|
Gazlar va changning yonishi
|
bet | 22/26 | Sana | 20.09.2024 | Hajmi | 108,5 Kb. | | #271746 |
Bog'liq Fine reader dasturi va unda ishl (1)5. Gazlar va changning yonishi. Yonuvchi gazlar havo bilan birikib portlash jihatidan xavfli aralashmani hosil qilishi mumkin, shu sababli ular portlash jihatidan xavfli moddalar toifasiga kiradi. Gaz – havo aralashmasining xavflilik darajasi ularning alanga olish harorati va portlashning miqdoriy chegaralariga qarab baholanadi. Gazlar barqaror yonayotganda harorati 14000S gacha, portlashda esa 20000S gacha ko‘tarilishi, bosimi 105 Pa ga yetishi mumkin. Yonuvchi gazlarning, shuningdek, suyuqlik bug‘larining portlashiga qarshi kurash tadbirlarini to‘g‘ri tashkil qilish uchun ularning havo bo‘yicha zichligini bilish zarur, chunki havo bo‘yicha zichligi birdan kichik bo‘lgan gazlar xonaning yuqori qismida, zichligi birdan katta bo‘lgani esa xonaning pastki qismida, quruq, o‘ra, xandaklarda to‘planadi.
6. Ishlab chiqarishdagi alanga olish manbalari. Yonuvchi ashyolarning alanga olishiga va yonuvchi aralashmalarning portlashiga sabab bo‘luvi issiqlik manbalari o‘zining issiqlik jamg‘armalari va ularning yuzaga kelish sabablariga ko‘ra turli-tuman bo‘lsa-da, ammo ularning barchasi qandaydir enregiya yoki kimyoviy reaksiyalarda issiqlik chiqishi yoki yutilishining natijasidir. Ochiq alanga, cho‘g‘langan yonish mahsullari, uchqunlar, issiqlik chiqaradigan kimyoviy reaksiyalar, alanga olish manbai turli xil gorelkalar, kavsharlash lampalari, elektr yoylari, isitish pechlari, elektr tokida va gaz alangasida payvandlash jarayonlari, chekish uchun yoqilgan gugurt ochiq alanga olish manbai bo‘lishi mumkin. Ochiq alanga manbaining va issiqlik energiyasi jamg‘armasining harorati deyarli hamma yonuvchi moddalar va har qanday gaz-havo hamda bug‘-havo aralashmalarining alanga olishi uchun yetarlidir [11].
3.4. YONG‘IN DAVRIDA QILINADIGAN ISHLAR VA UNI O‘CHIRISH
Yonish jarayoni to‘xtashi uchun oksidlanish-tiklanish ekzotermik zanjir reaksiyasi tuzilishi kerak. Bu reaksiyada to‘xtashning fizik hamda kimyoviy usullari qo‘llaniladi. Fizik usullari: alangani yonuvchi modda yuzasidan uzib tashlash, yonuvchi modda yuzasi haroratini alangalanish haroratidan pasaytirish, oksidlovchi modda (kislorod) konsentratsiyasini kamaytirish (ko‘pincha yonmaydigan gazlar konsentratsiyasini oshirish hisobiga) va yonuvchi modda bilan oksidlovchini bir-biridan ihotalash. Kimyoviy usullar: yonish reaksiyasini tormozlash hisobiga amalga oshiriladi.
O‘t o‘chirish vositalari asosan uch turga bo‘linadi:
Yonishni tugatish usuli bo‘yicha – sovituvchi, aralashtiruvchi ixotalovchi, ingibiritlashtiruvchi;
Elektr o‘tkazuvchanligi bo‘yicha – elektr tokini o‘tkazuvchi (suv, bug‘, ko‘pik), elektr tokini o‘tkazmaydigan (gazlar, kukunli birikmalar);
Zaharliligi bo‘yicha – zaharli (freon, brometil), kam zaharli (karbonat angidrid, azot), zaharsiz (suv, ko‘pik, kukunli birikmalar).
Suv o‘tni o‘chirishda eng keng tarqalgan moddadir. O‘zining quyidagi xususiyatlari tufayli o‘tni o‘chirishda eng afzal hisoblanadi. Issiqlik sig‘imi katta, yonayotgan yuzaga tushganda uning issiqligini yutib oldi. Yuqori haroratli yuzalarga tushgan suv tezda bug‘lanadi. Bug‘lanish natijasida uning hajmi 1700 marta ortadi va vaqtincha yonayotgan yuzani qamrab olib, havodagi kislorod miqdorini kamaytiradi. Suvning yuzalarini ho‘llash xususiyati yong‘inning tarqalmasligida katta rol o‘ynaydi. Uning sirt tarangligi kichik (0,073 n/m) bo‘lganligi uchun yonayotgan moddalarning tirqish va teshiklariga tezda kirib, ularni sovitadi. Paxta tolasi yonganda suv bilan o‘chirish samara bermaydi. Yonayotgan paxta tolalarini suv to‘la hovuzga tashlab, bir haftadan so‘ng olingach ham tutay boshlagan hollari kuzatilgan. Buning sababi, suvning sirt tarangligi kichik bo‘lishiga qaramay juda kichik tirqishlarga, masalan, paxta tolasi, paxta changi yuzalaridagi tirqishlarga kira olmaydi. Ularning atrofi suv bilan qoplangan bo‘lishiga qaramay, tolaning icki qismi cho‘g‘lanishda davom etaveradi. Shuning uchun paxta yonganda uni o‘chirish uchun sirt tarangligini kamaytirish maqsadida ho‘llovchi moddalar qo‘shiladi. Bu tadbir suv sarfini 2-2,5 marta va o‘t o‘chirish vaqtini 20-30 %ga kamaytiradi. Keng tarqalgan OP-1 ho‘llovchi moddasidan suv og‘irligiga ko‘ra 3,5-4 miqdor yoki «nekal» HB ho‘llovchisi 0,7-0,8 miqdor qo‘shiladi.
So‘nggi yillarda suv neft mahsulotlarini ham o‘chirishda ishlatilmoqda. Yong‘in bo‘layotgan yuzalarga u mayda zarrachalar holida sepiladi. Bu mayda (0,1-0,5 mm kattalikdagi) tomchilar tezda bug‘lanadi va bug‘lanayotgan suyuqlik yuzasini qamrab olib kislorodni o‘tkazmaydi. Shuningdek, suv oxirgi paytlarda o‘t o‘chirishda keng qo‘llanilayotgan havo-mexaniq ko‘pik hosil qilishda ham ishlatiladi. O‘t o‘chirishda suvning salbiy xususiyatlaridan biri elektr tokini o‘tkazuvchanligidir. Bu kuchlanish ostida bo‘lgan uskunalarni o‘chirish imkoniyatini bermaydi. Bundan tashqari, suv ayrim moddalar (kaliy, natriy) bilan kimyoviy reaksiyaga kirishib parchalanadi. Parchalanish natijasida ajralib chiqadigan vodorod portlashi mumkin, kislorod esa yonishni kuchaytiradi. Shuningdek, suv bilan kalsiy karbidini ham o‘chirib bo‘lmaydi, chunki unga suv tekkanda yonuvchi gaz – atsetilin ajralib chiqadi.
|
| |