|
Xarajatlar auditi xususiyatlari
|
bet | 3/3 | Sana | 09.06.2024 | Hajmi | 372,61 Kb. | | #261941 |
Bog'liq Moliyaviy natijalar auditiXarajatlar auditi xususiyatlari. - U korxona tannarxini hisoblash tizimini tahlil qilib, uning ko'rib chiqilayotgan mahsulot tannarxini aniqlashga mos kelishini aniqlaydi.
- Amaldagi xarajatlarni hisobga olish qoidalarining ko'rib chiqilayotgan mahsulotga muvofiqligini baholaydi.
- Narxlar auditi hisobotida qonun hujjatlarida nazarda tutilgan barcha zarur ma'lumotlarni o'z ichiga olganligiga ishonch hosil qilish uchun, ko'rib chiqilayotgan mahsulotga murojaat qilgan holda, konsernning ish samaradorligini baholaydi.
- U hisobotni belgilangan formatda taqdim etilishini ta'minlaydi.
Avvalambor, auditor korxonada tayyor mahsulot qanday baholanishini aniqlashi kerak. Xozirgi kunda mahsulot baholashning quyidagi turlaridan foydalaniladi: - - amaldagi (to’liq) ishlab chiqarish tannarxi bo’yicha;
- - ulgurji narxlar qat’tiy hisob narxlari sifatida qabul qilingan sotishning ulgurji narxlari bo’yicha. Bunda farqlar alohida hisobvaravda hisobga olinadi;
- - rejali (me’yoriy) ishlab chiqarish tannarxi bo’yicha. Shuningdek, amaldagi ishlab chiqarish tannarxi farqlari rejali yoki me’yoriy narxlardan alohida hisoblanadi:\
- -QQS summasiga oshirilgan erkin sotish narxlari bo’yicha;
- - erkin bozor (sotuv) narxlari bo’yicha
Tayyor mahsulotni ishlab chiqarish va sotish bo’yicha buxgalteriya hisobini yuritishda odatda sodir etiladigan xatolar quyidagilar bo’lishi mumkin - mahsulotni sotish buxgalteriya hisobida "to’lov bo’yicha" yuritilishi;
- sotilgan mahsulotning tannarxi noto’g’ri hisoblanishi;
- hisobning ushbu bo’limi bo’yicha hujjatlar to’g’ri va o’z vaqtida yuritilmasligi;
- mahsulot sotilishini hisobda aks etishda hisobvaraqlar noto’g’ri korrespondentlanishi.
- «Tovar-moddiy zahiralar» nomli BHMS ga muvofiq tugallanmagan ishlab chiqarish, ish va xizmat ko’rinishidagi korxona aktivlari ham tovar- moddiy zahiralar bo’lib hisoblanadi.
- Tugallanmagan ishlab chiqarishlarga ishlab chiqarish jarayonining barcha texnologik bosqichlaridan o’tmagan mahsulotlar hamda komplektlanmagan, sinovdan va texnik qabuldan o’tmagan buyumlar kiradi.
- Tugallanmagan ishlab chiqarishni baholashning turli usullari mavjud:haqiqiy o’lchov, donabay o’lchov, hajmini o’lchash, shartli qayta baholash. Ommaviy yoki seriyali ishlab chiqarishda hisobot davrining oxiriga tugallanmagan ishlab chiqarishlar qoldiqlari normativ yoki rejadagi ishlab chiqarish tannarxi (to’liq yoki to’liqmas) bo’yicha, bevosita xarajat moddalari bo’yicha, hamda xom-ashyo, materiallar va yarim fabrikatlar qiymati bo’yicha baholanadi.
- Tugallanmagan ishlab chiqarishni baholashning ishonchliligi to’g’risida fikr shakllantirish ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulotlar tannarxini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishning muhim yo’nalishlaridan biri bo’lib hisoblanadi.
- Tugallanmagan ishlab chiqarishni auditorlik tekshiruvidan o’tkazish jarayonida quyidagi masalalarni o’rganish zarur:
- xarajatlar hisobini ahvoli;
- inventarizatsiya o’tkazishning o’z vaqtidaligi va to’g’riligi;
- inventarizatsiya natijalarini aks ettirishning ishonchliligi;
- tugallanmagan ishlab chiqarishning texnologiyasi va belgilangan me’yorlariga (agar ular korxonda tasdiqlangan bo’lsa) rioya qilinishi va uni baholashning to’g’riligi.
- Tugallanmagan ishlab chiqarishlarni inventarizatsiya qilish «Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va realizatsiya xarajatlar tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risidagi Nizom» va u asosida ishlab chiqilgan tarmoq yo’riqnomalarida belgilangan tartibga muvofiq ularning hajmi va haqiqiy tannarxini aniqlash maqsadidan iborat.
- Inventarizatsiyani boshlashdan oldin tsexlarga kerak bo’lmagan barcha materiallar, sotib olingan detallar va yarim tayyor mahsulotlar, shuningdek mazkur bosqichda ishlov berilishi tugatilgan detallar, qismlar va agregatlar omborxonaga topshirilishi kerak.
- Tsexlardagi boshlab qo’yilgan tugallanmagan ishlab chiqarishlar va yarim tayyor mahsulotlar ularning miqdorini to’g’ri aniqlash va qulay sanalishini ta’minlaydigan tartibga keltirilgan bo’lishi kerak.
- Ishlab chiqarilishi tugallanmagan mahsulotlarni (detallar, qismlar, agregatlar) qoldigi haqiqatda sanash, tortish, o’lchash yo’li bilan tekshirilib amalga oshiriladi.
- Ro’yxatlar har bir tsex (uchastka, bo’linma) bo’yicha tugallanmagan ishlab chiqarishlar nomi, ularning tayyorlik darajasi, soni yoki hajmi, qurilish-montaj ishlari bo’yicha ish hajmi ko’rsatilib; tugallanmagan korxonalar, ularning navbatlari
- Ish joylarida qayta ishlanishi boshlanmagan xom ashyo, materiallar va sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar tugallanmagan ishlab chiqarish ro’yxatiga kiritilmaydi, alohida inventarizatsiya qilinadi va alohida ro’yxatlarda qayd qilinadi. To’liq yaroqsiz deb topilgan detallar ham tugallanmagan ishlab chiqarish tarkibiga kiritilmaydi.
- Bir xil bo’lmagan massa yoki qorishmadan iborat bo’lgan tugallanmagan ishlab chiqarishlar bo’yicha (sanoatning tegishli tarmoqlarida) inventarizatsiya ro’yxatlarida, shuningdek, solishtirish vedomostlarida ikkita miqdoriy ko’rsatkich keltiriladi: ushbu massa yoki qorishma miqdori va uning tarkibiga kiruvchi xom ashyo miqdori yoki materiallar (alohida nomlari bo’yicha). Xom ashyo va materiallarning miqdori tarmoq yo’riqnomalari bilan belgilangan tartibda texnik hisob-kitob bo’yicha aniqlanadi.
- Tugallanmagan kapital qurilish soni va hajmi inventarizatsiya paytida uning haq to’langan qismini hamda tekshirish yo’li bilan aniqlanadi. Inventarizatsiya dalolatnomalarida ob’ektning nomi va ushbu ob’ekt bo’yicha bajarilgan ishlarning, konstruktiv elementlarning, jihozlarning va h. k. har bir alohida turi bo’yicha ko’rsatiladi. Xususan, inventarizatsiya komissiyasi quyidagilarni tekshiradi.
- tugallanmagan kapital qurilish tarkibida montajga berilgan, lekin haqiqatda montaji boshlanmagan uskunani hisobda turganligi yoki yo’qligi;
- qurilishi butkul to’xtatilgan yoki vaqtincha to’xtatilgan qurilish ob’ektlarining ahvoli.
- Mazkur ob’ektlar bo’yicha, qisman, ularni butkul to’xtatilish sabablari va asoslarini aniqlash kerak.
- Haqiqatda foydalanishga to’liq yoki qisman topshirilgan, qabul qilinishi va ishga tushirilishi tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirilmagan, qurilishi tugallanmagan ob’ektlarga alohida dalolatnomalar tuziladi. Alohida dalolatnomalar tugallangan, lekin nima uchundir foydalanishga topshirilmagan ob’ektlarga ham tuziladi. Mazkur dalolatnomalarda ko’rsatilgan ob’ektlar foydalanishga topshirilishini rasmiylashtirishning kechiktirilganlik sabablari ko’rsatiladi.
|
| |