• 2 . gaz turbina turlari haqida malumot
  • Farg’ona Politexnika Instituti Energetika Fakulteti 59-20 et va e guruh talabasi Kimsanova Zilolaxonning




    Download 1.64 Mb.
    bet1/2
    Sana24.05.2023
    Hajmi1.64 Mb.
    #63915
      1   2
    Bog'liq
    Kimsanova Z Issiqlik yuritgichlari
    Universal matematika 1-2, Prajatdinova Kamshat tábiyat test, savod orgatish davrida pedagogik texnologiyalardan foydalanish (1), Fizioterapiya, 1300-Текст статьи-4755-1-10-20200629, Mazvu Uzluksiz signallarni raqamli uzatish. Reja, 12131313, 1-savol odamni nima o’ldiradi, mamleketlik byudjet, 2-mavzu (2), 5-sinf nazorat ishi, 10-sinf test, 782-22 (3), Matematik analiz 1

    Farg’ona Politexnika Instituti

    Energetika Fakulteti 59-20 ET va E guruh

    talabasi Kimsanova Zilolaxonning

    MUSTAQIL ishi

    Fan: Issiqlik yuritgichlari

    O‘qituvchi: Soliyev.B

    Mavzu: Gaz turbinalari turlari.

    Reja:

    1. gaz turbinalar haqida malumot

    2 . gaz turbina turlari haqida malumot

    3. turbina chizmalari


    Yuqori bosim va temperatura ostidagi yonish mahsulotlari energiyasini kuraklar yordamida rotor valining mexanik energiyasiga aylantiruvchi issiqlik mashinasi gaz turbinasi deyiladi. Gaz turbinalari ham bug‘ turbinalariday bo‘lib, faqat ularda bug‘ o‘rniga yonish mahsuloti – tutun asosiy ish jismi hisoblanadi.
    Bug’ turbinasi kabi gaz turbinasida ham ko’plab yo’qotishlar bo’ladi. Ularni ichki va tashqi yo’qotishlarga ajratiladi.
    Ishchi jismining holatiga ta’sir etuvchi yo’qotishlar ichki yo’qotishlar, ta’sir etmaydigan yo’qotishlar tashqi yo’qotishlar deyiladi.
    Ichki yo’qotishlarga kompressor va turbina ichidagi ishqalanish, ventilyatsiya, issiqlikning qaytishi, tirqishlar orqali, kuraklardagi, pog’onalardagi yo’qotishlar kiradi. Bundan tashqari, ichki yo’qotishlarga yonish kamerasidagi issiqlik yo’qotilishi, gidravlik qarshiliklar, regeneratordagi, havo quvurlaridagi, sovitish tizimidagi yo’qotishlarni ham kiritish mumkin.
    GTQ gaz – turbinasi dvigatel va yordamchi qurilmalardan iborat. Dvigatel tarkibiga turbina, yonish kamerasi, kompressorlar, yoqilg‘i nasosi, bak, elektr generatori, regenerativ issiqlik almashtirgichlar kiradi. Yordamchi qurilmalar jumlasiga GTQ ning qaysi maqsadda ishlatilishiga qarab quyidagilarni kiritish mumkin: gaz yo‘llari, quvurlar, ishga tushirish qurilmalari, moylash tizimlari, suv ta’minlash qurilmalari va boshqalar. GTQ dagi turbina, elektr generatori, havo kompressori va yoqilg‘i nasosi yagona umumiy valda joylashtiriladi. Oxirgi 20 – 30 yil mobaynida GTQ xususan transport va energetikada keng qo‘llanila boshlandi. Energetikada qo‘llaniladigan GTQlari elektr energiyasi yetishmasdan qolganda, energetik tizimda buzilishlar bo‘lganda iste’molchilarni elektr energiyasiga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida ishlatiladi. Bunday GTQ larning quvvati 1–100 MVt oralig‘ida bo‘lib, yil mobaynida 1500 soatdan ortiq ishlatilmaydi. Dengiz kemalaridagi GTQ asosiy energiya manbai hisoblanadi va ularning quvvati 30 kVt dan 10 MVt gacha bo‘ladi.
    Neftni haydashda, gaz magistrali quvurlarida, turli xil kompressorlarni ishlatishda GTQ lari asosiy mexanik energiya manbai hisoblanadi. GTQ aviatsiya transportidagi turboreaktiv, turbovintli reaktiv samolyotlarning asosiy va forsaj (frantsuzcha forcer - jadallashtirmoq) dvigatellarida ham keng tadbiq etilgan.
    Hozirgi zamon GTQ ning deyarli hammasi yonish mahsulotlari turbinaning oqim qismi orqali o‘tadigan sxema bo‘yicha ishlaydi. Shu sababli gaz turbinalarida ishlatiladigan yoqilg‘i tarkibida zararli aralashmalar miqdori juda kam bo‘lishi kerak. Bunday yoqilg‘ilar jumlasiga tabiiy gaz, yaxshi tozalangan sun’iy gazlar (domna gazi, koks gazi, generator gazi) gaz turbinalarida ishlatiladigan maxsus suyuq yoqilg‘i (dizel, motor yoqilg‘isi, solyar moyi) kiradi. GTQ lar ish moddasini yoqish uslubiga ko‘ra v – const, p – const va aralash bosqichli bo‘ladi


    Download 1.64 Mb.
      1   2




    Download 1.64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Farg’ona Politexnika Instituti Energetika Fakulteti 59-20 et va e guruh talabasi Kimsanova Zilolaxonning

    Download 1.64 Mb.