14
Ikkilik- o’noltilik jadvalga binoan:
B harfini
Unicode
tizimidagi ikkilik kodi: 0042(16) =0000000001000010(2)
I harfini
Unicode
tizimidagi ikkilik kodi 0049(16) =0000000001001001(2)
L harfini
Unicode
tizimidagi ikkilik kodi 004C(16) =0000000001001100(2)
M harfini
Unicode
tizimidagi ikkilik kodi 004D(16)=0000000001001101(2)
Kompyuterda VILIM so’zi
Unicode
halqaro kodlash tizimida
ikkilik
sanoq tizimida 0 va 1 sonlarining quyida ketligidan iborat bo’ladi:
000000000100001000000000010010010000000001001100000000000100
10010000000001001101Bu 10 bayt, 80
bit axborotdir
Malumotlarni kodlash
Inson axborotlarni yig'ish, saqlash va qayta ishlashda qulay hamda qisqa
ko'rinishda bo'lishi uchun turli belgilashlardan foydalanadi. Bunga tovushlarni harf va
raqamlar orqali, musiqa
tovushlarini notalar orqali, matematik, fizik,
biologik
qonuniyatlarni formulalar orqali ifodalanishini misol qilish mumkin.
Malumotlarni kodlash haqida
Inson borliqning bir qismi bo'lgani uchun doimo borliqning ta'sirini sezib turadi.
Bu ta'sirni turli signallar (tovush, yorug'lik, elektomagnit, nerv va hokazo) ko'rinishida
qabul qilamiz. Insonga uzluksiz ta'sir etib turuvchi axborotlarni analog axborotlar deb
ataladi
Inson analog axborotlarni qayta ishlashi uchun uni biror qismini ajratib oladi va
tahlil qiladi. Tahlil qilish jarayonida axborotni qayta ishlash uchun qulay bo'lgan
15
ko'rinishga o'tkazadi. Bunda inson turli 13 belgilardan foydalanadi. Masalan, sizga
ma'lum bo'lgan alifbo harflari insonga tushunarli bo'lgan
tovushlarni
, nota belgilari esa
musiqiy tovushlarni ifodalaydi. Bu belgilar yordamida
insonga eshitilayotgan, nutq
yoki musiqani qog'ozga tushirish oson kechadi. Demak, inson axborotlarni qayta
ishlash uchun uni uzlukli ko'rinishga o'tkazar ekan. Axborotlarni
bu kabi uzlukli
ko'rinishini diskret axborotlar deb ataladi.
Inson tomonidan ishlab chiqarilgan qurilmalar ichida analog axborotlar bilan
ishlaydiganlari ham, diskret axborotlar bilan ishlaydiganlari ham mavjud.
Diskret
axborotlardan eng ko'p tarqalgani raqamli axborotlardir, ya'ni
uzluksiz axborotning
raqamlar orqali ifodalangan ko'rinishidir. Analog signallar bilan ishlaydigan qurilmalar
analog qurilmalar, raqamli axborotlar bilan ishlaydigan qurilmalar raqamli qurilmalar
deb ataladi. Analog qurilmalarga televizor, telefon, radio, fotoapparat, videokamerani,
raqamli
qurilmalarga shaxsiy kompyuter
, raqamli telefon, raqamli fotoapparat, raqamli
videokamerani misol qilish mumkin.
Axborotlar ustida amallar bajarish qulay bo'lishi uchun aniq bir qoidalar asosida
boshqa ko'rinishga o'tkazish jarayoni axborotni kodlash deyiladi. Axborotlarni kodlash
insoniyat tomonidan faqat amallar bajarish qulay bo'lishi uchun emas, balki axborotni
maxfiy saqlash uchun ham qo'llanilgan. Kodlashning bu ko'rinishi shifrlash deb ataladi.