• 1-jadval Qutqaruv otryadlarining tashkiliy tuzilishi quyidagicha bo‘lishi mumkin FVDT boshqaruv organlarining ob’ektlar darajasidagi vazifalari quyidagilardan iborat
  • Respublika darajasidagi FVDT boshqaruv organlarining asosiy vazifasi quyidagilardan iborat




    Download 203,5 Kb.
    bet11/13
    Sana24.01.2024
    Hajmi203,5 Kb.
    #144369
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
    Bog'liq
    1516461194 70056

    Respublika darajasidagi FVDT boshqaruv organlarining asosiy vazifasi quyidagilardan iborat:

    • tabiiy favqulodda vaziyatlar oqibatlarini imkoni boricha pasaytiruvchi chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik qilish, FV sharoitida xalq-xo‘jalik tarmoqlarining barqaror faoliyat ko‘rsatishlarini ta’minlash;

    • aholi va xududlarni FVlardan muhofaza qilish sohasida Respublika maqsadli va ilmiy-texnik dasturlarni ishlab chiqishda qatnashish;

    • respublika markazlashtirilgan habar berish tizimini yaratish va uni doimiy tayyor holda saqlash;

    • atrof-muhit hamda kuchli xavfli ob’ektlarning holatini kuzatish va nazorat qilish tizimini tashkil etish, FVlarni bashoratlash;

    • boshqaruv organlari, FVDT kuchlari va vositalarining FVlarda harakat qilishga tayyorgarligini ta’minlash;

    • avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni, shu jumladan, evakuatsiya ishlarini o‘tkazishga oid tadbirlarning bajarilishini ta’minlash, zarar ko‘rgan aholi uchun hayot sharoitini yaratish;

    • favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun Respublika moliyaviy va moddiy resurslar zahirasini yaratish;

    • FVlardan zarar ko‘rgan aholini ijtimoiy muhofaza qilishga oid tadbirlarni amlga oshirishda qatnashish;

    • favqulodda vaziyatlarda idoraga qarashli ob’ektlarning rahbarlari tarkibi, kuch va vositalarini, shuningdek xodimlarini tayyorlashni muvofiqlashtirish va boshqa omillarni bajarish.

    1-jadval Qutqaruv otryadlarining tashkiliy tuzilishi quyidagicha bo‘lishi mumkin

    FVDT boshqaruv organlarining ob’ektlar darajasidagi vazifalari quyidagilardan iborat:

    • favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, ob’ektlar ishining FV chog‘ida ishonchliligi va barqarorligini oshirishga doir tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik qilish;

    • boshqaruv organlarining, ob’ektlar kuch va vositalarining FV chog‘idagi harakatlarga tayyorligini ta’minlash;

    • avariya-qutqaruv hamda boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarga shu jumladan, ob’ektlar xodimlarini evakuatsiya qilishga rahbarlik qilish;

    • favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy

    resurslar zahiralarini yaratish;

    • ob’ektlarning rahbarlar tarkibi, kuch va vositalari, shuningdek xodimlarini FVlardagi harakatlarga tayyorlashni tashkil etish.

    Har bir korxonaning F.M boshlig‘i, F.M.ni tashkil etilishini, uning holatini, kuchlarini, texnikasini doimiy tayyor holatda bo‘lishligini nazorat etadi, hamda qutqaruv va qayta tiklash ishlariga boshchilik qiladi. Korxona F.M ning boshlig‘i shu korxona joylashgan rayon F.Mga va shu korxonaning yuqori tashkiloti F.Msiga bo‘ysunadi.
    Har bir korxonaning F.M. boshlig‘iga o‘rinbosar tayinlanadi (2-jadvalda).
    Katta korxonalarda bir necha o‘rinbosarlar tayinlanadi, jumladan:

    1. ishchi xizmatchilarni joylashtirish (yoki evakuatsiya);

    2. muxandis-texnik ishlari bo‘yicha;

    v) moddiy texnika ta’minoti bo‘yicha.
    F.M.ning ishchi xizmatchilarni joylashtirish bo‘yicha o‘rinbosari joylashtirish rejalarini tashkil etadi, ularni oilalarini evakuatsiya qilish, jamoat tartibini saqlash ishlariga boshchilik qilish hamda ishchi xizmatchilarni bir joydan ikkinchi joyga tashish ishlarini tashkillashtirish vazifalarini bajaradi.
    F.M.ning muxandis-texnik bo‘limi o‘rinbosari korxonaning bosh injeneri hisoblanadi. Buning vazifasi ishlab chiqarishni alohida rejim asosida ishlash rejasini tuzish, tinchlik davrida ishlab chiqarishni muttasil ishlashini ta’minlash, ekstremal holatlarda avariya-texnika va yong‘inga qarshi hizmatlarni, qutqarish ishlarini olib boradi.
    Bundan tashqari, tabiiy ofatlar, avariya, halokat bo‘lganda qutqarish va avariyani to‘sish, hamda qayta tiklash ishlariga boshchilik qiladi.

    1. M.ning moddiy texnika ta’minoti bo‘yicha o‘rinbosari qilib korxonaning ta’minot bo‘yicha boshliq o‘rinbosari tayinlanadi. Bu mansabdor shaxs, maxsus jihozlarni, texnika, transport va muhofazaga taaluqli jihozlar bilan ta’minlaydi va saqlaydi. Yana u boshpanalarni qurish va o‘z qo‘l ostidagi ishchi xizmatchilarni evakuatsiya qilishni ta’minlaydi hamda inshoatlarni ta’mirlash ishlarini bajaradi.


    Download 203,5 Kb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




    Download 203,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Respublika darajasidagi FVDT boshqaruv organlarining asosiy vazifasi quyidagilardan iborat

    Download 203,5 Kb.