• X, xl, s4, absl2d, fam, kitob_soni.
  • Ma’lumot tiplari uchun minimal diapazon




    Download 15,08 Mb.
    bet54/135
    Sana22.05.2024
    Hajmi15,08 Mb.
    #250347
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   135
    Bog'liq
    Fizik jarayonlarni kompyuterda modellashtirish

    Ma’lumot tiplari uchun minimal diapazon

    Tip

    bit

    qiymatlar diapazoni

    Bool

    1

    false yoki true

    Chart

    8

    -128 dan 127 gacha

    wchar_t

    16

    0 dan 65635 gacha

    Double

    64

    2.2E−308 dan 1.8E+308 gacha

    Float

    32

    1.8E−38 dan 1.8E+38 gacha

    Int

    32

    −2147483648 dan 2147483647 gacha

    unsigned char

    8

    0 dan 255 gacha

    signed char

    8

    −128 dan 127 gacha

    unsigned int

    32

    0 dan 4294967295 gacha

    signed int

    32

    −2147483648 dan 2147483647 gacha

    short int

    16

    -32768 dan 32767 gacha

    unsigned short int

    16

    0 dan 65535 gacha

    signed short int

    16

    -32768 dan 32767 gacha

    long int

    32

    −2147483648 dan 2147483647 gacha

    unsigned long int

    32

    0 dan 4294967295 gacha

    signed long int

    32

    −2147483648 dan 2147483647 gacha

    Eslatma: voidtipidan qiymatga ega bo‘lmaydigan funksiyalarni aniqlashda foydalaniladi.
    Aslini olganda, 2 va 2.0 sonlari bir xil miqdorni anglatadi. Lekin C++ tili kompilyatori ularni bir-biridan farqlaydi, ya’ni 2 sonini butun, 2.0 ni esa haqiqiy son deb qabul qiladi.
    Butun sonlar bilan kompilyator bo‘lish amalidan tashqari barcha amallarni bajara oladi. Ammo haqiqiy sonlar bilan ishlaganda, yax­litlash hisobiga taqribiylikka yo‘l qo‘yishi mumkin. Shuning uchun ma’lumotlar tipini aniqlashga jiddiy yondoshish zarur.
    Char tipidagi ma’lumotlar odatda bitta belgi yoki harfdan iborat bo‘ladi va ularni apostrof (“ ’ ” – yakka qo‘shtirnoq) belgisi bilan ko‘r­sati­ladi: ‘a’, ‘d’. Wchar_t tipidagi ma’lumotlar esa L harfi bilan bir­galik­da yoziladi: L’a’, L’d’ va h.k.

    2. C++ tilida o‘zgaruvchi va o‘zgarmaslar


    Ma’lumki, dasturlar turli sonli va boshqa tipdagi ma’lumotlarni qayta ishlash uchun yoziladi. Bitta dastur tarkibida uchraydigan ma’lumotlarni bir-biridan farqlash uchun nomlash lozim bo‘ladi va bunday nomlar identifikator deb ataladi.
    Identifikator muayyan bir vaqtda ifodalab turgan son yoki bosh­qa turdagi ma’lumot uning qiymati hisoblanadi. Dasturda qatnashgan har bir identifikator uchun kompyuter xotirasidan ma’lum bir joy ajratiladi hamda bu joyga uning qiymati yozib qo‘yiladi va saqlanadi.
    Identifikatorlar doim lotin harflari bilan boshlanadi. Ularni yozish uchun zarur bo‘lgan keyingi belgilar esa lotin harflari, raqamlar va “_” (tagiga chizish) belgisidan iborat bo‘lishi mumkin:
    X, xl, s4, absl2d, fam, kitob_soni.
    Dastlabki to‘rtta identifikator sintaktik jihatdan to‘g‘ri yozilgan, ammo identifikatorlarni bunday yozish katta hajmli dasturlarni ishlab chiqishda ma’lum bir qiyinchiliklarni tug‘dirishi mumkin, chunki ular o‘zlari ko‘rsatayotgan ma’lumotlarni to‘la va tushunarli qilib ifodalay olmaydi. Natijada bunday identifikatorlarni boshqasi bilan almashtirib yuborish ehtimolligi ortadi hamda ana shu dasturni o‘qish va tushu­nish qiyinlashib ketadi. Shuning uchun identifikatorlarni keyingi ikkitasi kabi belgilash maqsadga muvofiq hisoblanadi. Chunki ular o‘zlari ifodalab turgan ma’lumotlarni ma’lum bir darajada izohlaydi va shu bilan bog‘liq anglashilmovchiliklarga barham berishda muhim ahamiyat kasb etadi.
    Identifikator tanlaganda ma’lumotlarning shakli va mazmunini hisobga olish ham ana shunday omillardan biri hisoblanadi. Masalan, uchburchak haqidagi masalada ehtiyojga qarab
    a_tomon, b_tomon, s_tomon, yarim_perimetr, yuza
    kabi identifikatorlar maqsadga muvofiq hisoblanadi.
    Identifikatorlarni yozishda C++ tili kompilyatori katta va kichik harflarni bir-biridan farqlaydi, ya’ni yuza, Yuza, YuZA, YuZakabi identifikatorlarni turli xil deb qabul qiladi.
    Identifikator sifatida xizmatchi so‘zlar, turli tinish va munosabat belgilaridan foydalanib bo‘lmaydi. Shuning uchun ularni quyidagicha yozish noto‘g‘ri hisoblanadi:

    Agar identifikator dasturning bajarilishi davomida o‘z qiymatini o‘zgartirmasa, ularni o‘zgarmaslar yoki konstantalar, aks holda o‘zga­ruvchilar deb ataladi.
    O‘zgarmas ma’lumotlar dastur matnida maxsus xizmatchi const so‘zi yordamida alohida ta’kidlab ko‘rsatiladi. Masalan:
    .
    Shundan keyin bunday o‘zgarmas qiymatlarni dasturning bajari­lishi davomida o‘zgartirib bo‘lmaydi.
    Dastur tarkibida uchraydigan hamma identifikatorlarga kompyu­ter xotirasidan joy ajratiladi va bu joyda ularning qiymatlari saqlanadi. Bu identifikatorga murojaat qilinganda, u uchun ajratilgan joy, ya’ni yacheykada saqlanayotgan ma’lumot o‘qiladi va bu ma’lumot iden­tifikator o‘rniga qo‘yiladi.
    Identifikator uchun xotiradan ajratilayotgan joy hajmi uning tipiga bog‘liq bo‘ladi.

    Download 15,08 Mb.
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   135




    Download 15,08 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ma’lumot tiplari uchun minimal diapazon

    Download 15,08 Mb.