• 2 xil yondashuv mavjud: Oriental Renaissance: Innovative
  • Faoliyatini takomillashtirish




    Download 492.16 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet3/8
    Sana15.03.2024
    Hajmi492.16 Kb.
    #172865
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    o-zbekistonda-transport-logistika-klasterlari-faoliyatini-takomillashtirish
    o-zbekiston-logistika-va-transport-imkoniyatlari, Infratuzilma mustaqil ish
    MUHOKAMA VA NATIJALAR 
    “Klaster" atamasi bir nechta o‘zaro aloqador mustaqil elementlardan tashkil 
    topgan va o‘ziga xos xususiyatlariga ega bo‘lgan to‘plamni (tizim) anglatadi. 
    Transport-logistika klasteri (TLK) deganda - yuk va yo‘lovchilarni saqlash, 
    tashish va kuzatib borishga ixtisoslashgan, shuningdek infratuzilma ob’ektlariga 
    xizmat ko‘rsatuvchi geografik jihatdan o‘zaro bog‘langan hamda bir-birining kuchli 
    tomonlarini to‘ldiruvchi va mustahkamlovchi kompaniyalar guruhi tushuniladi.
    Jahon amaliyotida transport-logistika klasterlari faoliyatini tashkil etishga 2 xil 
    yondashuv mavjud: 


    Oriental Renaissance: Innovative, 
    educational, natural and social sciences 
     
    VOLUME 1 | ISSUE 6 
    ISSN 2181-1784 
    Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
    307 
    w
    www.oriens.uz
    July 
    2021
     
     
    1. TLK ma’lum bir sanoat ishlab chiqarish (sanoat hududi, korporasya, kartel, 
    blok) klasterining infratuzilmaviy elementi sifatida tashkil etiladi, ya’ni TLK shartli 
    ravishda sanoat klasterining bir elementi sifatida shakllantiriladi. 
    2. TLK klasterlar alohida mustaqil tizim sifatida shakllantirilib, uning maqsadi 
    xomashyo yetkazib beruvchilar, ishlab chiqarish tuzilmalari va tayyor mahsulot 
    iste’molchilari o‘rtasida yetkazib berish zanjirlarini samarali boshqarishdir. Ushbu 
    holatda TLK transport-logistika elementlarini (yuk terminallari, terminal-ombor va 
    transport-ekspeditorlik majmualari) shakllantirish va rivojlantirish, logistika 
    kompaniyalarini umumiy logistika tizimi tarkibiga jalb etishga xizmat qiladi.
    O‘zbekistonda TLKlarini shakllantirish va ularning barqaror faoliyat 
    ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan davlat siyosati quyidagi yo‘nalishlarga amalga 
    oshirilishi mumkin: 
    1) Yuqori sifatli va raqobatdosh transport-logistika xizmatlarini ko‘rsatish. 
    Transport-logistika xizmatlarining sifat ko‘rsatkichlari parametrlari va standartlari 
    ishlab chiqiladi, me’yoriy-huquqiy baza, davlatning sohani tartibga solish usullari 
    aniqlanadi.
    2) Yuqori unumdorlik va xavfsizlikka ega transport-logistika infratuzilmasini 
    yaratish. Transport infratuzilmasining barcha elementlarini bir-biriga mutanosib 
    holda rivojlantirish, aniq statistik va prognoz ko‘rsatkichlariga asosan yuk va 
    yo‘lovchilar tashishga bo‘lgan talabni aniqlash, transport-iqtisodiy balansni 
    shakllantirish, transport tizimini rivojlantirish modellarini tahlil qilish hamda uning 
    asosida logistik infratuzilmani rivojlantirishning eng maqbul variantlarini ishlab 
    chiqish.
    3) Raqobat muhitini yaratish. Transport xizmatlari ko‘rsatish sohasida me’yoriy-
    huquqiy bazani rivojlantirish (xavfsizlik, ekologik tozalik, transport-logistika 
    xizmatlari sifati, davlatni tartibga solish usullarini takomillashtirish), raqobatdosh 
    transport-logistika xizmatlari ko‘rsatish uchun yuqori samarali transport-logistik 
    infratuzilmani rivojlantirish, tashish va saqlashda ilg‘or texnika va texnologiyalarni 
    qo‘llash [2]. 
    4) Me’yoriy-huquqiy bazani rivojlantirish. TLK sohsiga oid qonunchilikni 
    takomillashtirish, ularni boshqa huquqiy-me’yoriy hujjatlar bilan uyg‘unligini 
    ta’minlash hamda jahon standartlariga moslashtirish.

    Download 492.16 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 492.16 Kb.
    Pdf ko'rish