|
Fine reader dasturi va unda ishl
|
bet | 23/26 | Sana | 20.09.2024 | Hajmi | 108,5 Kb. | | #271746 |
Bog'liq Fine reader dasturi va unda ishl (1)Karbonat agidrid gazini yong‘in chiqqan zonaga yo‘naltirish natijasida u yerdagi havoning tarkibida kislorod miqdorini kamaytirish orqali yong‘in o‘chiriladi. Bu gaz yonmaydi. Agar havodagi kislorod miqdorini 15 %gacha turishiga erishilsa, yonish susayadi. Karbonat angidrid gazi yong‘in o‘chog‘iga gaz holatida yoki suyultirilgan karbonat angidridi o‘t o‘chirgichda u havo bilan reaksiyaga kirishib – 700S haroratli qorsimon modda hosil qiladi, bu yonayotgan buyumlar yuzasini yaxshi sovitadi.
Inert gazlardan azot va argon yong‘inni o‘chirishda ishlatiladi. Ular ham karbonat angidrid gazi singari havodagi kislorod miqdorini aralashtirib kamaytiradi va bu yong‘inni o‘chirishga olib keladi. Bu gazlar karbonat angidrid gazichalik samarali emas.
Tutun gazlarda kislorod miqdori havodagidan birmuncha kam bo‘lib, taxminan 18-19 %ni tashkil qiladi. Bu gazlar oxirigacha yondirilsa, undagi kislorod miqdorini 5-6 %gacha tushirish mumkin. Bunday gazlar yong‘inni o‘chirishda bemalol qo‘llanilishi mumkin. O‘t o‘chirishda samolyotlarning o‘z ish muddatini o‘tagan reaktiv yuritkichlarini ishlatish ham yo‘lga qo‘yilgan. Bular o‘t o‘chirish mashinalariga o‘rnatiladi va tutun gazlari suv oqimi bilan birga yong‘in yuzalariga yo‘naltiriladi.
Ingibitorlar. Salloidlangan uglevodlar yonish reaksiyasiga kimyoviy susaytirgich orqali ta’sir ko‘rsatib yong‘inni to‘xtatadi. Bular inert gazlarga nisbatan ancha samaralidir. Bu maqsadda bromli etil, bromli etilen, dibromtetraftoretan, Freon (114 B2)lar ishlatiladi. Freon suv bug‘iga nisbatan 20 marta, uglerod okisidiga nisbatan 12 marta samaraliroqdir. Galloidlangan uglevodorodlar cho‘g‘langan paxta xom ashyosini va tolasini o‘chirishda, ayniqsa qo‘l keladi. Elektr tokini o‘tkazmaydi va sovuq havoda muzlab qolmaydi. Ularning qimmatliligi keng qo‘llashga imkon bermaydi. Bundan tashqari, qaynash haroratining pastligi (38-98 0S) va uchuvchanligi
ochiq joylardagi yong‘inlarni o‘chirishda qo‘llashga monelik qiladi.
|
| |