• F.M. shtabi asosida quyidagi xizmatli tizimlar tashkil etiladi
  • -jadval Xalk xo‘jaligi tarmoqlarida fuqarolar muhofazasini tashkiliy tuzilishi




    Download 203,5 Kb.
    bet12/13
    Sana24.01.2024
    Hajmi203,5 Kb.
    #144369
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
    Bog'liq
    1516461194 70056

    2-jadval Xalk xo‘jaligi tarmoqlarida fuqarolar muhofazasini tashkiliy tuzilishi
    Korxonada F.M.ning shtabi tuziladi. Bu shtabda har hil bo‘yruqlar, bajariladigan chora-tadbirlar va F.M.ning yuqori tashkilot talabnomalari, ish rejalari ishlab chiqiladi, uni bajarilish hisobotlari tuziladi. Korxona shtab boshlig‘i etib, shu korxonaning F.M. boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari tayinlanadi. F.M.ning shtabi ishchi xizmatchilarni va korxona xodimlari oilalarini qirg‘in qurollar ta’siridan, dushmanning bevaqt hujumidan o‘z vaqtida ogoh qilish vazifasi turadi.
    F.M. shtabi asosida quyidagi xizmatli tizimlar tashkil etiladi:
    a) aloqa va tashviqot;
    b) meditsina;
    v) radiatsiya va kimyoviy qurollar ta’siriga qarshi;
    g) jamoat tartibini saqlash;

    1. elektr ta’minoti;

    2. avariya-texnikani ta’mirlash;

    j) panada va qochoqlar maskanida xizmat ko‘rsatish;
    z) transportda xizmat ko‘rsatish;
    i) moddiy ta’minot va boshqalar vazifalar.
    Bularga maxsus topshiriqlarni bajarish vazifalari topshiriladi. Yuqoridagi xizmatlarga F.M. boshliq etib, bo‘lim, tsex, smena boshliqlari boshlig‘i tomonidan tayinlanadi.
    Yuqorida ta’kidlangan fuqarolar muhofazasining xizmatli tizimlaridan tashqari texnika va transport vositalariga maxsus qayta ishlov berishda FMning bir qator xizmatli qismlari keng ishlarni tashkil etadi. Jumladan, FM laboratoriyalari radioaktiv va zaharli moddalarni aniqlash uchun radiometrik va kimyoviy taxlil ishlarini olib boradi. Ular asosan korxona yoki tashkilotlarning laboratoriyalari tarkibida tashkil etilib, unga mutaxassislar jalb qilinadi va kerakli asbob uskunalar bilan jihozlanadi.
    Radioaktiv moddalar va biologik vositalar bilan zaharlangan odamlarni to‘liq sanitar qayta ishlovdan o‘tkazish uchun yuvinish maskanlari tashkil etiladi. Bu maskanlar asosan hammom va dushxonalar asosida tashkil etilib, ular oldindan tayyorlab qo‘yiladi. Bu maskanlarda kiyim-kechaklar, poyafzal va shaxsiy saqlovchi vositalarni dezaktivatsiya qiluvchi maydonchalar tayyorlanib jihozlanadi. Bir yuvinish maskani bir soatda 80 odamni qayta ishlovdan o‘tkazadi.
    Kiyim-kechak, poyafzal shaxsiy saqlovchi vositalarni degazatsiya, dezaktivatsiya va dezinfektsiya qilish uchun kiyim-kechaklarni zararsizlantiruvchi maskanlar tashkil etiladi. Bular asosan hammom va kiyim-kechaklarni yuvuvchi maskanlar tarkibida tashkil etiladi. Bunday maskanlar 1 soat ichida 50-100 kg kiyim-kechaklarni qayta ishlash quvvatiga ega.
    Transport vositalarni degazatsiya, dezinfektsiya va dezaktivatsiya qilish uchun esa zararsizlantirish shohobchalari tashkil etiladi. Bu zararsizlatirish shohobchalari asosan transportlarni yuvuvchi qismlari tarkibida tashkil etilib, ular 1 soat mobayinida 4-5 ta yuk avtomashinalarini zararsizlantirish imkoniyatiga ega.
    Demak favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda asosiy rolni favqulodda vaziyatlar davlat tizimi (FVDT) kuch va vositalari o‘ynaydi.

    Download 203,5 Kb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




    Download 203,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -jadval Xalk xo‘jaligi tarmoqlarida fuqarolar muhofazasini tashkiliy tuzilishi

    Download 203,5 Kb.