• 3. Eritmalar. Asosiy tushunchalar
  • Gazlarning suyuqliklarda erishi
  • Genri qonuniga ko’ra, o’zgarmas temperaturada gazlarning eruvchanligi eritma ustidagi gaz bosimiga to’g’ri proporsional bo’ladi
  • (Dalton-Genri qonuni).
  • Bu nuqta uchlamchi nuqta deb nom oldi va uning koordinatalari aniq qiymatli bo’ladi




    Download 45,54 Kb.
    bet3/4
    Sana26.01.2024
    Hajmi45,54 Kb.
    #146286
    1   2   3   4
    Bog'liq
    2 Fazoviy muvozanat

    Bu nuqta uchlamchi nuqta deb nom oldi va uning koordinatalari aniq qiymatli bo’ladi.
    Qarab chiqilgan sistemadagi uchlamchi nuqta uchun komponentlar soni K=1, fazalar soni F=3 va fazalar qodasiga muvofiq erkinlik darajalari soni quyidagiga teng bo’ladi. S=K-F+2=1-3+2=0
    Egri chiziqlarda yotuvchi nuqtalar uchun erkinlik darajalari sonini xisoblaymiz. Bu nuqtalar uchun erkinlik darajalari soni K=1 va F=2 (ikki fazalar muvozanat holatda), shuning uchun
    S=K-F+2=1-2+2=1
    Demak, agar biron bir parametr o’zgarsa, (P yoki Т), u holda muvozanatni saqlash uchun ikkinchi parametr birinchi parametrga mos ravishda o’zgarishi kerak. Ixtiyoriy oraliqda yotuvchi nuqtalar uchun K=1 va F=1 qiymatlarida erkinlik darajalari soni quyidagicha bo’ladi:
    S=K-F+2=1-1+2=2
    ya’ni fazalar soni o’zgarmagan holda ma’lum oraliqda P va Т qiymat bir –biriga bog’liq bo’lmagan holda o’zgaradi.
    3. Eritmalar. Asosiy tushunchalar
    Ikki yoki bir necha moddadan iborat bir jinsli (gomogen) sistemalar eritmalar deb ataladi. Eritma hajmining barcha qismlarida kimyoviy tarkib va fizik xossalar bir xil bo’ladi. Erish jarayonida o’z agregat holatini saqlab qoluvchi modda ko’pincha erituvchi deb qabul qilinadi; u eritmada nisbatan ko’p bo’ladi, erigan modda eritmada oz miqdorda bo’ladi va eritma hajmi bo’ylab bir tekis taqsimlanadi. Eritmalar uch agregat holatda-qattiq, suyuq va gaz holatlarida bo’lishi mumkin.
    Erigan moddaning qanday holatda va uning zarrachalari o’lchamiga qarab eritmalar uch guruhga bo’linadi:
    1. Molekulyar–dispers eritmalar.


    2. Ion–dispers eritmalar.


    3. Kolloid eritmalar.


    Molekulyar-dispers eritmalarda erigan modda molekulalargacha parchalangan bo’ladi. Misol sifatida, saxaroza C12H22O11 ning suvdagi eritmasini olish mumkin.


    Ion dispers eritmalarda erigan modda ionlargacha parchalangan bo’ladi. Bunga misol sifatida NaCI ning suvdagi eritmasini keltirish mumkin. Kolloid eritmalarda-erigan modda 1-10-3nm kattalikdagi zarralarga ajralgan bo’ladi. misol sifatida oqsilning suvdagi eritmasini olish mumkin (nm-nanometr,1nm10–9m yoki , ).
    Eritmaning tarkibi uning konsentratsiyasi bilan xarakterlanadi. Eritma yoki erituvchining ma’lum og’irlik miqdori yoki ma’lum hajmdagi erigan modda miqdoriga konsentratsiya deyiladi. Konsentratsiyani turlicha ifodalash mumkin: hajm va og’irlik o’lchamlarida. Hajm birligida ifodalangan konsentratsiyaga-normal,molyar;og’irlik birligida ifodalangan konsentratsiyaga- foiz, mol, mol nisbati (mol foiz) kiradi. molyar konsentratsiya-bu erigan modda miqdorining eritma hajmiga bo’lgan nisbatidir. SI birliklar sistemasida molyar konsentratsiyasining o’lchov birligi mol/m3 yoki mol/l. Molyar konsentratsiyasi-bu erigan modda miqdorining erituvchi massasiga bo’lgan nisbati bo’lib, uni mol/kg da o’lchanadi. Agar n1, n2, ... ni lar 1, 2, 3, …, i moddalarning eritmadagi mol sonlari bo’lsa i komponentning mol nisbati

    4.Gazlarning suyuqliklarda erishi
    Gazlarning suyuqliklarda erishi gazning tabiatiga va erituvchiga, temperaturaga va bosimga ko’p jihatdan bog’liq bo’ladi. Agar gaz va erituvchi o’rtasida kimyoviy o’zaro ta’sir bo’lmasa, u holda eritmadagi gaz konsentratsiyasi uncha katta bo’lmaydi. Masalan, normal sharoitda bir litr suvda 0,002g vodorod eriydi. Shunday kam miqdorda suvda azot eriydi. Kislorodning suvda eruvchanligi azotnikiga nisbatan taxminan ikki marta katta, shuning uchun suvda erigan havo, havo atmosferasiga qaraganda kislorodga ancha boy bo’ladi. Ba’zi bir gazlar masalan, ammiak suv bilan o’zaro ta’sirlashadi va uning suvdagi eruvchaligi (1l suvda 875g ammiak) yuqoridir.
    Gazlar eruvchanligining bosimga bog’liqligi Genri qonuni bo’yicha aniqlanadi. Genri qonuniga ko’ra, o’zgarmas temperaturada gazlarning eruvchanligi eritma ustidagi gaz bosimiga to’g’ri proporsional bo’ladi:

    bunda C-eritmadagi gaz konsentratsiyasi; K-proporsionallik koeffitsiyenti bo’lib, u suyuqlik va gazning tabiatiga bog’liq; P-eritma ustidagi gaz bosimi.


    Genri qonuni suyultirilgan eritmalar uchun faqat past bosimlardagina o’rinlidir.

    Gazlar aralashmasi eritilganda har qaysi gaz mustaqil ravishda eriydi, ya’ni ma’lum bir gazning erishiga aralashmadagi boshqa gazlar ta’sir ko’rsatmaydi, erish faqat gazning porsial bosimiga proporsional bo’ladi (Dalton-Genri qonuni). Erituvchi bilan o’zaro ta’sirlashuvchi gazlar (masalan, NH3, SO2, HCI suv bilan), Genri qonuniga bo’ysunmaydi. Ularning eruvchanligi bosim kattalashishi bilan ancha murakkab qonun bo’yicha ortadi.
    Eritma ustidagi gaz bosimining kamayishi gaz eruvchanligining pasayishiga va uni suyuqlikdan pufakchalar ko’rinishida ajralib chiqishiga olib keladi. Bunga ko’pgina salqin ichimliklar misol bo’ladi, ularda yuqori bosimda uglerod ikki oksidi erigan bo’ladi. Bunday suvli shisha idishlarning og’zi ochilishi bilanoq suyuqlik ustidagi bosim birdan kamayib ketadi va erigan CO2 jadal ajralib chiqa boshlaydi.
    Gazlarning erishi doimo issiqlik ajralishi bilan boradi. Тemperatura ortishi bilan muvozanat endotermik jarayon tomon ko’chadi va gazlarning erishi sustlashadi; temperatura kamayishi bilan gazlarning erishi tezlashadi. Uzoq vaqt qaynatish natijasida erigan gazlarni suyuqliklardan uloqtirish mumkin. Bu jarayonlardan oziq-ovqat sanoatida sabzavotlardan yarim fabrikatlar- pyure tayyorlashda qo’llaniladi.
    Gazlarning eruvchanligi eritmada uchinchi komponent paydo bo’lishi bilanoq kamayadi. Masalan, gazlar elektrolit eritmalarda toza suvdagiga nisbatan ancha yomon eriydi. 200C va 101,3 kPa bosimda 1 l suvda 6,7g xlor erisa, 26% li natriy xlorid eritmasida 0,9g eriydi, shuning uchun suyuqlik ustida xlorni saqlashda suvni natriy xlorid eritmasiga almashtirish mumkin. Shuningdek, gazlarning suvdagi eruvchanligini ko’pgina noelektrolitlar ham kamaytiradi.

    Download 45,54 Kb.
    1   2   3   4




    Download 45,54 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bu nuqta uchlamchi nuqta deb nom oldi va uning koordinatalari aniq qiymatli bo’ladi

    Download 45,54 Kb.