|
Granatalarning vazifasi va tuzilishi
|
bet | 8/74 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 1,23 Mb. | | #133527 |
Bog'liq Farg’оna davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti o`t ochish Granatalarning vazifasi va tuzilishi
Parchalanuvchi qo‘l granatalari dushmanni oskolkalar bilan yakson qilish uchun xizmat qiladi. Granata portlaganda xar tomonga tarqaydigan, odamni yakson qilishga qodir energiyaga ega bo‘lgan ko‘p miqdordagi oskolkalarni xosil qiladi. Parchalanuvchi qo‘l granatalari, ayniqsa, yaqin masofadagi janglarda (xujumda, okoplarda, a’oli yashash joylarida, o‘rmonda, toda jangovar xarakatlar olib borilganda) katta samara beradi.
Parchalanuvchi RGD-5 granatasi asosan, xujum janglarida qo‘llaniladi. U korpus, portlovchi modda va zapaldan iborat (32-rasm).Korpus portlovchi modda va zapal trubkasini joylanishi uchun xizmat qiladi. U quyi va ustki qismlardan iborat bo‘lib, tashqi qobiq va vkladishni o‘z ichiga oladi. Ular granata portlaganda oskolkalar xosil qilish uchun xizmat qiladi.
Korpusning yuqori qismiga zapal uchun trubka manjeta yordamida biriktiriladi, u zapalni granataga biriktirish va portlovchi moddani tashqi ta’sirlardan asrash uchun xizmat qiladi. Trubkani ifloslanishdan saqlash uchun unga plastmassali qopqoq o‘rnatiladi.
Portlovchi modda korpusni to‘ldirib turadi va granatani oskolkalarga parchalanishi uchun xizmat qiladi.
Granata zapali (UZRGM) - (qo‘l granatasining takomillashtirilgan zapali) portlovchi moddani portlatish uchun xizmat qiladi. U zarb mexanizmi va zapaldan iborat (33-rasm). Zapallar doimo jangovar xolatda bo‘ladi. Ularni qismlarga ajratish va zarb mexanizmi ishini tekshirib ko‘rish qat’iyan ta’qiqlanadi.
Zarb mexanizmi zapalning yondiruvchi pistonini o‘t oldirish uchun xizmat qiladi. U zarb mexanizmi trubkasi, biriktiruvchi qism (ulovchi vtulka), yo‘naltiruvchi shayba, jangovar prujina, zarbdor, zarbdor shaybasi, otish qo‘l dastasi va ‘alqali saqlagich chekasidan iborat.
Zarb mexanizmi trubkasi zapalning barcha qismlarini yiish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Zapal granataning portlovchi moddasini portlatish uchun xizmat qiladi. U sekinlashtiruvchi vtulka, yondiruvchi kapsyula, sekinlashtiruvchi va kapsyul-detonatordan iborat.Sekinlashtiruvchi vtulkaning yuqori qismida zarb mexanizmi trubkasi bilan biriktiruvchi rezba va yondiruvchi kapsyula uchun uya bor, uning ichida sekinlashtiruvchi joylashadigan kanal, tashqarisida esa kapsyul-detonatorni gilza bilan biriktiruvchi qism bor. YOndiruvchi kapsyula sekinlashtiruvchini alangalatish uchun xizmat qiladi; sekinlashtiruvchi zichlangan kam gazli tarkibdan iborat bo‘lib, yondiruvchi kapsyuladan kapsyul-detonatorga alangani uzatish uchun xizmat qiladi. Kapsyul-detonator granataning portlovchi moddasini portlatish uchun xizmat qiladi; u sekinlashtiruvchi vtulkasining quyi qismiga ma’kamlangan gilzaga joylashtiriladi.
Xujumda qo‘llaniladigan yangi rusumdagi RGN qo‘l granatalari to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar
Xozirda mavjud RGD-5, RG-42, F-1 qo‘l granatalari jiddiy kamchiliklarga egadirlar. Ularda granatani uloqtirgandan keyin to portlash yuz bergunga qadar juda ko‘p vaqt sarf bo‘lar edi. Aynan ushbu vaqt (3,2 - 4,2 soniya) ayniqsa, o‘ta o‘nqir-cho‘nqir joylarda, tolarda dushman uchun juda qo‘l kelar edi, ya’ni, agar u uloqtirilgan granatani sezib qolsa, yaqin o‘rtadagi to‘siqlardan foydalanib, yashirinardi va buning oqibatida u tirik qolardi, shuningdek, uloqtiruvchining o‘zi to‘siqqa tegib qaytgan yoki qiyalikdan dumalab tushgan o‘zi uloqtirgan granataning portlashidan talofat ko‘rishi mumkin edi. SHuning uchun eski rusumdagi granatalarni yangi rusumdagi: mo‘ljal datchigi va xar qanday yuzaga tekkanda ‘am portlaydigan RGN (xujumda qo‘llaniladigan qo‘l granatasi) va RGO (mudofaada qo‘llaniladigan qo‘l granatasi) bilan almashtirish e’tiyoji tuildi. RGO va RGN granatalari parchalanuvchi zarbli-masofada ishlaydigan qo‘l granatalari guruxiga kiradilar. Ushbu granatalar sobiq ittifoqda ishlab chiqilgan bo‘lib, XX asr 70 yillarining oxirlarida qurollanishga kiritilgan.
Granataning portlashi biror yuza sat’iga duch kelganda sodir bo‘ladi. Portlatgich xar qanday xolatda ‘am portlaydi, ya’ni u yuza sat’iga o‘zining qaysi qismi bilan kelib urilishi ‘am, urilayotgan yuzaning xolati (tik, yotiq, qiya yuzalar) qanday bo‘lishi ‘am a’amiyat kasb etmaydi. Faqatgina granata yuza sat’i bilan to‘qnashgandagi to‘xtash tezligigina a’amiyatlidir. Suv yoki loy yuzasiga va yangi yoqqan yumshoq qor ustiga urilgandagina portlatgich ishga tushmasligi mumkin, bunda portlash 3,2 - 4,2 soniyadan so‘ng sodir bo‘ladi.
Granata uloqtiruvchining xavfsizligini ta’minlash va granata undan yaqin masofada biror-bir to‘siqqa urilib tasodifan portlab ketishini oldini olish maqsadida portlatgich saqlagich dastasi qo‘yib yuborilgandan (granata uloqtirilgandan) so‘ng 1,3 - 1,8 soniya o‘tgachgina ishga tushadi. SHu vaqt o‘tgunga qadar granata biror to‘siqqa urilgudek bo‘lsa ‘am, portlash yuz bermaydi.
RGN va RGO qo‘l granatalari (35-rasm) jangda yaqin masofadagi (xujumda, xandaq, panagox, a’oli yashash joylari, o‘rmon, to va boshqa joylarda) dushmanning tirik kuchini yakson qilishga mo‘ljallangan.
Granatalarning tuzilishi tashqi ko‘rinishidan bir-biridan deyarli farq qilmaydi. Faqat RGN granatasining yarim shar korpusining quyi qismida taram-taram botiq chiziqlar yo‘q.
|
| |