|
MS Visual Studio Express muhitida ishlashni o’rganish
|
bet | 53/135 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 15,08 Mb. | | #250347 |
Bog'liq Fizik jarayonlarni kompyuterda modellashtirish1. MS Visual Studio Express muhitida ishlashni o’rganish.
2. MS Visual Studio Expressda C++da kod kiritishni amalga oshiring..
4-mavzu
Tanlash operatori.
Reja:
1.Ma’lumotlarning tiplari 2.C++ tilida o‘zgaruvchi va o‘zgarmaslar 3.Sonlar, arifmetik amallar va ifodalarni yozish
4. O’tish operatori, break, continue operatorlari.
5. Tanlash operatori.
1. Ma’lumotlarning tiplari
C++ tilidagi dastur masala xarakteridan kelib chiqqan holda kutilgan natijaga ega bo‘lish uchun berilgan ma’lumotlar ustida ma’lum bir amallarni bajarishni ta’minlaydi. Bu ma’lumotlar asosan bazaviy hisoblangan 7 ta tipdan (1-jadval) biriga mansub bo‘lishi mumkin.
1-jadval
Bazaviy ma’lumot tiplari
Bool
|
mantiqiy tip
|
Char
|
belgili (harfiy) tip
|
wchar_t
|
ikki baytli belgili (harfiy) tip
|
Double
|
qo‘sh aniqlikdagi haqiqiy sonli tip
|
Float
|
haqiqiy sonli tip
|
Int
|
butun sonli tip
|
Void
|
qiymatga ega bo‘lmaydi
|
C++ tilida bu tiplarni signed (ishorali), unsigned (ishorasiz), short (qisqartirilgan) va long (kengaytirilgan) kabi modifikatorlar yordamida o‘zgartirish imkoniyati ham ko‘zda tutilgan. Bu modifikatorlarning barchasi bilan int tipidagi ma’lumotlar, signed va unsigned orqali char, longbilan esa double tipidagi ma’lumotlarni o‘zgartirish mumkin.
Hosil qilingan barcha tipdagi ma’lumotlar turli kompilyatorlar uchun kompyuter xotirasidan turli hajmdagi joyni band qiladi. 2-jadvalda ma’lumotlar tiplariga ko‘ra egallashi mumkin bo‘lgan minimal joy standartlari 32-razryadli muhit uchun keltirilgan.
2- jadval
|
| |