|
Rektifikatsion kalonada harorat satx bosm oʻlchash
|
bet | 6/18 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 2,08 Mb. | | #239919 |
Bog'liq kurs ishiRektifikatsion kalonada harorat satx bosm oʻlchash.
Kolonna tarelkalaridagi temperaturani rostlash asosan kolonnadan chiqayotgan mahsulot tarkibini tahmin qilishda qoꞌllaniladi, lekin boshqarilayotgan kolonna tarelkalaridagi bosimning oꞌzgarishi ushbu mahsulot tarkibini tahmin qilish jarayoniga salbiy taꞌsir koꞌrsatadi. Odatda bosim boshqarilayotgan tarelkalarda emas, balki sovutgichda nazorat qilinadi, shuning uchun bugꞌ sarfi oꞌzgarishi kolonna tarelkalari orasidagi bosimning oꞌzgarishiga olib keladi. “Bosimni kompensatsiyalovchi” temperaturani rostlash tushunchasi birinchilardan boꞌlib 1970-yillarning boshlarida ushbu turdagi muammolarni yechishga qaratilgan ilmiy asarlarda uchraydi. Ushbu usul distillyatsiya jarayonini yorituvchi koꞌplab adabiyotlarda sifat jihatdan tavsiflangan boꞌlib, uning samaradorligini miqdoriy baholashga asoslangan maꞌlumotlar ochiq adabiyotlarda keltirib oꞌtilmagan
“Ideal” boshqarish sxemasi kolonnadagi barcha mahsulotlar tarkibini boshqara olishiga qaramasdan, amaliyotda koꞌplab kolonnalarda temperaturani rostlash usulidan foydalaniladi, chunki mahsulot tarkibini aniqlash va oꞌlchash qimmat hamda uzoq kechikish vaqti mavjudligi hisobiga rostlash sifatining pasayishiga olib kelishi mumkin. Shuningdek, ikkita rostlagichdan foydalanilganda zanjirlararo bogꞌliqlik muammolari kelib chiqishi mumkin. Koꞌpincha foydalaniladigan temperaturani oddiy bir tomonlama rostlash strukturasida tegishli tarelka tanlanib, tarelkadagi temperatura esa kirish parametrini oꞌzgartirish orqali rostlanadi
Rostlash uchun eng optimal tarelkani tanlash uchun bir qancha usullar taklif etilgan boꞌlib, ular orasida eng koꞌp qoꞌllaniladigani bu tarelkadan tarelkaga oꞌtishda temperatura oꞌzgarishi eng yuqori boꞌlgan tarelkaning tanlanishi usulidan keng foydalaniladi. Bunda temperatura mahsulot tarkibi haqida xulosa qilish uchun asosiy parametr boꞌlib hisoblanadi. Shu sababli kolonnaning mahsulot tarkibiga qoꞌyilgan topshiriq saqlab turiladi hamda kolonnaga kiruvchi aralashma tarkibi va sarfida oꞌzgarishlar boꞌlganda mahsulot tozaligi uning belgilangan spesifik qiymatigacha rostlab turiladi. Agar, bosim oꞌzgaruvchan boꞌlsa, u holda binar aralashmalar tizimida oꞌzgarmas temperatura oꞌzgarmas tarkib uchun koꞌrsatkich boꞌlolmaydi. Agar sovutgich bosimi oꞌzgarsa yoki tarelkadan tarelkaga oꞌtgan sari bosim pasayib borsa, u holda boshqarilayotgan tarelkadagi bosim ham oꞌzgaradi. Oꞌz navbatida temperatura oꞌlchanayotgan tarelkada bosim oꞌzgaruvchan boꞌlsa, u holda kutilayotgan mahsulot tarkibi notoꞌgꞌri boꞌladi. Koꞌplab kolonnalarda asosan sovutgich bosimi boshqariladi, lekin kolonna bosimi oꞌzgaruvchan boꞌlsa, u holda buning imkoniyati boꞌlmaydi. Bugꞌ sarfi oꞌzgarganda butun kolonna va barcha turdagi ichki qurilmalar boꞌylab tarelkalardagi bosim pasayishining oꞌzgarishi roꞌy beradi. Boshqariluvchi tarelka kolonnaning qanchalik quyi qismidan tanlangan sari, (pasayuvchan bosimning oꞌzgarishi uchun koꞌproq tarelkalar hisobiga) muammo shunchalik murakkablashib boradi.
Bosimni kompensatsiyalashning zaruriyati, ishlash rejimiga koꞌra (bosimning pasayishi effektiga qoꞌshimcha ravishda) bosim sezilarli ravishda oꞌzgaradigan tizimlar uchun juda muhim hisoblanadi. Muhim misol sifatida, sovutish suvi oqimining maksimal sarfidan foydalanib energiyani tejash uchun kolonnani minimal bosim ostida ishlatish kerak boꞌlgan holatni koꞌrish mumkin. Keyin esa sovutuvchi suvning uzatilish temperaturasi oꞌzgarishi bilan kolonnaning bosimi ham ortib va pasayib turadi. Sovutuvchi suvning temperaturasi esa kecha va kunduz hamda atrof muhit sharoitlaridan kelib chiqqan holda oꞌzgarib turadi. Yaꞌna boshqa muhim vaziyat sifatida esa, issiqlik integratsiyalashgan kolonnalarda, sovutgich/qaynatgichdagi temperaturalar farqini taꞌminlashni amalga oshirish uchun yuqori bosimli kolonnalarda bosim oꞌzgaradi. Adabiyotlardagi ushbu mulohazalarning barchasi sifat va tavsifiy jihatdan oꞌrganilgan boꞌlib, bosimni kompensatsiyalash borasida sonli (miqdoriy) tahlillar va mulohazalar koꞌrib oꞌtilmagan. Ushbu ishda bosim kompensatsiyalangan temperaturani rostlash boꞌyicha miqdoriy maꞌlumotlar keltirib oꞌtilgan.
|
| |