• 3. Firmalarning asosiy xillari
  • Firmalar tipologiyasi. Firmani rivojlantirish trayektoriyasi




    Download 3,3 Mb.
    bet2/3
    Sana10.12.2023
    Hajmi3,3 Mb.
    #114922
    1   2   3
    Bog'liq
    Firmani amaliy taxlilqilish nazariyasi

    2. Firmalar tipologiyasi. Firmani rivojlantirish trayektoriyasi
  • Firma ichki tuzilishi u yoki bu modellarining paydo bo`lishi va tarqalishini faqat ularning «prinsipal-agent» muammosini hal etishdagi qiyosiy samaradorligi bilan izohlab bo`lmaydi. Firmaning yangi ichki tuzilishini rivojlantirishga nisbatan ehtiyoj paydo bo`lib, biroq bu amalga oshirilmay qoladigan holat bo`lib turishi tabiiy. Alfred Chandler elektrotexnika sanoatida asr boshida yuzaga kelgan vaziyatni misol tariqasida keltiradi.
    • Tashkiliy madaniyat – tashkilot a’zolari o`rtasidagi o`zaro munosabatlarni tartibga soluvchi va ularning jamoaviy bilimlari va tajribasining ifodasi hisoblangan me’yorlar, qoidalar va an’analar yig`indisi.
    • Ikkinchidan, tashkilotning kundalik faoliyat ko`rsatishida mutaassiblik (routines) muhim o`rin tutadi. Bu o`rinda mutaassiblik «harakatni uni muntazam takrorlash orqali esda saqlab qolish» (remember by doing) sifatida belgilanadi.
    • 3. Firmalarning asosiy xillari
    • Korxonalar rivojlanishi trayektoriyalarining o`ziga xos xususiyati korxonalar tashkiliy tuzilishidagi milliy farqlarni belgilab beradi.
    • Bugungi kunda istalgan mamlakatdagi yirik korxonalarning aksariyati jahon bozorida yuzaga kelgan tendensiyalarni hisobga olgan holda harakat qilishiga qaramay, ularning tashkiliy tuzilishlari va ular tomonidan amalga oshiriladigan strategiyalarning xilma-xilligi kuzatiladi. Chunki tashkiliy rivojlanish trayektoriyasini tanlashga ta’sir ko`rsatgan omillar yig`indisi har bir mamlakatda har xil.
    • Tashkiliy rivojlanish trayektoriyasini belgilab beruvchi omillar jumlasiga quyidagilar kiradi:
    • - institutsional muhit, shu jumladan institutsional rivojlanish trayektoriyasi;
    • - aktivlarning o`ziga xoslik darajasi (raqobot bozorining rivojlanganlik darajasi);
    • - tashqi muhitning noaniqlik darajasi (bozorning barqarorlik darajasi);
    • - xatarga moyillik darajasi (mamlakat aholisining umumiy sonida xatarga nisbatan betaraf bo`lgan insonlar ulushi);
    • - ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning umumiy darajasiga bog`liq bo`lgan bitimlarning murakkablik darajasi;
    • - qonundan foydalanish narxi va xufyonalik narxining nisbati.
    • Tashkiliy rivojlanish milliy trayektoriyasining farqlari nafaqat tuzilmalarga – unitar, xolding yoki multidivizional, – balki ularning maqsadli funksiyasiga, korxonaning yetkazib beruvchilar, iste’molchilar va yollanma xodimlar bilan munosabatlardagi xatti-harakatiga, shuningdek korxona faoliyat ko`rsatishining ko`plab boshqa parametrlariga taalluqli. Endi korxonalarning bir necha ideal xillarini yoritishga harakat qilamiz: buyruqbozlik iqtisodiyotida harakat qiluvchi korxona (B korxona); Amerika firmasi (A firma); Yaponiya firmasi (J firma) va o`tish xilidagi korxona (O` korxona).
    1   2   3




    Download 3,3 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Firmalar tipologiyasi. Firmani rivojlantirish trayektoriyasi

    Download 3,3 Mb.