FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI




Download 43.12 Kb.
bet3/3
Sana26.03.2023
Hajmi43.12 Kb.
#46838
1   2   3
Bog'liq
MUSTAQIL TA\'LIMMMM
Mustaqillik darsiga ishlanma, 1-Mavzu Shisha va keramik materiallar turlari va ishlab chiqari, Oxirgi slayd
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI...................

124

III BOB. TAJRIBA-SINOV ISHLARINI TASHKIL ETISH VA O‘TKAZISH
3.1. Kichik yoshdagi o`quvchilarining mantiqiy tafakkurini rivojlantirish bo‘yicha tajriba-sinov ishlarini tashkil etish
Tadqiqot jarayonida o‘quvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirishning nazariy asoslariga tayangan holda tajriba-sinov ishlarining tashkil etilishiga ham alohida e’tibor qaratildi.
Eksperiment empirik metod sifatida savodga o’rgatish jarayonida keng qo‘llaniladi. Savodga o’rgatishga doir ko‘plab tadqiqotlarda ilmiy tadqiqotning asosiy metodi sifatida xizmat qiladi. Ayniqsa, pedagogik tadqiqotlarning shakllantiruvchi – muammoni hal etishning yangi, samarali usullarini sinovdan o‘tkazish bosqichida keng qo‘llaniladi. Bizning tadqiqotimizda tabiiy shakllantiruvchi eksperimentdan foydalanildi. Tajriba-sinov ishlarini o‘tkazish uchun dastlab aniqlangan pedagogik shart-sharoitlar asosida jarayonni tashkil etishning zaruriy vositalari belgilab olindi.
Amaliy tajriba ishlarining ma’lum maqsad va unga muvofiq belgilangan vazifalar asosida tashkil etilishi quyidagi holatlarni yuzaga keltirdi: tajriba-sinov ishlarining aniq yo‘nalishga ega bo‘lishi; tarbiyalanuvchilarining mantiqiy tafakkurini rivojlantirishga doir metodik ishlanmalardan samarali foydalanish; tajriba-sinov ishlarini olib borishga sarflanayotgan vaqtdan unumli foydalanish; kutilayotgan natijani oldindan bashorat qilish; aniq natijani qo‘lga kiritish; tajriba-sinov ishlarining yuqori darajadagi samaradorligining ta’minlanishi.
Tajriba-sinov ishlari quyidagi uch bosqichda amalga oshirildi:

  1. Asoslovchi tajriba bosqichida tarbiyalanuvchilarni mantiqiy tafakkurini rivojlantirishning mavjud holatini aniqlashga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat tashkil etildi. Ko‘zda tutilgan maqsadga erishishda MTMNING tarbiyalanuvchilari tahsil olayotgan bog`chalarlar bilan ishlash jarayonini kuzatish, suhbat, anketa so‘rovlari kabi metodlardan foydalanildi. Bularning barchasi tadqiqotning asosiy yo‘nalishi va dasturini muayyan darajada aniqlash imkonini berdi. Tadqiqot mavzusiga oid etakchi olimlar, pedagoglarning ilmiy ishlari tahlil qilindi.

  2. SHakllantiruvchi tajriba bosqichida tarbiyalanuvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirish faoliyatini bevosita va bilvosita pedagogik kuzatish, ular ishtirokida mashg‘ulotlarni o‘tkazish, suhbat va anketa so‘rovi kabi metodlar yordamida o‘quvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik ta’sir hamda mustaqil faoliyatni yo‘lga qo‘yish asosida ijodiy kompetensiyalarni shakllantirishga katta ahamiyat qaratildi. Nazariy tadqiqotlar natijasida aniqlangan ilmiy echimlar loyiha ta’lim texnologiyasi va o‘quv portfoliosini yaratishda amaliy qo‘llanildi hamda ular asosida tajriba-sinov mashg‘ulotlari olib borildi. Tajriba-sinov ishlarining ikkinchi bosqichida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar qatorida tarbiyalanuvchilarning loyihaviy-tadqiqotchilik faoliyatiga tayyorlashga doir ishlarga alohida ahamiyat qaratildi.

  3. Ta’kidlovchi tajriba bosqichida o‘quvchilar mantiqiy tafakkurini rivojlantirish darajasining holati aniqlandi. O‘quvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirish samaradorligini yanada oshirish borasida amalga oshirilgan ishlarni mustahkamlash hamda kamchiliklarni bartaraf etishga doir ko‘rsatmalar, tavsiyalar, o‘quvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlanganlik darajasini baholash uchun mezonlar ishlab chiqildi. SHakllantiruvchi tajriba-sinov mashg‘ulotlari o‘tkazildi, tadqiqot natijalari amaliyotga tatbiq etildi. Tajriba-sinov ishlari jarayonida o‘quvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirishda ijobiy natijalarga erishilganligi matematik-statistik metodlar hamda xolis ekspertlar tomonidan baholash orqali tasdiqlandi.

Tajriba-sinov ishlarining muvaffaqiyatli kechishi quyidagi ob’ektiv va sub’ektiv omillarning mavjudligi hisobiga ta’minlandi: o‘quvchilar bilan ishlashga doir metodik shart-sharoitlarning yaratilganligi; umumiy o‘rta ta’lim maktablarining intellektual laboratoriyaga egaligi; ta’lim jarayonida zamonaviy texnik vositalar va axborot texnologiyalaridan unumli foydalanish; o‘quvchilarni mustaqil-izlanishli faoliyatga jalb etishga e’tiborning qaratilganligi; o‘quvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirish bilan ishlashga doir elektron-didaktik ta’minotning ishlab chiqilganligi; o‘quvchilar bilan ishlashda kreativ salohiyatga ega pedagoglarning jalb etilganligi; tarbiyalanuvchilar bilan ishlash jarayoniga texnologik yondashuvning qaror topganligi; o‘quvchilarning internet texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlariga egaliklari va hokazolar.
SHuningdek, tajriba-sinov ishlari davomida tadqiqot ob’ekti sifatida MTM tarbiyalanuvchilari tanlanganligi sababli qo‘llanilgan metodlar quyidagicha guruhlandi:
1) o‘quvchi shaxsini o‘rganishga xizmat qiluvchi metodlar – so‘rovnomalar, anketalar, testlar;
2) proektiv metodlar – testli, shaxslararo munosabatni o‘rganuvchi, pedagogik va ijtimoiy muammoli vaziyatlarni tahlil qiluvchi;
3) “Men” konsepsiyasi – o‘zini-o‘zi kuzatish, o‘zini-o‘zi o‘rganish, o‘zini-o‘zi tavsiflash, o‘zini-o‘zi baholash, o‘z-o‘ziga hisobot berish, o‘zini-o‘zi tahlil etish.
O‘quvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirishda, ayniqsa, quyidagi metodlardan foydalanishga e’tibor kuchaytirildi: 1) ob’ektli testlar; 2) ob’ektli so‘rovnomalar; 3) sotsiometrik (shaxsni, guruhlarni, xususan, o‘quvchilar hamda o‘quvchilar bilan munosabatlar jarayonini o‘rganish) metodlari.
SHuningdek, tadqiqot natijalarini umumlashtirish va guruhlashda ko‘rgazmali axborot metodikasidan foydalanildi. Uning yordamida quyidagi vazifalar hal qilindi: 1) o‘qituvchi, sinf rahbari, ota-onalar va o‘quvchilarning e’tiboriga havola etilgan savollarga qaytargan javoblarini umumlashtirish; 2) tajriba-sinov ishlari bosqichlari, yakuniy ko‘rsatkichlar hamda asoslovchi, oraliq va yakuniy tajriba-sinov ishlari natijalarini ifodalovchi jadvallarni tahlil qilish, qiyoslash, taqqoslash asosida nazorat va tajriba guruhlari natijalarini statistik tahlil etish.
Quyida o‘quvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlanganligi samaradorligini aniqlash maqsadida tajriba-sinov ishlarini tashkil etish davrida qo‘llanilgan metodlardan ayrimlarining amaliy ahamiyati va qo‘llashdan ko‘zlangan maqsad to‘g‘risida qisqacha so‘z yuritiladi:
1. Pedagogik kuzatuv metodi – o‘quvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlanganlik darajasini o‘rganish, ularni tarbiyalash va rivojlantirishga yordam beruvchi pedagogik omillarni aniqlash maqsadida qo‘llanildi. Ushbu metodni qo‘llash orqali o‘quvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirishga to‘sqinlik qiluvchi muammolar aniqlandi va ularni bartaraf etish chora-tadbirlari belgilandi.
2. Anketa metodi – bu metod ham o‘quvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirish masalasiga qay darajada e’tibor qaratilayotganligini o‘rganish, bu borada samaradorlikka erishishni kafolatlovchi ob’ektiv va sub’ektiv omillarning mavjudligini aniqlash, o‘quvchilarning intellektual darajasini baholash maqsadida qo‘llanildi.
Tajriba-sinov davrida ochiq anketalardan foydalanildi. Buning sababi tajriba-sinov jarayoniga jalb etilgan o‘qituvchi va o‘quvchilardan muammo echimini topishda ahamiyatli bo‘lgan ma’lumotlarni ko‘proq olishdan iborat bo‘ldi. Anketa ikki bosqichda, ya’ni ta’kidlovchi va yakunlovchi tajriba-sinov davrida qo‘llanildi. Har ikki bosqich natijalari o‘zaro qiyosiy tahlil etilib, o‘quvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlanganlik darajasi va tajriba-sinov ishlarining samaradorligi aniqlandi.
3. Suhbat metodi – bu metod ham anketa metodi kabi tadqiqot uchun muhim ahamiyatga ega ma’lumotlarni to‘plash maqsadida qo‘llanildi. SHu o‘rinda alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, anketa metodi bir qator afzalliklarga ega bo‘lishi bilan birga ayrim cheklovlar ham mavjud. Masalan, anketa metodidan foydalanishda tajriba-sinov ishlariga jalb etilgan o‘quvchilar ularga berilgan savollarga noxolis, noto‘g‘ri javob qaytarishlari mumkin. Bu esa o‘z navbatida olinadigan ma’lumotlarning ishonchli bo‘lmasligi va pedagogik nuqtai nazardan asoslanmasligiga olib keladi.
SHu sababli anketa so‘rovlarining bevosita davomi, to‘ldiruvchisi sifatida suhbat metodidan foydalanish tajriba-sinov ishlarini etarli darajada tashkil etilishini ta’minladi.
4. Intervyu metodi ham bir qator afzalliklarga egaligi sababli tajriba-sinov ishlarini olib borishda undan unumli foydalanildi. Intervyu metodini qo‘llashda tajriba-sinov ishlariga jalb etilgan o‘quvchilarga qo‘shimcha savollar berish orqali muammoning mohiyati ochildi, ko‘zlangan maqsadga erishishga yordam beruvchi ma’lumotlar to‘plandi.
Intervyu, asosan, o‘quvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirishga oid maxsus metodikani amaliyotga joriy etishdan oldin va keyin uyushtirildi. Bu esa tajriba-sinov ishlarini tashkil etishga qaratilgan maxsus metodikaning samaradorligini bevosita baholab borish imkonini berdi.
5. Pedagogik tajriba metodi – tadqiq etilayotgan muammoning ijobiy hal etilishiga yo‘naltirilgan faoliyatning yaxlit tizimi sifatida namoyon bo‘ladi. O‘quvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirishda mazkur metoddan foydalanish maqsadga muvofiq deb topildi va tajriba-sinov ishlarini olib borishda bu metod bevosita qo‘llanildi.
6. Interfaol metodlar –o‘quvchilarning o‘quv faolliklarini kuchaytirish, ularda izlanishli-tadqiqotchilik faoliyatiga qiziqish va ehtiyojni yuzaga keltirish hamda ularni yanada mustahkamlash, o‘quvchilarda o‘z-o‘zini tahlil, nazorat va baholash qobiliyatlarini oshirish maqsadida qo‘llanildi. Ushbu metodlar tadbirlarning qiziqarli o‘tishini ta’minlash bilan birga bo‘lajak o‘qituvchilarni ijodiy, erkin fikrlashga undadi.
7. Matematik-statistik metod (Styudent metodi). Pedagogik yo‘nalishda olib borilayotgan tadqiqot ishlarida matematik-statistik metod o‘ziga xos o‘rin tutadi. Zero, tadqiqot muammosi doirasida olib borilgan tajriba-sinov ishlarining samaradorligini aniqlash orqali tadqiqotning natijalari to‘g‘risida yakuniy xulosaga kelishda matematik-statistik metoddan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirishga tayyorlash jarayonida quyidagi kamchiliklarning mavjudligi kuzatildi:
- bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirishga tayyorlashga ustuvor o‘rin ajratilmasligi;
- bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirishning metodologik asoslari maxsus o‘rganilmasligi;
- bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirishga tayyorlashda izchillik hamda kompleks yondashuvga amal qilinmasligi;
- bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirishga tayyorlashda istiqbolning tahlil qilinmasligi;
- milliy va umuminsoniy, madaniy-tarixiy, intellektual, ma’naviy, estetik hamda badiiy qadriyatlar asosida o‘quvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirish jarayoni mazmunini yangilashga e’tibor qaratilmaganligi;
- bo‘lajak o‘qituvchilar tomonidan o‘quvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirishning nazariy asoslarini o‘zlashtirish va uni pedagogik amaliyotga tatbiq etishga ahamiyat qaratilmasligi kabilar.
Bo‘lajak o‘qituvchilar o‘z kasbiy faoliyati jarayonida o‘quvchilarni qay tarzda bilim olishga jalb etish, ular faoliyati natijalarini tashxislash va tahlil qilish tajribasiga ega emaslar. SHu bilan bir qatorda bo‘lajak o‘qituvchilarda muloqotga kirishuvchanlik ko‘nikmalari etarlicha shakllantirilmagan. Ular o‘quvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirishning nazariy asoslari, mexanizmlarini puxta o‘zlashtirmaganliklari ayon bo‘ldi.
Bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirishga tayyorlash amaliyotida nafaqat ilmiy-asoslangan nazariy-pedagogik, balki bu jarayonning nazariy-amaliy (uning xususiyatlari, tomonlari, maqsadga intiluvchanligi, kasbiy-shaxsiy mezonlari, natijalarini tahlil qilish) asoslari etarlicha yoritilmagan.
Bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirishga tayyorlash jarayoni mazmunini modifikatsiyalashtirishga o‘qituvchilar tuzilishli-mazmunli tizimga ega bo‘lmay, ikkilanib ishonchsiz (unda emotsional-psixologik, motivatsiyali, idrok etish, shakllantiruvchi hamda rivojlantiruvchi, intellektual-ijodiy, faoliyatli, ijtimoiy-tarbiyaviy, o‘ziga baho berish hamda o‘zini takomillashtirish muhim komponentlari bo‘lishi kerak) munosabatda bo‘ladi.
Pedagogikadagi yangi yondashuvlar, innovatsion usullar, metodlar, vositalar, yangi texnologiyalar, shu jumladan, o‘quvchilar bilan auditoriyadan tashqarida ishlash metodikalarining eng samarali shakllari, ilg‘or metodlarini izlash, o‘rganishga bo‘lgan qiziqish etarlicha faollashmagan.
Bugungi kunda tarbiyalanuvchilarilariga ta’lim-tarbiya berishning ustuvor jihatlaridan bo‘lajak o‘qituvchilar etarlicha xabardor emaslar. Ular o‘quv dasturlari mazmunini to‘liq bilmaydilar. Pedagogik amaliyot jarayonida ular an’anaviy usul va metodlardan foydalanish, avtoritar ish uslubini qo‘llashni ma’qul ko‘radilar.
SHu bilan bir qatorda bo‘lajak o‘qituvchilarni umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida amalga oshiriladigan tarbiyaviy jarayonlarga etarlicha tayyorlash tizimi mavjud emas. Ular tarbiyaviy jarayonlarni yo‘naltiruvchi omillari, izchilligi, yaxlitliligi va o‘zaro aloqadorligi, insonparvarlik uslubiga ega bo‘lishi, tamoyillari, pedagogik shart-sharoitlari, ijtimoiy-pedagogik yo‘nalishlari haqidagi bilim va tasavvurlarga etarlicha ega emaslar.
O‘quvchilardagi qobiliyatlarning namoyon bo‘lish darajalari va uni aniqlash tartiblari to‘g‘risidagi ilmiy qarashlarni tahlil etish asosida o‘quvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirish mezonlari aniqlashtirildi: ijobiy emotsional tasavvurlarlarga egalik; ijodiy qiziqish, bilishga intilish; mustaqillik; qaror qabul qilish; o‘zining kuch va imkoniyatlariga ishonch; aniq maqsadga yo‘nalganlik; emotsionallik; muammoni ko‘ra olish; alternativ (muqobil) fikrlash; divergent fikrlash; fikrning aniqligi; xotiraning assotsiativligi; idrok etishning yaxlitligi va mustaqilligi; ijodiy fikrlash; o‘z-o‘zini baholash darajasi; tolerantlik; intuitsiyaning rivojlanganlik darajasi.
Mazkur mezonlarga asoslangan holda ularni shartli ravishda to‘rt – motivatsion, emotsional, intellektual-bilishga doir, amaliy guruhlarga tasniflash asosida o‘quvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlanganligining quyi, o‘rta va yuqori daraja ko‘rsatkichlari aniqlashtirildi.
O‘quvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirish dinamikasining past darajasi o‘quv-tadqiqotchilikka doir faoliyat jarayonida qiziqishlarning yorqin namoyon bo‘lmasligi, ijodiy faoliyatga mas’uliyatli va barqaror munosabatning qaror topmaganligi, shaxslararo munosabatda qiyinchiliklarning yuzaga kelishi, izlanish-tadqiqotchilikka doir faoliyatda qiyinchiliklarga duch kelishi, kommunikativ, axborot bilan ishlash, umummadaniy, ijodiy kompetensiyalarning shakllanmaganligi bilan tavsiflandi.
O‘rta daraja – o‘quv-tadqiqotchilikka doir faoliyat jarayonida qiziqishlarning sustligi, ijodiy faoliyatga mas’uliyatli va barqaror munosabatning vaziyat bilan bog‘liqlikda o‘zgarib turishi, shaxslararo munosabatda qadriyatli munosabat interiorizatsiyasining to‘liq anglanmaganligi, izlanish-tadqiqotchilikka doir faoliyatda unchalik murakkab bo‘lmagan vaziyatlarni bartaraf etishda qiyinchiliklarga duch kelishi, kommunikativ, axborot bilan ishlash, umummadaniy, ijodiy kompetensiyalarning qisman shakllanganligida namoyon bo‘ldi.
YUqori daraja – o‘quv-tadqiqotchilikka doir faoliyatga qadriyatli munosabatning qaror topganligi, ijtimoiy va bilish faolligining yuqori darajasi, ichki bilish motivlarining shakllanganligi, kognitiv va ijtimoiy tavsifdagi qiyinchiliklarni bartaraf etishga qobiliyatlilik, izlanishli-tadqiqotchilikka doir topshiriqlarni bajarishda ijodiy yondashuvning namoyon bo‘lishi, umumta’limiy kompetensiyalarning to‘liq shakllanganligi kabi jihatlarda o‘z aksini topdi.
Download 43.12 Kb.
1   2   3




Download 43.12 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

Download 43.12 Kb.