|
Fine reader dasturi va unda ishl
|
bet | 20/26 | Sana | 20.09.2024 | Hajmi | 108,5 Kb. | | #271746 |
Bog'liq Fine reader dasturi va unda ishl (1)3.3. YONG‘IN XAVFSIZLIGI
Yonuvchi modda bilan havodagi kislorodning o‘zaro ta’siri natijasida juda tez kechuvchi va ko‘p miqdorda issiqlik ajralib chiquvchi kimyoviy reaksiyaga yonish deyiladi. Ko‘p hollarda yonish yonuvchi modda zarrachalarining nurlanishi bilan birga kechadi. Yong‘in hosil bo‘lishi va davom etishi uchun yonuvchi modda (qattiq, suyuq yoki gazsimon), oksidlovchi modda (oddiy sharoitda oksidlovchi modda vazifasini havodagi kislorod o‘tashi mumkin) va yondiruvchi manba (uchqun, ochiq alanga va cho‘g‘langan narsa) mavjud bo‘lishi kerak. Shuni aytish kerakki, havodagi kislorod miqdori 15%dan yuqori bo‘lgandagina oksidlovchi vazifasini bajara oladi, undan past konsentratsiyada esa yonish sodir bo‘lmaydi. Bundan tashqari, oksidlovchi modda vazifasini tegishli sharoitlarda xlor, brom, kaliy va boshqa moddalar ham o‘tashi mumkin. Xavfliligi bo‘yicha barcha modda va ashyolarni quyidagi turlarga bo‘lish mumkin: yonmaydigan, yonish yoki yonish va portlash xavfi mavjud hamda portlash xavfi mavjud moddalar. Yonish faqat ma’lum harorat sharoitidagina mavjud bo‘lishi mumkin. Barcha yonuvchi moddalarning tarkibida uglerod va vodorod mavjud. Issiqlik ta’siri ostida yonuvchi moddalar parchalanib yuqoridagi gazlar ajralib chiqqach, havodagi kislorod bilan birikib alanga hosil qiladi. Yonish fazalarining quyidagi xillari aniqlangan.
1. Chaqnash. Agar asta-sekin qizdirilayotgan yonuvchi suyuqlikka vaqti-vaqti bilan tashqaridan alanga ta’sir qildirsak, ma’lum bir haroratga yetganda, undan ajralib chiqayotgan gazsimon mahsulot chaqnaydi va shu zahotiyoq o‘chib qoladi. Suyuqlikning ana shu paytdagi harorati chaqnash harorati deyiladi. Chaqnagan gazlarning tez o‘chib qolishining sababi, bu haroratda suyuqlikdan ajralib chiqayotgan gazlar alangani davom ettirish uchun yetarli emasligidir. Chaqnash harorati moddalarning yong‘in jihatidan xavfliligini aniqlashda katta ahamiyatga ega. Ayrim moddalardan ajralib chiquvchi bug‘ va gazlar ko‘p miqdorda yig‘ilishi natijasida ochiq alanga bilan birikib kuchli portlash paydo qilishi mumkin.
|
| |