o’ylamaslik, bajarishdagi shoshma- shosharlik, o’ylash jarayonlarining yuzaki xarakteri, fikrlash doirasining yo’qligi ishda xatoning bo’lishiga olib keladi. Bunday ishchilarning xavfsizligi uchun maxsus kuzatuv lozim. Qayerda himoyalanish tez va aniq xarakatlanishlar hisobiga amalga oshiriladigan bo’lsa, bunday joylarga yuqorida qayd qilingan nuqsonlari bor kishilarni jo’natish mumkin bo’lmaydi.
Ichkilikka, chekuvchilikka moyillik (qiziqish). Ishdan qoniqmaslik, unga nisbatan qiziqishning yo’qligi. Odam ish bilan qiziqmasa, qoniqish hosil qilmasa, harakat va usullarni aniq bajarishga psixologik to’g’ri moslashishga va o’z e’tiborini jipslashtirishga noloyiq bo’lganda uning hulqi ishonchsiz xarakterlanadi, e’tibori esa parishon bo’ladi.Shuning uchun mehnat xavfsizligi nuqtayi nazaridan, bir tomondan, inson o’zining qiziqishi va moyilligini qanoatlantiradigan ish turini qabul qilishi kerak. Ikkinchi guruhga kiruvchi psixologik omillarga: ish jarayonining ma’lum davrida paydo bo’ladigan va bir necha soat yoki minutlarda hisoblangan qisqa vaqt ichida odam hulq- atvoriga ta’sir qiladigan omillar kiradi. Bularga tajribasizlik, ehtiyotkorsizlik va charchash kabi omillar kiradi.
Тajribasizlik – ish joyida ishchining butun hulkiga ta’sir qiladi va ish jadalligi, su’rati va bir maqomligi bilan ifodalanadi. Тajribasiz ishchi texnikaning har xil kamchiliklaridan paydo bo’lgan ishdagi uzulishlarga, atrof muhitning yomon ta’siriga moslashishga tez yo’l topaolmaydi, ko’p charchaydi va buning bilan o’z ishining xavfsizligini kamaytiradi.
1990 yil 27 aprelda sobiq ittiibq Davlat ta'limi komiteti kollegiyasi tarkibidagi "Hayot faoliyati xavfsizligi" ilmiy-metodik Kengashiga qo'shilgan ilmiy va pedagogik jamoatchiligi tashabbusi bilan "Mehnat muhofazasi va fuqaro muhofazasi masalalarini qayta ko'rishning birinchi darajali choralari" masalasi ko’iladi, Shundan key in 1990-yil iyulda Kollegiya qarori materiallari natijasida oliy maktab o quv rejasida o'qilib kelayotgan «Mehnat muhofazasi» va "Fuqaro muhofazasi" fanlarni o'rniga "Hayot faolivati xavfsizligi" (HFX) deb nom olgan yangi fanni kiritish haqida bu\ruq beriladi. Shuni aytib o'tish kerakki, bu yangi fan oldingi o'qitilib kelingan fanlarni inker qilmaydi va voz kechmaydi, aksincha ularni rivejlantiradi va ularning oxirgi yutuqlariga suyanadi, bir vaqtning o’zida HFX fani yangi predmetdir. u ma’lum qoidalarning mexanik ravishda o'qitilishi emasdir.
Yangi fanning markaziy e'tiborida inson jamiyat rivojlanishining maqsadi turadi.
Mehnat muhofazasi insonning ishlab chiqarishdagi sharoitlari bilan qiziqadi, fuqaro muhofazasi esa uning favqulodda holatlari bilan qiziqadi va o'rganadi.
HFX esa kishilik jamiyatining hamma holatlardagi sharoitlari bilan qiziqadi va o'rganadi. Boshqacha qilib aytganda, HFX mehnat muhofazasi va fuqaro muhofazasiga qaraganda keng va universaldir, ya'ni ular aniq vaziyatlarda xavfsizlikni ta'minlashning qisman holatlarini o’rganadi. HFX fan va texnika rivojlanishining mantiqiy asosida vujudga keldi. Bizning eramizdan oidin yashagan matematik olim Pifagor "Inson hamma narsalarnine mezonidir" derail shiorni oldinsa tashlagan edi. bu degani. inson nafaqat ishehi kuchi sifatida, balki mehnat faolivati jarayonida muhofaza qilinishi zarur bo'lgan qiymatga egadir. Insoniy aktivlik turlarining hamma majmuasi faoliyat tushunchasini xosil qiladi. Aynan faoliyat insonlarni boshqa tirik mavjudotlardan ajratadi, ya'ni faoliyat spetsifik bo'lgan aktivlikning insoniy shaklidir. Faoliyat bilan barcha shug'ullanadi - bolalar, kattalar, qariyalar. Shuning uchun, xavfsizlik hamma tirik insonlarga turli munosabatda bo'ladi.
Bilim sohasida mehnat muhofazasini nisbatan mustaqil deb tan olgan holda, faoliyatning har xil turlari va inson yashaydigan sohalarning yaqin aloqada bolishiga e'tibor berish kerak.
Faoliyat va mehnatning shakllari xilma - xildir. Ular turmushda, jamiyatda, madaniyatda, ishlab chiqarishda, ilmda va boshqa hayot sohalarida kechadigan amaliy, aqliy va ma'naviy jarayonlarni o'z ichiga oladi.
Faoliyat jarayonining modelini umumiy holda ikkita elementdan tashkil topgan deb qarash mumkin, ya'ni bir-biri bilan to'g'ri va qayta aloqada bo'ladigan inson va muhit elementlaridir. Qaytma aloqalar moddiy dunyo reaktivligining umumiy qonunlariga asoslangan bo’lib, «insonmuhit» tizimi ikki maqsadlidir. Bitta maqsad ma’lum samaradorlikka erishishdan tashkil topsa, ikkinchisi-ko'ngilsiz oqibatlarni bartaraf qilishdan iboratdir.
Faoliyat xavfsizligi qadim zamonlardan to hozirgi kunimizga qadar insoniyat ilmiy va amaliy qiziqishlarining eng muhim bir tomonidir. Odamzot har doim o'zining xavfsizligini ta'minlashga intiladi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan bu masalalar maxsus bilimlarni talab qiladi. Bizning davrimizda xavfsizlik muammolari yanada keskinlashdi. Mamlakat va jamiyat baxtsiz hodisalar, yong’inlar, avariyalar va talofatlardan ulkan zarar ko'rib kelmoqda.
Shuning uchun xavflardan himoyalanish masalalarida odamlarni tarbiyalash muhim ahamiyat kashf etadi. Bizning jamiyatimizni barqarorlashtirishda HFX muhim ijtimoiy rol o'ynaydi va halq xo'jaligining faoliyati xavfsizligi darajasini oshirishga ulkan hissa qo'shadi.
Xavf-hayot faoliyati xavfsizligining markaziy tushunchasi bo’lib, u hodisa, jarayon va obyektlarning inson sog'lig'iga to'g'ridanto'g'ri yoki bilvosita, ma'lum sharoitda qay darajada zarar yetkazish qobiliyati tushuniladi, ya'ni ko'ngilsiz oqibatlarni olib keladi.
Tahlilning maqsadiga ko'ra xavfni xarakterlovchi belgilarning soni ko'payishi yoki kamayishi mumkin. HFX dagi xavfga berilgan yuqoridagi ta'rif mavjud bo'lgan standart tushunchalarni (xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari) o'ziga tortuvchi, hamda faoliyatning hamma turlarini hisobga oluvchi juda salmoqli tushunchadir. bermaydigan tavsiflarini o'zida saqlaydi. uchun muhim bo’lgan xavflar nomenklaturasi va ularning paydo bo'lish ehtimolligi, joyini yakkalash, ko'zda tutilgan zarar va shunga o'xshash o’chamlar aniqlanadi.
Boshqacha qilib aytganda, sabablar vaziyatlar to'plamini xarakterlaydi, unga ko'ra xavflar paydo bo'ladi, u yoki bu kutilmagan oqibatlarni va zararlarni keltirib chiqaradi.
Zarar yoki kutilmagan oqibatlarning shakllari har xildir: har xil og’irlikdagi jarohatlar, zamonaviy usullar bilan aniqlanadigan kasalliklar, atrof -muhitga keltiradigan zarar va boshqalar.
Xavf, sabablar va oqibatlar - bular shunday voqealarning, ya'ni baxtsiz hodisa, favqulodda holat va yong'inlarning asosiy ko’rsatkichlaridir.
Uchlik-"xavflar-sabablar-ko'ngilsiz oqibatlar" bu rivojlanishning logik jarayoni bo’lib, potensial xavfni mavjud bo'lgan zararga olib keladi. Qoida bo'yicha bu jarayon bir necha sabablarni o'z ichiga oladi, ya'ni u ko'p sabablidir.
Ko'ngilsiz oqibatlarga quyidagilarni aytish mumkin: inson hayotiga va sog'lig'iga zarar yetkazish, yonginlar, buzilishlar (avariyalar), talofatlar (katastrofalar) va boshqalar.
Faoliyat xavfsizligini taminlashda psixologik omillarning ahamiyati. Tuzuvchi kamalov otabek
Faoliyat xavfsizligini taminlashda psixologik omillarning ahamiyati. Tuzuvchi kamalov otabek
Mehnat psixologiyasining asosiy masalasi - mehnat faoliyatining yengil, xavfsiz bo'lishiga, uning katta xursandchilik olib kelishiga, korxonalardagi insoniy munosabatlar garmonik va aktiv bolishiga yordam berishdir.
Zamonaviy ishlab chiqarishlarda buzilish va jarohatlanish muammolarini faqat injenerlik usullari bilan yechish mumkin emas.
Zamonaviy ishlab chiqarishlarda buzilish va jarohatlanish muammolarini faqat injenerlik usullari bilan yechish mumkin emas.
Tajribalar shuni ko'rsatadiki, tez-tez buzilish va jarohatlanishlar asosida injenerlik konstruktorlik nuqsonlar bo`lmaydi, balki tashkiliy psixologik sabablar: xavfsizlik masalalari bo'yicha kasbiy tayyorgarlikning past darajasi, yetarli tarbiyalanmaganlik, xavfsizlikni kuzatishga mutaxassislarni yetarli darajada qo'ymaslik, jarohatlanishga xavfi baland shaxslarni xavfli ishlar turiga qo'yish, odamlarning ishga charchagan va psixologi holatlarida kelishi.
Halqaro tajriba va mutaxassislarning ilmiy izlanishlari shuni ko'rsatadiki, bo’ladigan jarohatning 60% dan 90% gachasi asosan jabrlanuvchilarning o’z ayblari bilan sodir bo'ladi.
Xavfsizlik psixologiyasi deganda inson faoliyati xavfsizligini ta'minlash uchun psixologik bilimlarni qo’llash tushuniladi.
Psixologik faoliyat strukturasida inson 3 ta asosiy guruh komponentlarni ajratadi:
Psixologik jarayonlar psixologik faoliyatning asosini tashkil qiladi. Bularsiz bilimning vujudga kelishi va hayot tajribasini orttirish mumkin emas. Psixologik jarayonlarning bilimli, emotsional va irodali turlari mavjud (sezish, zehnlash, eslash va hokazo).
Psixologik xususiyatlar (shaxs sifati). Shaxs xususiyati - bu uning muhim afzalliklari (xarakter, temperament yo'nalishi). Yana barqarorlik va doimiylik xususiyatlari.
Psixologik holatlar turli-tumanlik va vaqtinchalik xarakteri bilan ajraladi, u aniq davrda psixologik faoliyatning afzalliklarini aniqlaydi va butun psixologik jarayonlar davomida ijobiy yoki salbiy bayon qilinishi mumkin.
Inson faoliyati (ish qobiliyati)ning samaradorligi psixik kuchlanishning darajasiga asoslanadi.
Psixik kuchlanish ma'lum chegaragacha mehnat natijalariga ijobiy ta'sir qiladi. Aktivlashishning kritik darajagacha ko'tarilishj, mehnat natijalarining pasayishiga, ba'zan ishchanlikning to'liq yo’qolishiga olib keladi. Psixik kuchlanishning me'yoridan oshgan shakli chegaradan chiqish deyiladi.
Insonning normal yuklanishi maksimal yuklanishga nisbatan 40-60 % dan oshmasligi kerak, ya'ni yuklanish chegaradan oshganda ish qobiliyatining pasayishi kuzatiladi.
Ish jarayoni nafaqat ojiz odamni charchatadi, balki normal bardoshli odamni ham charchatadi.
Charchashning fiziologik va psixik turlari mavjud. Fiziologik charchash hammadan oldin asab tizimida muskul faoliyati natijasida bo'shatiladigan maxsulot ajralishi bilan ifodalanadi
Psixik charchash - markaziy asab tizimining haddan brtiq yuklanish holatidir. Psixik charchash sezish chegarasida bilinadi
Toliqishning oldini olishda ratsional ishchi holat (poza) va to'g'ri joylashtirilgan ish joyi katta rol o'ynaydi.
Fiziologik jihatidan juda ma'qul poza o'tirib-turib ishlash, bunda ishchining o'ziga qulay pozani tanlashga, ishlovchi muskullar uchastkalarda qon aylanishini tiklashga yordam beradi. Bunday poza bir xil ishlarda alohida ko'rsatiladi
Baxtsiz hodisalarning yakka xavfi ostida qolishini kuchaytiruvchi doimiy omillar qatoriga ichkilikbozlik kiradi. Ichuvchi odam har doim va har qanday ishda, ko'p jihatdan baxtsiz hodisa paydo bo’lish xavfi ostida bo'ladi.
Xulosa
Xulosa qilib shuni aytib o`tish kerakki bu murakkab hodisalar, tushunchalar, obyektlarni sinflashtirish va tizimlashtirish haqidagi fandir. Taksonomiya so'zi xavflarni qonun bo'yicha joylashtirish degan ma'noni beradi. Xavf ko'p belgilarga ega bo’lgan murakkab ierarhik tushunchadir, Faoliyat xavfsizligi sohasida ilmiy bilimlarni tashkil qilishda xavflarni taksonomiyalash muhim rol o'ynaydi va ularning tabiatini chuqur bilishga undaydi.
Hozircha xavflarning yetarlicha to'liq, mukammal taksonomiyasi yaratilmagan. Bu o'qituvchi va olimlar oldida kelgusida juda katta ilmiy izlanishlar olib borishini ko'rsatadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
A. Qudratov, T.G’aniev, O’. Yuldashev, G’.Yo. Yormatov, N. Xabibullaev, F.DТ.В. Гитун, А.Г Елисеев и др. «Экстремальная медицина» Полный справочник. Москва 2006 г.
О.Р Юлдашев, О.Т Хасанова и др. «Аварийно-спасательные раьоты» Учебное пособие. Ташкент 2008 г.
О.Р Юлдашев, О.К Абдурахманов и др. «Безопасность жизнедеятельности» Учебное пособие. Ташкент 2009 г.
X.V Salimov. «Ekologiya» Ruscha-o’zbekcha izohli lug’ati Toshkent 2009 y.
M.K.Полтев. Oxpaнa тpyдa в мaшиностроении.М.Высшая школа,1980.
|