Matnli, ovozli va grafik axborotlarni kodlash.
2
Abstract
Inson axborotlarni yig'ish, saqlash va qayta ishlashda qulay hamda qisqa
ko'rinishda bo'lishi uchun turli belgilashlardan foydalanadi. Bunga tovushlarni harf va
raqamlar orqali, musiqa tovushlarini notalar orqali, matematik, fizik, biologik
qonuniyatlarni formulalar orqali ifodalanishini misol qilish mumkin.
Axborotlarni kodlash haqida
Inson borliqning bir qismi bo'lgani uchun doimo borliqning ta'sirini sezib turadi.
Bu ta'sirni turli signallar (tovush, yorug'lik, elektomagnit, nerv va hokazo) ko'rinishida
qabul qilamiz. Insonga uzluksiz ta'sir etib turuvchi axborotlarni analog axborotlar deb
ataladi
Inson analog axborotlarni qayta ishlashi uchun uni biror qismini ajratib oladi va
tahlil qiladi. Tahlil qilish jarayonida axborotni qayta ishlash uchun qulay bo'lgan
ko'rinishga o'tkazadi. Bunda inson turli belgilardan foydalanadi. Masalan, sizga ma'lum
bo'lgan alifbo harflari insonga tushunarli bo'lgan tovushlarni, nota belgilari esa musiqiy
tovushlarni ifodalaydi. Bu belgilar yordamida insonga eshitilayotgan, nutq yoki
musiqani qog'ozga tushirish oson kechadi. Demak, inson axborotlarni qayta ishlash
uchun uni uzlukli ko'rinishga o'tkazar ekan. Axborotlarni bu kabi uzlukli ko'rinishini
diskret axborotlar deb ataladi.
Inson tomonidan ishlab chiqarilgan qurilmalar ichida analog axborotlar bilan
ishlaydiganlari ham, diskret axborotlar bilan ishlaydiganlari ham mavjud. Diskret
axborotlardan eng ko'p tarqalgani raqamli axborotlardir, ya'ni uzluksiz axborotning
raqamlar orqali ifodalangan ko'rinishidir. Analog signallar bilan ishlaydigan qurilmalar
analog qurilmalar, raqamli axborotlar bilan ishlaydigan qurilmalar raqamli qurilmalar
deb ataladi. Analog qurilmalarga televizor, telefon, radio, fotoapparat, videokamerani,
raqamli qurilmalarga shaxsiy kompyuter, raqamli telefon, raqamli fotoapparat, raqamli
videokamerani misol qilish mumkin.
3
Axborotlar ustida amallar bajarish qulay bo'lishi uchun aniq bir qoidalar asosida
boshqa ko'rinishga o'tkazish jarayoni axborotni kodlash deyiladi. Axborotlarni kodlash
insoniyat tomonidan faqat amallar bajarish qulay bo'lishi uchun emas, balki axborotni
maxfiy saqlash uchun ham qo'llanilgan. Kodlashning bu ko'rinishi shifrlash deb ataladi.
|