|
Universal laboratoriyalar
|
bet | 8/26 | Sana | 20.09.2024 | Hajmi | 108,5 Kb. | | #271746 |
Bog'liq Fine reader dasturi va unda ishl (1)Universal laboratoriyalar
Agar uning imkoniyatlaridan bitta tajribada turlicha hodisalarni tajribadan o`tkazishda foydalanish imkoniyati bo`lsa, komp’yuterli laboratoriyalar haqiqatda universal hisoblanadi. Universal laboratoriyalarni yaratish tajribali dasturchilar guruhi tomonidan, ko`p hollarda ilmiy yoki ishlab chiqarish bilan bog’liq modellashtirish tizimini tajriba sifatida qo`llab amalga oshiriladi.
II. BOB. ASOSIY QISM
2.1. VIRTUAL KO`RGAZMANI YARATISH ALGORITMI VA STSENARIYSI
Skanerlangan ma`lumotlarni Fine Reader dasturi yordamida aniqlash va tahrirlashni o`rgatuvchi virtual ko`rgazmani yaratish quyidagi stsenariy va algoritm bo`yicha amalga oshirildi.
Virtual ko`rgazmani yaratish stsenariyasi:
Mavjud virtual ko`rgazmalar va ularning ish tamoyili bilan tanishib chiqing. Ulardagi yutuq va kamchiliklarni belgilab oling. FrontPage va Flash dasturlash muhiti imkoniyatlarini o`rganing. Virtual ko`rgazmani yaratish uchun zarur bo`ladigan komponentlar va ularning vazifalarini o`rganing. FineReader dasturi oynalari ko`rinishini Flash dasturiga alohida joylashtiring. Hosil bo`lgan tasvirning harakatlanuvchi bo`laklari alohida guruhlang va ularga kadrlar bo`yicha harakat bering. Action Script dasturida harakatni boshqarish dasturini yozing.
Virtual ko`rgazma nazariy asoslarini FrontPageda ishlab chiqing. Nazariy ma`lumotlar va virtual kurgazmalar nomli tugmalarni asosiy bosh oynaga joylashtiring va har bir tugmaga mos dastur yozib aloxida ularga gippermurojaat o`rnating.
Virtual ko`rgazmalar zamonaviy Micromedia Flash dasturida yaratilsin. Uning dizayni va ishlashi virtual ko`rgazmalarni yaratishga qo`yilgan talablarga javob beradigan bo`lsin. Virtual kurgazmalar majmuasini oliy o`quv yurti va kasb – xunar kollejlarining o`qitish tizimida qo`llash imkoniyatini yarating. Undagi nazariy ma`lumotlar Web saxifa yaratuvchi FrontPage dasturida tuzilsin.
Virtual ko`rgazma sodda va tushunarli tuzilgan bo`lib, uning ishlashida alohida platforma talab etilmasin. Foydalanuvchi virtual ko`rgazmani ishga tushirgach, asosiy oynada zaruriy tugmalar va yozuvlar bo`lib, ular yordamida boshqa qism oynalariga o`tish imkoniyatini yarating. Bosh oyna dizayni chiroyli bo`lib, ko`zni toliqtirmaydigan ranglar tanlansin. Virtual ko`rgazmalarni o`quv jarayonida sinab ko`ring va xulosalar chiqaring.
|
| |