Rektifikatsion kolonnalarning tuzilishi




Download 2,08 Mb.
bet5/18
Sana17.05.2024
Hajmi2,08 Mb.
#239919
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
kurs ishi

Rektifikatsion kolonnalarning tuzilishi
Rektifikatsion kolonnalar ikki turga bӯlinadi: 1) pogʼonali kontaktli qurilmalar (tarelkali kolonnalar); 2) uzluksiz kontaktli qurilmalar (plyonkali va nasadkali kolonnalar). Tarelkali, nasadkali va ayrim plyonkali qurilmalar ichki tuzilishi (tarelka, nasadka) ga koʼra absorbtsion kolonnalarga oʼxshash boʼladi. Rektifikatsion kalonnalarni hisoblash ham bir xil tipdagi absorbtsion qurilmalarni hisoblashdan farq qilmaydi. Faqat dastlab yuqorigi va pastgi kolonna alohida hisoblanadi, soʼngra rektifikatsion qurilmaning umumiy ish balandligi aniqlanadi. Rektifikatsion kalonnalar qӯshimcha issiqlik almashinish qurilmalari (isitgich, qaynatgich, haydash kubi, deflegmator, kondensator, sovitgich) bilan taʼminlangan boʼladi. Bundan tashqari atrof muhitga tarqaladigan issiqlikning yoʼqolishini kamaytirish uchun rektifikatsion kalonnalar issiqlik ximoya katlami bilan qoplanadi.


Oddiy rostlash sistemasi olti bir konturli АRSni oʼz ichiga oladi (82-rasm). Umuman olganda bu sistema distillyat tarkibining barqarorligini va uskunadagi moddiy va issiqlik balansi ushlab turilishini taʼminlaydi. Distillyat tarkibini stabillashtiruvchi asosits rostlagich 1 kolonna yuqorisagi harorat rostlagichi


hisoblanadi. Chunki bu koʼrsatgich distillyat tarkibiga bevosita taʼsir qiladi. rostlagich taʼminot haroratini rostlaydi. Sath rostlagichlari 3 va 4 sistemada suyuq faza boʼyicha, 5-bosim rostlagichi esa bugʼ fazasi boʼyicha balans ushlab turilishini
taʼminlaydi. 6-sarf rostlagichi isitish parining qaynatgichga berilish sarfini rostlaydi. Аgar rostlashning vazifasi kub maxsulot tarkibini stabillashtirish boʼlsa, u holda isituvchi bugʼning sarfi kolonna pastidagi 6a harorat rostlagichi orqali belgilanadi, distillyatning sarfi esa 1a rostlagich orqali stabillashtiriladi. Bir vaqtning oʼzida kolonna past va yuqorisidagi maxsulotlar tarkibini haroratini) rostlash odatta qoʼllanilmaydi. Chunki bu koordinatalar oʼzaro bogʼliq va ularni bir vaqtda rostlash teskari bogʼlanish orqali sistema turgʼunlik zaxirasining kamayishiga olib kelishi mumkin.
Soddaligiga qaramay avtomatlashtirish sistemasi qator kamchiliklarga ega. Masalan bugʼ sarfini sistemadagi real sharoitni hisobga olmay stabillashtirish bugʼning ortiqcha sarf boʼlishiga olib keladi. Gʼalayon boʼyicha kompensatsiyalovchi taʼsirlarning yoʼqligi maxsulot tarkibini rostlashda katta dinamik xatoliklarga olib keladi.
Rektifikatsion uskunaning alohida texnologik
parametrlarning bir konturli АRS yordamida
tuzilgan avtomatlashtirish sistemasi.

  1. kolonna yuqorisidagi harorat rostlagichi,

  2. taʼminot harorati rostlagichi, 3- kalonna

kubidagi sath rostlagichi, 4- flegma sigʼimidagi
sath rostlagichi, 5- kolonnadagi bosim
rostlagichi, 6- isitish bugʼi sarfi rostlagichi,
1a- distillyat sarfi rostlagichi, 6a – pastdagi
harorat rostlagichi
Birinchi variantdagidan mahsulot boʼlinishiga ketadigan energiya xarjatlarini kamaytirishni taʼminlovchi bugʼ va taʼminot sarflari (yoki flegma va taʼminot sarflari) nisbati rostlagichi 6 dan foydalanishi bilan farq qiladi (rasm). Bundan tashqari maxsulot haroratini rostlashda nazorat tarelkasidan olingan yordamchi oraliq impuls qoʼllanilgan kaskad АRSdan foydalaniladi.

Rektifikatsion uskunaning taʼminot sarfi boʼyicha gʼalayonni statik kompensatsiyalash va kolonna yuqori qismi haroratining kaskad АRS avtomatlashtirish sistemalari.


1- kolonna yuqorisi harorati rostlagichi, 1a- differentsiator, 2- taʼminot harorati rostlagichi, 3,4,- sath rostlagichlari, 5- bosim rostlagichi, 6- sarflar nisbati rostlagichi.
Koʼrib chiqilgan variantlar rektifikatsion kolonnaga nisbatan rostlash usullari va sistemalarining xilma-xilligini toʼliq koʼrsata olmaydi. Masalan rasmda kolonnada bosimni flegma sigʼimidan chiqib ketayotgan inert gazlar sarfi orqali rostlash sistemasi koʼrsatilgan. Flegma va distellyat sarflari nisbatini distillyat tarkibi boʼyicha korrektsiyalash orqali rostlash flegma sonini oʼzgartirish natijasida maxsulot tarkibini stabillashtirishni taʼminlaydi. Distillyat boʼyicha kolonnaning unimdorligi 1 sarf rostlagichi orqali ushlab turiladi, flegmaning sathi esa deflegmatorga berilayotgan sovuq agent sarfi orqali rostlanadi.

Tarelkali rektifikatsion kolonna yuqori qismini rostlash sistemasiniga
misol: 1-distillyat sarfi rostlagichi, 2- flegma va distillyat sarflari nisbati rostlagichi, 3- distillyat tarkibi rostlagichi, 4- flegma
sigʼimidagi bosim rostlagichi, 5- flegma sigʼimida sath rostlagichi.

Nasadkali rektifikatsion kolonnani avtomatlashtirish sistemasi misoli.


1- tarkib rostlagichi, 2,3- sath rostlagichi, 4- bosim
rostlagichi, 5- bosimlar farqi rostlagichi.


    1. Download 2,08 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Download 2,08 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Rektifikatsion kolonnalarning tuzilishi

Download 2,08 Mb.