• RKG—3 granatasining tuzilishi
  • RKG-3 qo‘l granatalarining umumiy ma’lumotlari




    Download 1,23 Mb.
    bet9/74
    Sana09.01.2024
    Hajmi1,23 Mb.
    #133527
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   74
    Bog'liq
    Farg’оna davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti o`t ochish

    RKG-3 qo‘l granatalarining umumiy ma’lumotlari.
    RKG—3 kumulyativ tankka qarshi qo‘l granatasining vazifasi, tuzilishi va jangovar xususiyatlari
    RKG-3 kumulyativ qo‘l granatasi yo‘naltirilgan harakatli, tankka qarshi granata bo‘lib, dushmanning tanklarga, o‘ziyurar artilleriya qurilmalariga, broetransportyorlariga va broneavtomobillariga qarshi kurashish, shuningdek, uning doimiy va vaqtinchalik dala inshootlarini vayron qilish uchun mo‘ljallangan.
    Granata faqat pana ortidan turli holatlarda uloqtiriladi.
    Granata uloqtirilishining o‘rtacha uzokligi 15-20 m.
    Granataning to‘liq og‘irligi 1070 gr.
    Nishonga tekkan granata bir zumda portlab, yuqori zichlikka ega gaz oqimi bilan zamonaviy tanklarning zirhini yoradi.
    RKG—3 granatasining tuzilishi
    RKG—3 kumulyativli, tankka qarshi qo‘l granatasi korpusdan, dastadan, portlovchi zaryaddan va zapaldan tashkil topgan.
    Granata korpusi silindr ko‘rinishiga ega bo‘lib, portlovchi zaryad va zapalni joylash uchun xizmat qiladi. Korpus quyidagilarga ega: pastki qismida — tub; ichida — kumulyativ chuqurcha; yuqori qismida — buraluvchi qopqoq, zapal trubka bilan birgalikda. Qopqoqning yuqori qismi, dastani burab qotirish uchun mo‘ljallangan rezbalar bilan yakunlanadi.
    Granata korpusining tashqi tomonida granatani uloqtirish qoidalari va markirovka yuritilgan.Dasta fanatani qulay uloqtirish va zarbdor mexanizmni harakatga keltirish uchun xizmat qiladi.Dasta korpusdan, harakatlanuvchi o‘tkazgichdan, prujina bilan birgalikda ochiluvchi tayoqchadan, ochiluvchi qalpoqchadan, tayoqcha bilan birgalikda saqlovchi tortqidan va halqadan tashkil topgan.Dastada zarbdor mexanizm, stabilizator va saqlovchi qurilma joylashadi.Dasta korpusi germetizatsiyalashtirilgan, oldi pergamentli doira bilan yopilgan, orqasida esa, harakatchan o‘tkazgich bilan qalpoq orasida fetrli zichlagichlar mavjud.
    Harakatlanuvchi o‘tkazgich, fanata korpusining qopqog‘iga burab qotirilishi uchun kesmalarga ega. Uning yonbosh yuzasida ikkita oraliq va saklovchi tortqi uchun halqa mavjud. Halqa va tortqi yordamida harakatlanuvchi o‘tkazgich, ochiluvchi tayoqcha bilan bog‘lanadi. Harakatlanuvchi o‘tkazgichning bitta oralig‘ida ochiluvchi tayoqchaning prujinali uchi, ikkinchi oralig‘ida esa ochiluvchi qalpoqning sharchali uchi joylashadi.
    Zarbdor mexanizm zapalning detonatsiyalashtiruvchi kapsyulini yondirish uchun mo‘ljallangan.
    Zarbdor mexanizm tarkibiga korpus, asosli trubka, zarbdor korpusi, zarbdor, jangovar va kontr saqlovchi prujina, saqlovchi zoldirlar hamda inersiyali yuk kiradi.Zarbdor korpusi, asosli trubka ichiga joylashib, sakdovchi zoldirlar uchun to‘rtga teshikka ega. Korpus ichida zarbdor va jangovar prujina joylashgan. Ikkita katta saqlovchi zoldirlar zarbdor korpusni trubkada, ikkita kichik zoldirlar esa zarbdorni zarbdor korpusida tutib turadi.
    Kontrsaklovchi prujina inersiyalashtiruvchi yukni granata uchishi mobaynida ko‘chishiga imkon bermaydi.Stabilizator, granataga korpus tubi bilan oldinga qarab uchishi uchun xizmat qiladi.
    Uning tarkibiga gazlamali konus, to‘rtta simli pat, vtulka, halqa va prujina kiradi.Saqlovchi qurilma tarkibiga to‘rtta saqlagich kirib, ular granata bilan harakatlanganda va uning uchishi mobaynida xavfsizlikni ta’minlaydi.

    Download 1,23 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   74




    Download 1,23 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    RKG-3 qo‘l granatalarining umumiy ma’lumotlari

    Download 1,23 Mb.