Ushbu Qonun ishlab chiqarish usullari, mulk shaklidan qatiy nazar mehnatni muhofaza qilishni tashkil etishning yagona tartibini belgilaydi hamda fuqarolarning sog’ligi va mehnati muhofaza qilinishini ta’min-lashga qaratilgan.
korxonaning ishlab chiqarish faoliyati natijalariga nisbatan xodimning hayoti va sog’ligi ustuvorligi;
mehnatni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni iqtisodiy va ijtimoiy siyosatning boshqa yo`nalishlari bilan muvofiqlashtirib borish;
mulk va xo`jalik yuritish shakllaridan qat’iy nazar barcha korxonalar uchun mehnatni muhofaza qilish sohasida yagona tartib qoidalar belgilab qo`yish;
mehnatning ekologiya jihatidan xavfsiz sharoitlari yaratilishi va ish joylarida atrof-muhit holati muntazam nazorat etilishini ta’minlash;
korxonalarda mehnatni muhofaza qilish talablari hamma joylarda bajarilishini nazorat qilish;
mehnatni muhofaza qilishni mablag’ bilan ta’minlashda davlatning ishtiroq etishi;
oliy va o`rta maxsus o`quv yurtlarida mehnat muhofazasi buyicha mutaxassislar tayyorlash;
xavfsiz texnika, texnologiyalar va xodimlarni himoyalash vositalari ishlab chiqilishi. va joriy etilishini rag’batlantirish;
fan, texnika yutuqlaridan hamda mehnatni muhofaza qilish buyicha vatanimiz va chet el ilg’or tajribasidan keng foydalanish;
ishlovchilarni maxsus kiyim va poyabzal, shaxsiy himoya vositalari, parhez ovqatlari bilan bepul ta’minlash;
korxonalarda mehnatning sog’lom va xavfsiz shart-sharoitlarini yaratishga ko`maklashuvchi soliq siyosatini yuritish;
ishlab chiqarishdagi har bir baxtsiz hodisani va har bir kasb kasalligini tekshirib chiqish hamda hisobga olib borishning va shu asosda ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar hamda kasb kasalliklariga chalinishlar darajasi haqida aholini xabardor qilishning majburiyligi;
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan jabrlangan yoki kasb kasalligiga yo`liqqan ishlovchilarning manfaatlari ijtimoiy himoyalash;
kasaba uyushmalari va boshqa jamoat birlashmalari, korxonalar va alohida shaxslarning mehnatni muhofaza qilishni ta’minlashga qaratilgan faoliyatni har tomonlama qo`llab-quvvatlash;
mehnatni muhofaza qilish muammolarini hal etish chog’ida xalqaro hamkorlikni yo`lga qo`yish printsiplariga asoslanadi.
II-Bulim. Mehnatning muhofaza qilinishini ta’minlash deb nomlanib, (8-15) - moddalardan iborat.