Siz harakat biriktirmoqchi bo`lgan klipni sichqoncha o`ng tugmasi bilan bosing (Shuni nazarda tutingki, klip tasvirini sichqoncha chap tugmasi bilan ikki marta bosish simvolni tahrirlash muhitiga o`tishni ta`minlaydi).
Kontekst menyudan Actions buyrug’ini tanlang.
Actions bo`limidan talab qilingan harakatni tanlang va uni stsenariy oynasiga o`tkazing.
Parametrlar maydoniga talab qilingan qiymatlarni kiriting (agar ular ushbu harakat uchun mo`ljallangan bo`lsa).
Stsenariy oynasida onClipEvent qayta ishlovchi satrini bosing bunda parametrlar maydonida harakatni faollashtiruvchi hodisalar tiplari to`plami paydo bo`ladi (9-rasm).
Ro`y berishi bilan kiritilgan ma`lumotlar serverga uzatiladigan hodisa tipini tanlang; tugmadan farqli ravishda klip uchun faqat bitta hodisalar tipi tanlanishi mumkinligiga e`tibor bering; shuningdek hodisalar tipi tarkibi ham tugmalar uchun mo`ljallangan hodisalar tiplaridan farq qiladi:
Niqob sifatida ishlatilishi kerak bo`lgan klipni yarating (ko`rib chiqilayotgan misol shartlariga muvofiq, «propeller» markaziy nuqta atrofida aylanishi kerak).
Klip nusxasini ishchi stolga, fil’mning birinchi qatlamiga, joylashtiring.
Xususiyatlar inspektori yordamida klip nusxasiga nom bering (masalan, mask).
Niqob uchun harakat animatsiyasini yarating («propeller» ishchi stol bo`ylab harakatlansin).
Fil’mga fon sifatida ishlatilishi kerak bo`lgan qatlamni qo`shing (ya`ni, bulg’usi niqoblangan qatlam).
Fonli qatlamga tasvirni joylashtiring va Insert menyusidan Convert to Symbol buyrug’ini tanlab, uni simvol-klipga aylantiring.
Xususiyatlar inspektori yordamida klip nusxasiga nom bering (masalan, Fon).
mask klipli qatlamni kontekst menyudan Mask buyrug’ini tanlab qatlam-niqobga aylantiring.
Qatlam-niqobning birinchi kadrini sichqoncha o`ng tugmasi bilan bosing va kontekst menyudan Action panelini ochish uchun Action buyrug’ini tanlang.
Action Toolbox ro`yxatidan Objects bo`limini, undan esa ketma-ketlikda Movie -> MovieClip -> Methods qism-bo`limlarini oching.
Methods qism-bo`limidan setMask usulini toping va stsenariy oynasiga nusxalash uchun uni sichqoncha tugmasi bilan ikki marta bosing; usulni o`rnatgandan keyin Action paneli taxminan 11-rasmda ko`rsatilgan ko`rinishga ega bo`ladi.
Parametrlarni o`rnatish maydoniga kliplar nusxalari nomlarini kiriting: Object maydoniga-fonli klip nomi (Fon), Parameters maydoniga esa — klip-niqob nomi (mask).