|
Virtual ko`rgazmani yaratish algoritmi
|
bet | 9/26 | Sana | 20.09.2024 | Hajmi | 108,5 Kb. | | #271746 |
Bog'liq Fine reader dasturi va unda ishl (1)Virtual ko`rgazmani yaratish algoritmi:
Skanerlangan ma`lumotlarni Fine Reader dasturi yordamida aniqlash va tahrirlashni o`rgatuvchi virtual ko`rgazma quyidagi ketma – ketlik (algoritm) bo`yicha yaratiladi.
Flash dasturi ishga tushiriladi.
Dasturning bosh oynasiga Fine Reader oynalari tasviri ko`chirib joylashtiriladi.
Har bir oyna ko`rinishi alohida ko`chirib joylashtiriladi.
Hosil bo`lgan tasvirning harakatlanuvchi bo`laklari alohida guruhlanadi va ularga kadrlar bo`yicha harakat beriladi. Action Script dastur kodida xarakatni boshqarish yoziladi.
Shu tarzda barcha shakllar dasturlashtiriladi.
Asosiy forma tuzilib, unga tugmalar joylashtiriladi. Bu tugmalarga dastur yozilib, unga mos virtual ko`rgazma chaqiriladi. Masalan virtual ko`rgazmalar tugmasi bosilgach dastlab ularning ro`yxati hosil bo`ladi. Shu nomlardan ixtiyoriy biri tanlanganda unga mos virtual ko`rgazma avtomatik tarzda ishlaydi.
Fine Reader dasturi nazariy asoslari va virtual ko`rgazmadan foydalanuvchilar uchun kursatmalar FrontPage dasturidan foydalanib tuziladi va Web-sahifa ko`rinishida xotiraga saqlanadi.
Bosh sahifada joylashtirilgan tugmalarda Web-sahifalarga murojaatlar o`rnatiladi (Murojaat uchun dastur kodi quyidagicha:
on (release) {
getURL("nazariy\\index.htm", "_parent");
}.
2.2. VIRTUAL KO`RGAZMALARNI YARATISHDA QO`LLANILADIGAN DASTUR VOSITALARI VA ULARNING KONFIGURATSIYASI
Virtual ko`rgazmalarni yaratishda Micromedia Flash dasturiy maxsulotining urni juda kattadir. FineReader dasturida ishlashni o`rgatuvchi virtual ko`rgazmalar aynan shu dasturdan foydalanib ishlab chiqildi.
Flash texnologiya yoki yana ularni interaktiv veb animatsiya texnolgiyasi ham deb atashadi, Macromedia kompaniyasi tomonidan yaratilgan bo`lib, axborotni mul’timedia ko`rinishida ifodalash asoslanadi va ko`pgina kuchli texnogiyalarni o`z ichiga mujassamlashtirgan. Flash fil’mlarni ishlab chiqishda vektor grafikasiga asoslangan muhit barcha mul’timedia elementlari: harakat, ovoz va ob`ektlar interaktivligi asos bo`ldi. Bunda tayyor bo`lgan dasturning hajmi kichik va foydalanuvchi ekranining ruxsat me`yoriga bog’lik emas – bu esa internet – loyihalarida asosiy talab hisoblanadi.
Yaqinda chiqqan Flash hozirda veb dizaynerlar orasida katta obro` qozondi. Flash saytlarda dinamika, ovoz va grafik effektlar qo`llash imkonini beradi.
Kupincha Flash loyihalar oddiy HTML dokumentga Flash ob`ektlarni qo`shish orqali bo`ladi. Bunday sahifani ko`rish uchun plagin kerak, qaysiki bu Windows konfiguratsiyasiga kiradi. Plaginning hajmi atigi 160 kb. Agar ma`lum sabablarga ko`ra bu dastur bo`lmasa, uni Macromedia saytidagi manzildan olish mumkin. Lekin ko`p hollarda. Flash sahifalari qaysi dastur ta`minoti yo`qligini aniqlaydi va avtomatik ravishda tortib oladi va shundan so`ng ishlaydi. Flash texnologiyalariga boshqa misol qilib lokal prezentatsiyalarni keltirish mumkin. Bu uchun dasturda bajariluvchi (.exe) fayl yaratish optsiyasi qo`yilgan. Shu holda ham dastur hajmi katta bo`lmaydi va internetda ishlatish mumkin. Flash ning shak shubxasiz yutug’i bu kichik hajmdagi rangli, animatsion, dinamik, interaktiv sahifalarni yaratishidir,bu interda ishlatish uchun ideal hisoblanadi. Bu vektor grafika va kuchli informatsiyani qisish algoritmlari yordamida amalga oshiriladi. Shuni ham aytish kerakki, Flash serverga so`rov berish uchun formalarni ishlatishi, bunda ma`lumotlar bazasiga ulanishi mumkin. Flash sahifalarni yaratuvchi dastur sayt yuklanish jarayonini boshqarishi mumkin. Masalan, yuklanish foizini shkalada ko`rsatishi mumkin.
Flash-animatsiyalarni yaratishda dasturchi asoslanadigan muhim ob`ekt bu kadr. Kuchli ichki tizimli belgilarning murojaat va o`zgaruvchilarning ishlatilishi esa, konkret o`zgaruvchilarning qiymatiga bog’lik holda bir necha xil o`qitilishi mumkin. Shunday qilib, yakuniy dasturning hajmi va yuklanish vaqtini tejashga olib keldi.
Shuni xam aytish kerakki, veb sahifalar animatsiyasining texnologiyasi bo`yicha, flash-texnologiyaning ishlatilishida ekran kattaligi va sahifa kattaligi to`g’ri kelmasligi muammosi uchramaydi. ekran kattaligini foiziga qarab ob`ekt hajmini foizlarda bersak bo`lgani, flash-ob`ektning munosabat hajmini olamiz. Yana bunda nafaqat vektor grafika balki, qo`yilgan grafik ko`rinishlar ham masshtablanadi.
Rasm, ovoz, vektor grafika - bularning hammasini Flash birgina SWF kengaytmali faylga (prezentatsiya yaratishda fayl.exl kengaytmaga ega bo`ladi) joylashtiradi. Bu yuklanishni boshlanish bilan birga sahifalarni yaratishda dasturchining va foydalanuvchini ishini osonlashtiradi. Foydalanuvchi darxol zastavka, to`lik yuklanishgacha bo`lgan vaqtni ko`rishi mumkin.
Albatta, Flashda ham kamchiliklar bor. Flash ob`ektlarning asosiy kamchiligi bu oxirgi foydalanuvchiga plaginning o`rnatilganligidir. Lekin, yuqorida aytganimizdek ko`p hollarda u o`rnatilgan bo`ladi.
Kamchiliklardan yana biri bu Flash roliklarni ko`rishda ko`p komp’yuter resurslarni talab qiladi. Animatsiya o`quvchi juda ko`p protsessorning resursini oladi, o`qilish tezligi esa ekran hajmiga ham bog’liq bo`lib qoladi. Lekin, shunday bo`lsa ham, barcha komp’yuterlarda qaerda Windows OT o`rnatilgan bo`lsa Flash rolikni ko`rish mumkin. U tezkor xotira qiymatiga va protsessorga qattik talab qo`ymaydi. Yagona farqi ishlash tezligi bo`ladi.
Hozircha Flash-texnologiya ochiq holda 3 hajmli grafikani ta`minlamasada, kuchli asboblar paneli va utilitalar 3 qiymatli strukturalardan farqlash qiyin bo`lgan 2 qiymatli strukturalar qurish imkonini beradi [8].
Dasturni ishga tushirish uchun Windows ning PUSK tugmasining PROGRAMMI bo`limining Macromedia gruruhi tarkibidagi Macromedia Flash buyrug’ini tanlaymiz. Natijada ekranda quyidagi dastur oynasi hosil qilinadi (6-rasm).
6-rasm. Macromedia Flash dasturi oynasi
|
| |