1.2. FINE READER DASTURI VA UNDA ISHLASH TEXNOLOGIYASI
FineReader dasturining asosiy vazifasi ma`lumotlarni skaner qilish, undagi ob`ektlarni aniqlash, tahrirlash va uzatishdir.
Skanerlangan ma`lumotlar turlicha bo`lishi mumkin. Bu ma`lumotlarni ob`ekt deb olsak ularni aniqlash va tahrirlashda FineReader dasturidan foydalanamiz. Ob`ekt sifatida olingan ma`lumotlar oddiy matn, rasm, sxema yoki jadval ko`rinishida bo`ladi.
FineReader dasturining avfzalligi shundaki u turli ob`ektlarni aniqlay va bir – biridan ajrata oladi. Ob`ektlar aniqlangan so`ng uni Office dasturlaridan biriga uzatish imkoni ham mavjud.
FineReader dasturini ishga tushirish uchun (albatta dastur o`rnatilgan bo`lishi shart) «Pusk» menyusining «Programmi» bo`limiga kirib ABBYY FineReader Corporate Edition buyrug’ini tanlaymiz. Dastur oynasining umumiy ko`rinishi quyidagicha:
1-rasm. FineReader dasturi oynasi.
FineReader dasturi oyna ko`rinishini 4 qismga ajratamiz:
1. Menyular satri – u fayl, pravka, vid va boshqa menyulardan tashkil topgan bo`lib, tarkibida dastur bilan ishlash uchun mo`ljallangan (yangi paket ochish, xotirada saqlash, skanerlash, uzatish va boshqa ko`plab) buyruqlar mujassamlashgan (2-rasm).
2-rasm. FineReader dasturi menyusi.
2. Uskunalar oynasi – bir nechta uskunalardan tashkil topgan bo`lib, menyu tarkibiga kirgan buyruqlarni tezda bajarish uchun oynaga alohida chiqarib qo`yilgan. Ushbu uskunalardan foydalanib yangi oyna ochish, ob`ektlarni 900 chapga yoki o`ngga burish, skaner qilishda tilni tanlash, skaner qilish, undagi ob`ektlarni aniqlash, ma`lumotlarning xatoliklarini tekshirish, uzatish va boshqa shu kabi amallarni bajarish mumkin (3-rasm).
3-rasm. Uskunalar oynasi.
3. Skanerlangan ob`ektlarning eskizlari (4-rasm) – bunda skanerlangan ma`lumotlar bet, yan`i eskiz ko`rinishida oynaning chap qismida hosil bo`ladi. Shu erdan turib ixtiyoriy betga o`tish, bir nechta betlarni belgilab olish, undagi ob`ektlarni aniqlash va boshqa amallar bajariladi. eskizda tanlangan bet dasturning asosiy ishchi oynasida kattalashgan holda hosil bo`ladi va undagi ob`ektlarni taxrirlash imkoni tug’iladi .
4-rasm. Ob`ekt eskizlari oynasi.
4. Asosiy ishchi oyna – unda skanerlangan ma`lumot hosil bo`ladi. Oynada ichki uskunalar paneli mavjud bo`lib, ular yordamida ma`lumotlarni turli ko`rinishlari (tekst, rasm, jadval) belgilab olinadi va ob`ekt sifatida aniqlanadi. Buning uchun ma`lumotga mos ob`ekt turi tanlanadi. Masalan ma`lumotimiz tekst bo`lsa uskunalar panelidan yashil rangdagi T harfini tanlab ishchi oynadagi tekst ajratilib belgilanadi. Shu tarzda skanerlangan barcha betlardagi ma`lumotlarni eskizlar oynasidan tanlab, undagi ob`ektlarni asosiy ishchi oynada uskunalar paneli yordamida ajratib belgilab chiqiladi (5 - rasm) [5].
5-rasm. Asosiy ishchi oyna.
|