• 1. Korxona tarkibi
  • Mavzu: mashinasozlik korxonasi tarkibi




    Download 20.78 Kb.
    bet1/4
    Sana11.10.2023
    Hajmi20.78 Kb.
    #87581
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Mashinasozlik k o r X o n a si tarkibi 2
    3 ámeliy, 2-lab , Avtomatlashtirilgan P2, Ma\'ruza -2 (ALTA)

    Mavzu: MASHINASOZLIK KORXONASI TARKIBI
    Reja:
    Kirish

    1. Korxona tarkibi

    2. Tayyorlov sexlari guruhi

    3. Ishlov beruvchi sexlar guruhi

    4. Yordamchi sexlar guruhi

    Xulosa
    Adabiyotlar

    Kirish
    Ko'pgina o'rta sinfli korxonalarda po'lat quyish sexini cho'yan quyish sexi bilan bir binoda joylashtiriladi. Bunda yordamchi binolar umumiy foydalanishda bo'ladi. Rangli metall quyish sexi — shakllash, sterjen, kesish va eritish bo'limlari, quyma va opoka omborlaridan iborat. Agar rangli metall quyish uncha katta hajmda bo'lmasa, u holda sex cho'yan quyish sexining bo'limi bo'lib hisoblanadi. Temirchilik, temirchilik-presslash va temirchilik-shtamplash sexi — o'z tarkibida shaxsiy temirchilik (presslash) bo'limiga ega bo'lib, bu yerda, bolg'alash va presslash (bolg'a, press, pechlar va h.k) jihozlari o'rnatilgan bo'lib, ushbu sexda temirchilik ishlari bajariladi hamda termik va tayyorlov bo'limlari. metallar omboriga ega bo'ladi. Tayyorlov sexi — sortli metallardan zagotovkalar tayyorlash uchun xizmat qiladi Bu sexning vazifasiga korxonaning barcha mexanika sexlari uchun sortli metallarga dastlabki ishiov berish operatsiyalarini bajarish kiradi. Bu operatsiyalar zagotovkalarni kesish, to'g'rilash, markazlash va dagal yonish ishlaridan iborat bo'ladi. Agar mexanika sexining bunday zagotovkalarga ehtiyoji ko'p bo'lsa u holda, ushbu mexanikd sexi tarkibida tayyorlov uchastkasi tashkil etilib, bu uchastka mexanikd sexining metallar va zagotovkalar ombori bilan birgalikdd joylashtiriladi.


    1. Korxona tarkibi


    Barcha sexlar va qurilmalarni o'z ichiga oluvchi zamonaviy mashinasozlik korxonalarning vazifasi va tavsifi bo'yicha ularni bir necha guruhga bo'lish mumkin. Konona tarkibi uning ishlab chiqarayotgan mahsuloti hajmi, texnologik jarayon tavsiti, mahsulot sifatiga qoyilgan talab va boshqa ishlab chiqarish omillariga asosan aniqlanadi.
    Loyihalanayotgan korxona kooperatsiya tartibida quymalarni chetdan, ya'ni boshqa korxonadan olsa, u hołda uning tarkibida quyish sexi bo'lmaydi. Masalan, ayrim dastgohsozlik korxonalari quymalarni maxsuslashgan korxonalardan oladi.
    Agar loyihalanayotgan korxonada yirik bolg'alangan zagotovkalar tayyorlash ko'zda tutilgan bo'lib, yirik bolg'alangan zagotovkalarni boshqa korxonadan Olib kelinsa, u hołda temirchilik sexi faqat mayda detallar uchun, ya'ni ta'mirlash ishlari uchun loyihalanadi.
    Ko'pchilik hollarda korxonalar tarkibida quyish, temirchilik, shtdmplash sexlari va mahkamlash mahsulotlari tayyorlovchi (bolt, gayka, shpilka, shayba, zirx) sexlar bo'lmaydi. Ushbu mahsulotlar kooperatsiya tartibida yetkazib beriładi. Undan tashqari ommaviy ishlab chiqarish korxonalari ko'pchilik uzel va agregat[arni ham tayyor hołda kooperatsiya tartibida oladi. Masalan, traktor ishlab chiqarish korxondlari tayyor dvigatellar va agregatlarni boshqa korxonadan oladi. Undan tashqari ommaviy ishlab chiqarish korxonalari ko'pchilik uzel va agregat[arni ham tayyor hołda kooperatsiya tartibida oladi. Masalan, traktor ishlab chiqarish korxondlari tayyor dvigatellar va agregatlarni boshqa korxonadan oladi.
    Tarkibi va ishlab chiqarish sikli bosqichiga qarab mashinasozlik korxonakari quyidagi 3 turga bo' linadi,
    Birinchi turga — to'liq ishlab chiqarish sikliga ega bo'lgan, mashinani tayyorlashning barcha bosqichlarini o'z ichiga Olgan korxonalar kiradi. Bunday korxonalarda barcha asosiy guruhdagi sexlar, ya'ni tayyorlov, ishlov beruvchi va yiguv sexlari mavjud bo'ladi.
    Ikkinchi turga - mashinalarni ishlab chiqarish uchun faqat zagotovkalar tayyorlaydigan korxonalar kiradi, ya'ni quyma, bolg'alangan zagotovka, shtampovkalar bilan boshqa korxonalarni ta'minlaydi. Bunday kononalarning yirik quyish va temirchilik sexlari korxonđning asosiy sexlari bo'lib hisoblanadi. Bu korxonalarda tayyorlangan zagotovkalarga qisman mexanik ishlov ham beriladi. yani nuqsonni aniqlash uch un sirtlar lozalanadi.
    Uchinchi turga — boshqd korxonaldrdan olingan zagotovkalarga mexanik ishlov berish va mahsulotni yig'ish hamda boshqa korxonalarda olingan tayyor detal va uzellarni yig'ish korxonalari kiradi. Birinchi holatda korxona tarkibi asosiy ishlov beruvchi va yig'uv sexlari, ikkinchi holatda esd faqat yig'uv sexlari mavjud xolos.
    Umuman olganda korxona tarkibida quyndagi sex guruhlari: tayyorlov sexlari, ishlov beruvchi va yig'uv sexlari, yordamchi sexlar, ombor, energetika, transport, sanitar-texnik va umumkorxona qurilmalari guruhi mavjud bo'ladi.



    Download 20.78 Kb.
      1   2   3   4




    Download 20.78 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: mashinasozlik korxonasi tarkibi

    Download 20.78 Kb.