|
Televizor va uy texnikasini tozalash
|
bet | 4/6 | Sana | 21.01.2024 | Hajmi | 1,39 Mb. | | #142390 |
Bog'liq 8 sinf Maishiy kimyoviy vositasitalardan foydalanish usullari 1Televizor va uy texnikasini tozalash.
- Televizor va uy texnikasini salfetka bilan artayotganda ularning ekrani va orqa yuzalariga antistatik (yuzalardan elektr statik kuchlanishni bartaraf qilish uchun moʻljallangan vosita) seping.
Sirtlardagi dogʻlarni tozalash
Sirtlarda dogʻ qolmasligi uchun ularni betartib yoki aylanma yoʻnalishda artmaslik kerak. Yaxshisi ularni gorizantal yoki vertikal yoʻnalishda artish ma’qul. Agar sirt murakkab tuzilishga ega boʻlsa, unda uni tuzilishi yoʻnalishi boʻyicha artish lozim. Oddiy mato oʻrniga mikrofibradan (maxsus mato) foydalanib, ancha vaqt tejashingiz mumkin.
Uyni tozalash - Uyni birinchi changyutgich bilan tozalab, keyin uy jihozlar changini artgan ma’qul. Aks holda uyga va jihozlarga yana chang oʻtirishi mumkin.
Foydali maslahatlar - Uyni ta’mirdan chiqarganlar uchun maslahat : poldagi oq qurilish changidan qutilish uchun uni avval sirka qoʻshilgan oddiy suv bilan (1 litr suvga 2 osh qoshiq nisbatida) va shundan soʻng pol yuvish uchun moʻljallangan vosita bilan artib chiqish lozim. Bu usul pol sirtini bekam-u koʻst tozalashga imkon beradi.
- Agar oshxonadagi havoni soʻrib oluvchi qurilmaga qandaydir kimyoviy vosita sababli shkast yetgan boʻlsa, bu nuqsonni berkitish mumkin. Buning uchun shikastlangan yuzani oʻsimlik moyi bilan artib tashlash kerak.
Foydali maslahatlar - Idishlarni yuvish uchun moʻljallangan hamma vositalar ham chashkadagi choy yoki qahva dogʻini birday yaxshi ketkaza olmaydi. Chashkalar oqarish oʻrniga sargʻayib qoladi. Bu dogʻlarni oddiy ichimlik sodasi yordamida ketkazish mumkin. Gubkaning yumshoq tarafiga kam miqdorda soda surtib, idishni u bilan artiladi. Idish xuddi yangidek boʻladi.
Foydali maslahatlar - Tovada taom tayyorlagandan soʻng, uni issiqligida darhol sovuq suv bilan yuvmaslik kerak. Chunki keyinchalik taom tagiga oladigan boʻlib qoladi. Tovaning sovishini kutish va shundan keyingina uni yuvish lozim.
|
| |