hajmiga va suyuqlikning zichligiga proporsional bo‘ladi. Hajmi kichikroq jismga
kamroq itarib chiqaruvchi kuch ta’sir qiladi.
Shuning uchun suvda kichikroq hajmdagi
jism richag uchini ko‘proq tortadi.
Javobni
tajribada tekshirib ko‘riladi.
Umuman
olganda,
eksperimental
masalalarni
yechishga
o‘quvchilarning
qiziqishlari katta bo‘ladi. O‘qituvchi fizika
kabineti
sharoitidan
kelib
chiqib,
o‘quvchilar bilan birgalikda eksperimental
masalalarni yechishi maqsadga muvofiqdir. Yechish metodlari batafsil yoritilgan
eksperimental masalalarni adabiyotdan olish mumkin. O‘qituvchilar ba’zi
laboratoriya ishlarini va masalalar to‘plamlaridagi
masalalarni eksperimental
masala qilib berishlari, yoki ijodkor o‘qituvchilar o‘zlari eksperimental masalalar
tuzib, o‘quvchilarga yechish uchun tavsiya qilishlari mumkin.