MUSTAQIL TA’LIM ISH REJALARI
1- MUSTAQIL ISH (4-soat).
Mavzu. Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikalari zavodida ishlab chiqarilayotgan
traktorlarning texnik - iqtisodiy ko‘rsatkichlari.
Ishning maqsadi:
Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikalari zavodida ishlab chiqarilayotgan
traktorlarning texnik - iqtisodiy ko‘rsatkichlariga oid ma’lumotlarni o‘zlashtirish.
Hisobot shakli
: Ishlab chiqarilayotgan traktorlarning texnik - iqtisodiy ko‘rsatkichlarini
jadval ko’rinishida tayyorlash
Tayyorlash uchun sarflanadigan vaqt
: 4 soat
Topshiriqni bajarish uchun metodik ko‘rsatmalar
:
1. Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikalari zavodi to’g’risida ma’lumotlar yig’ish.
2. Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikalari zavodida ishlab chiqariladigan traktorlarning
texnik tafsilotlarini o’rganish.
3. Traktorlarning texnik - iqtisodiy ko‘rsatkichlarini jadval ko’rinishida tayyorlash.
Baholash mezoni:
Jadval mavzu mazmunini o‘zida to‘liq mujassamlashtirgan, to‘rtala ustun ham to‘g‘ri
to‘ldirilgan bo‘lsa «5»;
Jadval mavzu mazmunini mujassamlashtirgan, ustunlardan biri qisman to‘ldirilgan bo‘lsa
«4»;
Jadval mavzu mazmunini o‘zida qisman mujassamlashtirgan, ustunlardan biri
to‘ldirilmagan bo‘lsa «3»;
Jadval mavzu mazmunini o‘zida mujassamlashtirmagan, ustunlardan biri to‘ldirilmagan
bo‘lsa «2».
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1.A.Obidov, R.Halilov va boshqalar Qishloq xo‘jaligini ishlab chiqarishini
mexanizatsiyalashtirish. Toshkent «O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati» - 2018 (lotin
alifbosida).
2. Shoumarova M., Abdillayev T. Qishloq xo‘jaligi mashinalari. Toshkent, O‘qituvchi
2002y. (darslik).
3. Mamasov Shavkat Alikulovich, Nurmixamedov Buron Umarovich, Mirzaxodjayev
Sherzodxo‘ja Shoxruxovich Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish
fanidan laboratoriya mashg‘ulotlari. Samarqand – 2021
4. Shoumarova M., Abdillayev T. Qishloq xo‘jaligi mashinalari. Toshkent 2006y. (lotin
alifbosida darslik)
5. O.K.O‘rimboyev va boshqalar. «Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini mexanizatsiyalash»
(Ma’ruzalar matni).
Elektron adabiyotlar va QRcode havolalar.
https://staff.tiiame.uz/storage/users/700/presentations/20JSddsiNVCW9D2MDmIUot5I6
QPoiDrX2ik4Ta1D.pdf
https://www.youtube.com/watch?v=z6On3SEebX4
|