VIRTUAL KO`RGAZMALAR HAQIDA TUSHUNCHA




Download 108,5 Kb.
bet6/26
Sana20.09.2024
Hajmi108,5 Kb.
#271746
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
Fine reader dasturi va unda ishl (1)

1.3. VIRTUAL KO`RGAZMALAR HAQIDA TUSHUNCHA
Virtual ko`rgazmalar bilim oluvchilarning tasavvurini kengaytirishga, nazariy olgan bilimlarini rivojlantirishga va qo`shimcha ma`lumotlar bilan ta`minlashga yo`naltirilgan bo`ladi.

Uzluksiz ta`lim tizimida fan va texnologiyalarning rivojlangani sari mazmuni tez o`zgaruvchan, chuqurlashtirilib o`qitiladigan umumkasbiy va maxsus fanlar bo`yicha elektron o`quv adabiyotlarini va virtual ko`rgazmalarni tayyorlash o`qitish jarayonida yaxshi samara beradi .


Ta`limni islox qilish shunday elektron o`quv adabiyotlarini yaratishni talab qiladiki ularning mavjud bo`lishi o`quvchilar va o`qituvchilar uchun, ta`lim muassasi va uy sharoitida bir xil bo`lgan komp’yuterli muxitni ta`minlashni taqoza etadi.
Elektron o`quv adabiyotlari bilan bog’liq bo`lgan ko`pgina tushunchalarning keng ma`nodagi izohli talqini komp’yuter va axborot texnologiyalari rivojlanib borishi bilan yanada kengayib borayotgan bilimlar bilan to`ldirilib borilmoqda.
Shuning uchun elektron o`quv adabiyotlari yaratish bilan bog’liq bo`lgan asosiy tushunchalarni oydinlashtirib, aniqlashtirib o`tishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz [3].
Zamonaviy o`kuv jarayonida komp’yuter texnologiyalaridan foydalanishga ko`proq e`tibor qaratilmoqda. O`quv jarayonini komp’yuterlashtirish bir necha yil oldin boshlangan bo`lsa ham, ko`pchilik uchun komp’yuter texnologiyalaridan foydalanib ta`lim faoliyatini olib borish yangi usul sifatida tushuniladi.
Komp’yuter texnologiyalari o`qish sifatini ancha oshirishi mumkin. Ammo komp’yuterlardan o`kuv jarayonida foydalanish bu hali muvaffaqiyat garovi emas va faqat uni to`g’ri tadbiq etib ahamiyatli natijalarga erishish mumkin.
Hozirgi davrga kelib, o`qitishga mo`ljallangan ko`plab elektron vositalar ishlab chiqilgan (O`MEV), elektron ko`rinishga keltirilgan oddiy matndan boshlab, turli darajada interfaol bo`lgan dasturlargacha. Zamonaviy O`MEV dasturiy maxsulotlar bo`lib, ularni yaratishda kamida ikki kishi qatnashadi: mazmun qismi muallifi va dasturchi.
O`MEV yaratishdagi muammolardan biri, muallif ijodini komp’yuter dasturi ko`rinishiga keltirishda muallif va dasturchini o`zaro hamkorligi hisoblanadi. Qiyinchilik shundan iboratki muallif komp’yuter dasturlari imkoniyati tug’risida yaxshi tasavvurga ega bo`lmaydi, dasturchi esa yaratilayotgan darslik predmeti bo`yicha mutaxassis emas.
Buning natijasida muallif tomonidan vazifani to`g’ri qo`ya olmaslik komp’yuter texnologiyasi imkoniyatlaridan etarli foydalana olmaslik mehnat sarfi va dastur tayyorlash vaqtini ortishiga olib keladi.
Ushbu muallif va dasturchi o`zaro hamkorlikda muammoni hal qilish uchun aniq atamalar va etarli miqdordagi misollardan foydalanish mumkin. Ushbu ishning maksadi – bunday misollarni «Virtual komp’yuterli laboratoriya» deb ataladigan O`MEV shaklini ishlab chiqishda eng qiziqarli va murakkab misollar keltirish.
Elektron darslikning bir kismi sifatida virtual ko`rgazma tushunchasini aytishimiz mumkin. «Virtual komp’yuterli labaratoriya» deb ataladigan shaklni ishlab chiqishda kuyidagilarni ajratib ko`rsatish mumkin. Ular bir – biridan tubdan farq qiladigan to`rt shakldagi dasturga ajratildi [4]:



  1. Download 108,5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Download 108,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



VIRTUAL KO`RGAZMALAR HAQIDA TUSHUNCHA

Download 108,5 Kb.