• Uzluksiz ishlaydigan rektifikatsion qurilma
  • Farg’ona politexnika instituti energetika fakulteti




    Download 2,08 Mb.
    bet4/18
    Sana17.05.2024
    Hajmi2,08 Mb.
    #239919
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
    Bog'liq
    kurs ishi

    Davriy ishlaydigan
    rektifikatsion qurilma sxemasi:
    1-haydash kubi;
    2-retfikasion kolona;
    3-deflegmator; 4-ajratkich;
    5-sovitkich; 6,7-yig'gichlar;
    Dastlabki aralashma haydash kubiga beriladi. Kub ichiga
    isituvchi zmeevik joylashtirilgan boʼlib, aralashma qaynash temperaturasigacha isitiladi. Hosil
    boʼlgan bugʼlar rektifikatsion kolonna oxirgi tarelkasining pastki qismiga oʼtadi.
    Bu kolonna buylab koʼtarilgan sari engil uchuvchan komponent bilan toʼyinib boradi.
    Deflegmatordan kolonnaga qaytgan bir qism distillyat flegma deb yuritiladi.
    Flegma (suyuq faza) kolonnaning eng yuqori tarelkasiga beriladi va pastga qarab
    harakat qiladi. Suyuq faza pastga harakat qilishida ӯz tarkibidagi engil uchuvchan
    komponentni bugʼ fazasiga beradi. Bugʼ va suyuq fazalarning bir necha bor oʼzaro
    kontakti natijasida bu fazasi yuqoriga harakat qilgani sari engil uchuvchan
    komponent bilan toʼyinib borsa, suyuqlik esa pastga tomon harakat kilgani sari
    tarkibida qiyin uchuvchan komponentning miqdori oshib boradi. Kolonnaning
    yuqorigi qismidan bugʼlar diflegmatorga oʼtadi va u yerda toʼla yoki qisman
    kondensatsiyaga uchraydi. Bugʼlar toʼla kondensatsiyalanganda hosil
    boʼlgan suyuqlik ajratgich yordamida ikki qism (distillyat va flegma)ga ajraladi.
    Oxirgi mahsulot (distillyat) sovitgichda sovitilgandan soʼng, yigʼish idishiga
    yuboriladi. Kubda qolgan qoldiq suyuqlik kerakli tarkibga erishgandagina jarayon
    tӯxtatiladi, qoldiq tushiriladi va sikl qaytadan boshlanadi. Qoldiqni tegishli
    tarkibga ega boʼlishini uning qaynash temperaturasiga qarab aniqlanadi.
    Uzluksiz ishlaydigan rektifikatsion qurilma
    Bunday qurilmalar sanoatda keng ishlatiladi. Uzluksiz ishlaydigan rektifikatsion qurilmaning printsipial sxemasi 2– rasmda koʼrsatilgan Qurilmaning asosiy kismi rektifikatsion kolonnadir.Kolonna silindrsimon shaklda boʼlib, uning ichiga tarelkalar yoki nasadkalar joylashtirilgan boʼladi. Dastlabki aralashma isitgichda qaynash temperaturasigacha isitiladi, soʼngra kolonnaning taʼminlovchi tarelkasiga yuboriladi. Taʼminlovchi tarelka qurilmani ikki qismga (yuqorigi va pastki kolonnaga) boʼladi.
    Yuqorigi kolonnada buning tarkibi engil uchuvchan komponent bilan boyib boradi, natijada tarkibi toza engil uchuvchan komponentga yaqin boʼlgan bugʼlar deflegmatorga beriladi.

    Pastki kolonnadagi suyuqlik tarkibidan maksimal miqdorda engil uchuvchan komponentni ajratib olish kerak, bunda qaynatgichga kirayotgan suyuqlikning tarkibi asosan toza holdagi qiyin uchuvchan komponentga yaqin boʼlishi kerak.




    \
    Shunday qilib, kolonnaning yuqorigi qismi bu tarkibini oshiruvchi qism yoki yuqorigi kolonna deb ataladi. Kolonnaning pastki qismi esa suyuqlikdan engil uchuvchan komponentni maksimal darajada ajratuvchi qism yoki pastki kolonna deb ataladi. Kolonnaning pastidan yuqoriga qarab bular harakat qiladi, bu bular kolonnaning pastki qismiga qaynatgich (issiqlik almashinish qurilmasi) orqali oʼtadi. Qaynatgich odatda kolonnaning tashqarisida yoki uning pastki qismida joylashgan boʼladi. Bu issiqlik almashinish qurilmasida buning yuqoriga yӯnalgan oqimi hosil qilinadi. Kolonnaning yukori kismidan pastga qarab suyuqlik harakat qiladi. Bular deflegmatorda kondensatsiyaga uchraydi. Deflegmator sovuq suv bilan sovitiladi. Hosil boʼlgan suyuqlik ajratgichda ikki qismga ajraladi. Birinchi qism flegma kolonnaning yuqori tarelkasiga beriladi. Shunday qilib, kolonnada suyuq fazaning pastga yӯnalgan oqimi yuzaga keladi. Ikkinchi qism – distillyat sovitilgandan soʼng yigichga yuboriladi. Deflegmatorda bular toʼla yoki qisman kondensatsiyaga uchraydi. Birinchi holda kondensat ikkiga boʼlinadi. Birinchi - qism flegma qurilmaga qaytariladi, ikkinchi qism esa distillyat (rektifikat) yoki yuqori mahsulot sovutgichda sovitilgandan soʼng, yiish idishiga yuboriladi. Ikkinchi holda esa deflegmatorda kondensatsiyaga uchramagan bular sovitgichda kondensatsiyalanadi va sovitiladi: bu holda ushbu issiqlik almashinish qurilmasi distillyat uchun kondensator – sovutgich


    vazifasini bajaradi. Kolonnaning pastki qismidan chiqayotgan qoldiq ham ikki qismga boʼlinadi. Birinchi qism qaynatgichga yuboriladi, ikkinchi qism (pastki mahsulot) esa sovitgichda sovitilgandan soʼng yiish idishiga tushadi. Rektifikatsion qurilmalar odatda nazorat-oʼlchov va boshqaruv
    asboblari bilan jihozlangan boʼladi. Bu asboblar yordamida qurilmaning ishini avtomatik ravishda boshqarish va jarayonni optimal rejimlarda olib borish imkoni tugʼiladi

    Download 2,08 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




    Download 2,08 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Farg’ona politexnika instituti energetika fakulteti

    Download 2,08 Mb.